O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
QARSHI MUHANDISLIK IQTISODIYOT INTITUTI
“IQTISODIYOT’’ FAKULTETI
“INNOVATSION IQTISODIYOT” KAFEDRASI
“MAKROIQTISODIYOT” FANIDAN
Kurs ishi
Mavzu: : Inflyatsiyaning mohiyati va kelib chiqish sabablari va qarshi siyosat
Bajardi: Raxmonov Baxriddin
Iqtisodiyot yo’nalishi
162-19-guruh talabasi
Ilmiy Rahbar: Rasulov Xurshid
QMII“Innovatsion iqtisodiyot”
kafedrasi katta o’qituvchisi
Qarshi-2022
Mavzu: Inflyatsiyaning mohiyati va kelib chiqish sabablari va qarshi siyosat
Mundarija:
Kirish........................................................................................................................3
Asosiy qism...................................................................................................( 6 – 40)
1. Inflyatsiya tushunchasi, tarixi va uning iqtisodiy mazmun mohiyati...................5
2. Inflyatsiyaning turlari va kelib chiqish sabablari................................................12
3. Inflyatsiyaning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari va inflyatsiyaga qarshi siyosat..... .................................................................................................................................19
4.Inflyatsiyani tartibga solish mamlakatning iqtisodiy ahvolini normallashtirish .................................................................................................................................27
5. O`zbekiston Respublikasida inflyatsiyaga qarshi siyosat usullari va inflyatsiya darajasi.....................................................................................................................32
Xulosa......................................................................................................................41
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati..........................................................................43
Kirish
Hozirgi zamon inflyatsiyasi nafaqat tovarlar va xizmatlarga bo`lgan baholarni muntazam o`sishi natijasida pulning sotib olish qobiliyatini pasayishi bilan bir qatorda ishlab chiqarish jarayonidagi nomutanosiblik, pul muomalasi, moliya hamda kredit sohasidagi salbiy omillar bilan tasniflanadi.
Inflyatsiyaning har tomonlama avj olib ketishi mamlakatda sotsial va iqtisodiy jihatdan qarama-qarshiliklar yuzaga kelishiga olib keladi. Shuning uchun davlat inflyatsiyaning oldini olish, pul muomalasini barqarorlashtirish chora – tadbirlari ishlab chiqadi. Inflyatsiyaga qarshi kurashning asosiy shakllari: inflyatsiyaga qarshi siyosat va pul islohoti hisoblanadi.
Oldingi markazlashgan, rejali boshqaruvga asoslangan iqtisodiy tizimda pul muomalasi rejalashtirish asosida boshqarib kelingan. Aholining daromadi va
harajatlarini davlat tomonidan muvofiqlashtirib turilgan. Tovar ishlab chiqarishni
kengaytirish, aholiga kreditga tovar berish, baholar tizimini o’zgartirib turish va
hokazolar. Barcha jarayonlar davlat tomonidan boshqarilgani uchun pul muomalasi
qonuni buzilganda davlat o’z vakolati doirasida narxlarni o’zgartirish yo’li bilan pul
reformasi bilan pul muomalasini tartibga solib kelgan. Tarix xaqiqatda ham bu so`zning har tomonlama xavfli ekanligini kursatdi. Chunki inflyatsiya qandaydir aloxida olingan bozorda tovarlar va xizmatlar narxining o`sishidangina iborat bulmasdan, bu umumiqtisod uchun xavfli hodisadir. Inflyatsiya so`zining iqtisodiy manosi - muomalada mavjud bulgan tovarlar va ularning bahosigan nisbatan kup pul chikarish dеgan ma'noni anglatadi. Oxirgi yillarda inflyatsiya tеz-tеz uchrab turadigan jarayon bulib sifati ham uzgarib bormoqda. Buning sababi shundaki, hozirgi kunlardagi inflyatsiya: birinchidan, uzluksiz baholarning oshishiga; ikkinchidan pul muomalasi konunining buzilishi natijasida umumxujalik mеxanizmining ishdan chikishiga olib kеladi
Inflyatsiyaning yuzaga chiqishining asosiy sabablari bo`lib iqtisodiyot tarmoqlari, jamg`arma va iste`mol, talab va taklif, davlat daromadlari va xarajatlari, xo`jaliklarning pul massasi va unga bo`lgan talabi o`rtasidagi mutanosiblik hamda markaziy bankning kredit ekspansiyasi hisoblanadi. Ushbu ta`kidlab o`tgan omillar o`z mohiyatiga asosan inflyatsiyaga, uning darajasiga turlicha ta`sir etishi mumkin va boshqacha qilib aytganda bu xalk xujaligining turli sohalari urtasida vujudg kеlgan nomutanosiblikdir. Bu avvalam bor jamgarma va istе'mol urtasidasidagi, talab va taklif, davlatning daromaddari va xarajatlari urtasidagi muomaladagi pul massasi va xujaliklarning nakd pulga bulgan talabi urtasidagi nomutannosibliklardan iboratdir. Inflyatsiyani yuzaga kеltiruvchi omillarga qarab uning sabablarini ichki va tashqi sabablarga bulishi mumkin. Inflyatsiyaning ichki omillari monеtar-pul siyosati bilan va xujalkk faoliyati bilan boglik turlariga bulinadi. Inflyatsiyaning tashki omillariga jahon iqtisodida bulgan krizislar, (xom-ashyo, yokilgi, valyuta buyicha) davlatning valyuta siyosati, davlatning boshka davlatlar bilan tashki iktisodiy faoliyati, oltin va valyuta zaxiralari bilan buladigan nokonuniy opеratsiyalar va boshkalar bulishi mumkin.
Iqtisodiyotimizning jahon xo`jalik va iqtisodiy-moliyaviy tizimiga integratsiyalashuv jarayoni tobora chuqurlashib borayotganini inobatga oladigan bo`lsak, jahon moliyaviy inqirozi, avvalo uning oqibatlari bizga ham salbiy ta`sir ko`rsatayotgani haqida gapirib o`tirishning hech qanday zarurati bo`lmasa kerak, deb o`ylayman.
Inflyasiyani keltirib chiqaruvchi asosiy omillar investitsion faollikning oshishi natijasida iqtisodiyotda vujudga keladigan yuqori talab va tartibga solinadigan narxlarning liberallashtirilishi bo’lishi kutilmoqda. Bunda davlat korxonalarining isloh qilinishi (shahsiyjamg'armani xususiylashtirishi) doirasida kapital qo’yilmalarhajmining o’sishi investitsion faollikni rag’batlantiruvchi asosiy omil bo’ladi. Bunday ta`sir, avvalambor, umuman dunyo bozoridagi talab va narxlarning keskin tushib ketishida va tabiiyki, mamlakatimiz eksport qiladigan mahsulotlarning muhim turlariga nisbatan hamda eksportga yo`naltirilgan etakchi tarmoqlar va ular bilan bog`liq turdosh korxonalar faoliyatida namoyon bo`lmoqda. Bu esa, o`z navbatida, butun iqtisodiyotimizning mutanosib va samarali rivojlanishiga salbiy ta`sir ko`rsatmoqda, ko`zda tutilgan loyihalarni amalga oshirish, o`z oldimizga qo`ygan maqsadlarga erishish yo`lida ko`plab muammolarni tug`dirmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |