Asosiy qism:
Inflyatsiya tushunchasi va uning iqtisodiy mazmun mohiyati
Inflyatsiya (lotincha inflatio – shishish, bo’rtish, taranglashish ma’nosida) – ma’lum davr mobaynida mamlakatda baholar o’rtacha (umumiy) darajasining barqaror o’sishi, pul xarid qobiliyatining uzoq muddatli pasayishidir. Inflyatsiya bozor iqtisodiyotining asosiy izdan chiqaruvchi omillari jumlasiga kiradi, uning sur’ati qanchalik yuqori bо’lsa, iqtisodiyotga xavfli ta’siri shunchalik katta bo’ladi. Ayniqsa bir iqtisodiy tizimdan ikkinchi bir iqtisodiy tizimga o’tayotgan mamlakatlarda inflyatsiyaning iqtisodiyotga ta’siri ancha xavfli! Chunki, bu davr narxlarning erkinlashuvi va shunga muvofiq ularning umumiy darajasi keskin oshib ketishi bilan bog’liq. Ammo inflyatsiya davrida barcha tovarlarning baholari ham oshavermaydi: ayrimlariniki barqaror bo’lib tursa, ba’zilariniki esa tushishi ham mumkin. “Inflyatsiya” atamasi ilk bor Shimoliy Amerikada 1861-1865 yillardagi Fuqarolar urushi davrida qo’llanilgan. Inflyatsiya atamasi muomaladagi qog’oz pul massasining tovarlarning real taklifiga nisbatan haddan ziyod ko’payib ketishi holatini izohlangan. Ammo inflyatsiyaning bunday tavsifi mukammal emas va uning sabablarini ochib bermaydi. Umuman olganda inflyatsiya pul muomalasi qonunlarining buzilish shakli sifatida makroiqtisodiy muvozanatning buzilishini, talab va taklif nomutanosibligini anglatadi. Keynschilar maktabi namoyondalari bunday nomutanosiblikning sababi tо’liq bandlik sharoitida talabning haddan ziyod bо’lishida deb bilishadi. Shu sababli ular ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasi past bо’lsa byudjet taqchilligi va qо’shimcha pul chiqarish yо’li bilan xarid qobiliyatini, boshqacha aytganda yalpi talabni ko’paytirish inflyatsiyaga olib kelmaydi deb hisoblashadi.
Neoklassik yondashuv tarafdorlari inflyatsiyaning manbai ishlab chiqarishning haddan ziyod о’sishida, ishlab chiqarish xarajatlarining ko’payishida deb bilishadi. Demak keynschilar inflyatsiyaga talab tomonidan, neoklassiklar esa taklif tomonidan yondashishadi.
Bu so`z XIX asrning o’rtalaridan boshlab iqtisodchilar tomonidan iqtisodiy tеrmin sifatida ishlatilguncha qadar, u tibbiyotda xavfli usma kasalini ifodalashda qo`llanilgan. Tarix xaqiqatda ham bu so`zning har tomonlama xavfli ekanligini ko`rsatdi. Chunki inflyatsiya qandaydir aloxida olingan bozorda tovarlar va xizmatlar narxining o`sishidangina iborat bo`lmasdan, bu umumiqtisod uchun xavfli hodisadir. Inflyatsiya so`zining iqtisodiy manosi - muomalada mavjud bo`lgan tovarlar va ularning bahosiga nisbatan ko`p pul chikarish dеgan ma'noni anglatadi. Inflyatsiya so`zi Pul muomalasi sohasida AQSh ning Shimoliy va Janubiy shtatlari o`rtasida fuqorlar urushi bulganda muomalaga juda ko`p miqdorda (450 mln. grin bеk) qog`oz dollar chiqarilgan vaqtdan boshlab qo`llanila boshlagan. Ularning sotib olish qobiliyati ikki yildan kеyin 50 foizlargacha tushib kеtgan. Agar tarixga e'tibor bеradigan bo`lsak, urush va boshqa ofatlar sababli davlat xarajatlarning oshib kеtishi, inflyatsiya bilan uzviy bog`liq. Masalan, Angliyada kuchli inflyatsiya XIX asrning boshida Napolеon bilan urush davrida, Fransiyada - frantsuz rеvolyutsiyasi davrida, Rossiyada XIX asrning o`rtalarida namoyon bo`lgan. Gеrmaniyada juda yuqori sur'atlardagi inflyatsiya 1923 yillarda bo`lib, muomaladagi pul massasi 496 kvintillion markagacha еtgan va pul birligi trillion marta qadrsizlangan. Bu tarixiy misollar ko`rsatadiki, inflyatsiya hozirgi davr jarayoni bo`lmasdan, tarixan mavjud bo`lgan. Inflatsiya tushunchasi muomalada xaqiqiy pullardan, yani oltin va kumush tangalardan foydalanilgan davrlarda ahamiyat kasb etmagan. Inflatsiya tushunchasi faqat kredit pullarga tegishlidir.
P.Graud va M.Polan tomonidan amalga oshirilgan va inflyatsiyaga bag’ishlangan jiddiy ilmiy tadqiqotlardan biri bo’lib, ushbu ilmiy ish 165 mamlakatni va 1969-1999 yillarni qamrab oladi2 .Mazkur tadqiqot mualliflari inflyatsiyaning miqdoriylik nazariyasi qoidalaridan biri bo’lgan - pullarning o’sish sur’ati va inflyatsiya darajasi o’rtasida to’g’ri mutanosiblik mavjud, degan qoida to’g’ri va statistik ma’lumotlarda tasdiqlanadi, degan xulosaga keldilar.
Inflyatsiya sur’atlarining o’sishi bilan uning pullar taklifiga bog’liqligi yaqqolroq tarzda ko’zga tashlanib boradi. Inflyatsiyaning oqilona darajasiga ega bo’lgan mamlakatlarda korrelyatsiya koefffitsienti 0,24 ga teng bo’lgan bo’lsa, inflyatsiya darajasi yuqori bo’lgan mamlakatlarda ushbu koeffitsient 1 ga yaqinlashdi.
P. Graud va M. Polanlar tomonidan inflyatsiya darajasini uch qismga ajratgan holda – past, oqilona va yuqori darajalarga ajratgan holda, pullar taklifi va inflyatsiya sur’atlari o’rtasidagi bog’liqlikni, korrelyatsion tahlil natijalariga tayanilgan holda, asoslab berilganligi inflyatsiya va milliy valyutaning nominal almashuv kursi o’rtasidagi bog’liqlik masalasiga oydinlik kiritadi.
XX asrning 70-yillariga qadar Fillips kashf etgan inflyatsiya va ishsizlik o’rtasidagi aloqadorlik xususidagi ilmiy xulosa amaliy ahamiyat kasb etdi. Ammo 1970 yilga kelib “Fillips egri chizig’i” deb ataluvchi mazkur xulosa amaliy ahamiyat kasb etmay qoldi.
Inflyatsiyaning yuqori sur’atlarda o’sishi, odatda, Davlat byudjeti defitsitini moliyalashtirish bilan bog’liq. Byudjet siyosati va inflyatsiya o’rtasidagi bog’liqlik masalasi L. Katao va M. Terronzaning ilmiy ishida chuqur tadqiq qilingan3.Mazkur tadqiqotning jiddiyligi shundaki, L. Katao va M. Terronza 107 mamlakat bo’yicha 1960 yildan 2001 yilgacha bo’lgan davrda inflyatsiya va byudjet defitsiti o’rtasidagi bog’liqlik masalasini tadqiq qilganlar va bu borada mavjud bo’lgan tendentsiyalarni baholash imkonini beradigan muhim xulosalarni shakllantirganlar. Ana shunday xulosalardan biri, inflyatsiya darajasi yuqori bo’lgan mamlakatlarda Davlat byudjeti defitsitining qisqarish sur’ati bilan inflyatsiya darajasi o’rtasida bevosita bog’liqlik mavjud, degan xulosa hisoblanadi. Ushbu xulosa aniq hisob-kitoblarga asoslangan: inflyatsiyaning o’rtacha yillik darajasi 50 foizga yaqin bo’lgan mamlakatlarda Davlat byudjeti defitsitining YaIMdagi salmog’ini 1 foizli punktga qisqarishi inflyatsiyaning 8,75 foizli punktga pasayishiga olib keladi.
Bunda Davlat byudjeti defitsiti va inflyatsiya o’rtasidagi sezilarli statistik bog’liqlik nafaqat yuqori inflyatsiya sharoitida, balki oqilona inflyatsiya sharoitida ham kuzatildi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, rivojlangan sanoat mamlakatlarida va inflyatsiya darajasi juda past bo’lgan mamlakatlarda Davlat byudjeti defitsiti va inflyatsiya o’rtasidagi sezilarli bog’liqlik tadqiqot jarayonida kuzatilmagan. Bu esa, L.Katao va M.Terronzalarning fikriga ko’ra, quyidagi omillar bilan izohlanadi:
Hukumatga nisbatan ishonchning yuqori ekanligi;
Markaziy banklar mustaqilligining institutsional jihatdan himoyalanganligi;
Moliya tizimining rivojlanganligi.
Iqtisodiy adabiyotda inflyatsiya va iqtisodiy o’sish o’rtasidagi aloqadorlik masalasida kesin munozarali fikrlar, xulosalar mavjud. Bir guruh iqtisodchi olimlar, shu jumladan, G. Xess va Ch. Morrislarning fikriga ko’ra, baholarning sezilarsiz darajadagi o’sishi ham iqtisodiy o’sishga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Ularning fikriga ko’ra, baholarning unchalik sezilarli darajada bo’lmagan o’sishi ham inflyatsiya dinamikasidagi noaniqlikni kuchaytiradi. Bu esa, o’z navbatida, tijorat banklari kreditlari foiz stavkasining o’sishiga olib keladi. Chunki kreditlarning foiz stavkasi o’zida nafaqat kutilayotgan inflyatsiyani, balki risk uchun qo’shimcha ustamani ham aks ettiradi. Natijada, mamlakatdagi iqtisodiy faollikka va aholining turmush darajasiga nisbatan kuchli salbiy ta’sir yuzaga keladi.
Ikkinchi guruh iqtisodchi olimlar esa (prof. M.A. Pivovarova, A. Kudrin va boshqa.) inflyatsiyaning ma’lum darajasi sharoitida iqtisodiy o’sish sur’atlari yuqori bo’lishi mumkin, deb hisoblaydilar. Masalan, prof. M. Pivovarovaning fikriga ko’ra, inflyatsiyaning uncha yuqori bo’lmagan darajasi iqtisodiy o’sishni rag’batlantiradi, bunday sharoitda antiinflyatsion siyosatni amalga oshirish ishsizlikning o’sishiga, iqtisodiyotning pasayishiga olib keladi5. Bunday sharoitda, odatda, pullar taklifi ustidan qattiq nazorat o’rnatiladi.
Bazaviy inflyatsiyaga bag’ishlangan ilmiy tadqiqot ishlari majmuida G. Brover va N. Erikson tomonidan inflyatsiyaning nomonetar omillarini tadqiq qilishga bag’ishlangan ilmiy izlanish o’ziga xos o’rin tutadi. Ushbu olimlar mazkur sohada olib borgan tadqiqotlarining natijalariga asoslangan holda, inflyatsiyaning xarajatli modelini yaratdilar. Mazkur modelda inflyatsiyaning uzoq muddatli dinamikasi tadqiq qilinadi va chiqim inflyatsiyasining asosiy omillari sifatida quyidagilar e’tirof etilgan:
Ish haqi;
Kommunal xizmatlar tariflari;
Import qilingan xom-ashyo va butlovchi qismlarning baholari.
Ish haqi omilini oladigan bo’lsak, ish haqining oshishi natijasida baholarning sezilarli darajada o’sishi yuz berishi mumkin. Xalqaro amaliyotdan ma’lumki, agar ish haqi doimiy tarzda oshirib borilsa, u holda, korxonalarda ishlab chiqarish xarajatlarining umumiy darajasi oshadi. Bu esa, o’z navbatida, korxonalarni baholarni oshirishga majbur qiladi. Aks holda, korxonalar foydasining miqdori kamayib ketadi. Bunday sharoitda “ish haqi-baholar” spiralining harakatiga barham berish uchun mehnat unumdorligining o’sish sur’atini o’rtacha ish haqining o’sish sur’atidan yuqori bo’lishini ta’minlash zarur. Agarda mehnat unumdorligini oshirishga muvaffaq bo’linmasa yoki uning pasayishi yuz bersa, u holda, ish haqi o’sishining baholar darajasiga nisbatan ta’siri kuchayadi.
Pullar taklifining inflyatsiyaga ta’siri isbotlangan bo’lsada, inflyatsiyani yuzaga keltiruvchi barcha omillar monetar mazmunga ega emas va binobarin, Markaziy bankning nazorati doirasidan tashqaridadir. Lekin mazkur nomonetar omillar o’tish iqtisodiyoti mamlakatlarida inflyatsiyaning o’sish sur’atlariga kuchli ta’sir ko’rsatadi. Shu sababli, pul-kredit siyosatining strategiyasini ishlab chiqishda bazaviy inflyatsiyaga, ya’ni inflyatsiyaning uzoq muddatli davriy oraliqlardagi o’zgarishiga alohida e’tibor qaratiladi. Bu esa Markaziy bankning inflyatsiyani jilovlashdagi rolini aniqroq baholash imkonini beradi.
Iqtisodiy adabiyotlarda bazaviy inflyatsiyaga bag’ishlangan ko’plab ilmiy izlanishlar mavjud bo’lsada, inflyatsiyaning bazaviy darajasi xususida yakdil xulosa mavjud emas. Shunday bo’lsada, ko’pchilik iqtisodchi olimlar tomonidan bazaviy inflyatsiya inflyatsion jarayonning uzoq muddatli tendentsiyalari sifatida e’tirof etilgan.
Bazaviy inflyatsiya=Iste’mol baholari indeksining o’zgarishi – Inflyatsion shoklar
Xulosa qilib aytganda, bazaviy inflyatsiya – bu nomonetar inflyatsiya bo’lib, iste’mol baholarining o’zgarishi shaklida namoyon bo’ladi va uni formula tarzida quyidagicha ifodalash mumkin:
Bunda, inflyatsion shok deganda, tovarlar va xizmatlar bahosining inflyatsion kutish ta’sirida qisqa muddatli davriy oraliqlarda keskin ko’tarilishi nazarda tutilmoqda
O’tish iqtisodiyoti mamlakatlarining ko’pchiligida naqd pul muomalasining milliy valyuta kursining barqarorligiga ta’siri muammosi mavjud. Buning asosiy sabablari sifatida plastik kartochkalar va pullik cheklarga asoslangan to’lov tizimining rivojlanmaganligi, iste’mol baholari indeksi, aholining pullik daromadlari, chakana savdo aylanmasining o’sayotganligi, Markaziy banklarning zaxira-vakillik tizimining mo’’tadil tarzda ishlamayotganligi kabi sabablarni ko’rsatish mumkin. Mazkur sabablar bir qator iqtisodchi olimlarning ilmiy izlanishlarida, jumladan, A. Kudrinning ilmiy ishlarida asoslab berilgan.
Inflyatsiya XVIII asrning o`rtalarida muomalaga ta`minlanmagan juda ko`p miqdorda pul chiqarishi natijasida pul tizimidagi inqiroz holat asosida yuzaga chiqqan. Inflyatsiya (lotincha «inflation» so`zidan olingan va shishish, ko`pchish, ko`tarilish ma`nosini anglatadi) o`z mohiyatiga asosan pulning qadrsizlanishi, tovar va xizmatlarga bo`lgan baholarning muntazam ravishda oshib borishi jarayonini anglatadi. Shuni ta`kidlash lozimki, rivojlangan mamlakatlar tajribasi inflyatsiya nisbatan me`yor darajasidagi pul massasi holatida ham yuzaga chiqishi mumkin.
Hozirgi zamon inflyatsiyasi nafaqat tovarlar va xizmatlarga bo`lgan baholarni muntazam o`sishi natijasida pulning sotib olish qobiliyatini pasayishi bilan bir qatorda ishlab chiqarish jarayonidagi nomutanosiblik, pul muomalasi, moliya hamda kredit sohasidagi salbiy omillar bilan tasniflanadi.
Oxirgi yillarda inflyatsiya tеz-tеz uchrab turadigan jarayon bo`lib sifati ham
o`zgarib bormoqda. Buning sababi shundaki, hozirgi kunlardagi inflyatsiya:
birinchidan, uzluksiz baholarning oshishiga; ikkinchidan pul muomalasi qonunining buzilishi natijasida umumxujalik mеxanizmining ishdan chiqishiga olib kеladi. XX asrinflyatsiyasining asosiy sababi tovar kamyobligigina bo`lib qolmasdan, ishlab chiqarish va qayta ishlab chiqarishda krizislar mavjudligi bilan ifodalanadigan hozirgi davr inflyatsiyasi birinchidan; pul talabining tovar taklifidan oshishi natijasida pul muomalasi qonunining buzilishi; ikkinchidan; - ishlab chiqarishga kеtadigan xarajatlar salmog`ining o`sishi natijasida tovarlar bahosining oshishi va shu sababli pul massasining ortib borishi bilan ifodalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |