Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti


Bitiruv malakaviy ishlarnig mavzusi



Download 2,51 Mb.
bet3/30
Sana08.01.2022
Hajmi2,51 Mb.
#330387
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bog'liq
BMI qo'llanma

2. Bitiruv malakaviy ishlarnig mavzusi
Bitiruv malakaviy ishlar mavzusi muammoning zamonaviy holatini va iqtisodiyot, ishlab chiqarish, texnika, ijtimoiy sohalar, fan, ta’lim va madaniyatning istiqboliy rivojlanishini aks ettirishi kerak.

Bitiruv malakaviy ishlar mavzusi mutaxassis chiqaruvchi kafedra tomonidan belgilanadi va oliy ta’lim muassasasi yoki fakultetning Ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlanadi hamda har o‘kuv yili boshida qayta ko‘rib chiqiladi.

Bitiruv malakaviy ishlar mavzusining yillik ro‘yxati bitiruv amaliyoti boshlanishiga qadar yoki bitiruv kursining boshida e’lon qilinadi.

Talabalarga (reytinglari bo‘yicha kamayish tartibida) bitiruv malakaviy ishlarning mavzularini tanlash huquqi beriladi. Talaba yoki talabaning o‘qishi uchun to‘lov-kontrakt mablag‘ini to‘layotgan buyurtmachi zaruriy asoslar bilan bitiruv malakaviy ishlar mavzusi bo‘yicha o‘z variantlarini taklif etishlari mumkin.

Bitiruv malakaviy ish mavzusi va rahbarni talabaga biriktirish kafedraning taqdimnomasi bo‘yicha rektorning buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.

Ish rahbari, bitiruv malakaviy ishning mavzusiga muvofik talabaga bitiruv malakaviy ishga tegishli materiallarni to‘plash bo‘yicha (jumladan, malakaviy amaliyot o‘tkazish davrida ham) topshiriq beradi. Topshiriqning shakli oliy ta’lim muassasaning o‘quv bo‘limi tomonidan belgilanadi. Topshiriq bitiruv malakaviy ish bilan birgalikda Davlat attestatsiya komissiyasiga taqdim etiladi.

Talabalar bitiruv malakaviy ishlarining mavzulari bilan mutaxassislik fanlarini o‘qiyotgan davrlarida, ya’ni 2-3-kurslarda tanishib chiqishlari hamda o‘zlarini qiziqtirgan masala va muammolarga ko‘ra mavzu tanlashlari mumkin. Bunda talaba oldingi ishlarni bajarishdagi tajribalarini, o‘z ilmiy salohiyatlarini va shaxsiy imkoniyatlarini hisobga olib, mustaqil ravishda bitiruv malakaviy ishi uchun mavzu tanlaydi va reja tuzadi. Tanlangan mavzu neft va gaz sanoati tarmog‘ida qo‘llaniladigan mashinalar va jihozlarni takomillashtirish va ularning ishlash samaradorligini texnologik va konstruktiv usullarda amalga oshirish muammolari bo‘yicha bajarilgan ilmiy tadqiqot hamda mutaxassislik fanlari bo‘yicha kurs ishlarining davomiyligini ta’minlashi kerak.

Talaba bitiruv malakaviy ishi yuzasidan mavzuni mustaqil ravishda tanlab bo‘lgach, uni bajarishga ruxsat berishni so‘rab, kafedra mudiri nomiga ariza (Ilova 1) yozadi. Arizada bitiruv malakaviy ishining mavzusi aniq ko‘rsatiladi va tadqiqot amalga oshiriladigan, hamda amaliy materiallar to‘planadigan korxonaning nomi ham aniq ifodalanadi.

Mavzularni ishlab chiqish neft va gaz sanoati tarmoqlari texnika taraqqiyoti vazifalari, kafedrada olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari rejalari, hamda korxonalarda yechimini kutayotgan muammolar asosida o‘rganilgan mavzularni hisobga olgan holda tayyorlanishi lozim.

Bitiruv malakaviy ishi topshirig‘i maxsus blankada uch nusxada rahbar tomonidan tayyorlanib talabaga beriladi (1 nusxa dekanatga, 1 nusxa kafedraga va 1 nusxa talabaga). Topshiriqda loyiha mavzusi, boshlang‘ich shartlar, ishning hajmi, rahbar va maslahatchilar familiyalari, shuningdek bitiruv oldi amaliyotini o‘tish joyi ko‘rsatiladi (Ilova 3).

Talaba topshiriqni olgach, bitiruv malakaviy ishini tasdiqlash uchun kafedraga topshiradi. Tasdiqlangan topshiriq bitiruv oldi amaliyotiga yo‘llanmani rasmiylashtirish uchun dekanatga taqdim qilinadi.

Bitiruv malakaviy ishi rahbari va maslahatchilar o‘zlarining maslahat hamda tushuntirishlari bilan malakaviy ish maqsadini, mazmuni va bajarish metodikasini aniqlashda talabaga yordam beradilar. Bitiruv malakaviy ish muallifi talabadir, shuning uchun malakaviy ishda qabul qilingan texnikaviy yechimlar va hisoblashlar, tahlillarning to‘g‘riligiga talaba javob beradi.

Bitiruv malakaviy ishi ustida ishlash talabaning nazariy bilimini mustahkamlaydi, olingan bilimlarni amaliyotga qo‘llashni tizimga soladi, nazariy bilimlardan amaliy masalalarini yechishda foydalanish ko‘nikmalarini hosil qiladi, mustaqil ishlashga o‘rgatadi.

Malakaviy ishi, talabaning bitiruv ishi bo‘lib, uni himoya qilish asosida Davlat Attestatsiya Komissiyasi talabaga bakalavr darajasi berish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

Bitiruv malakaviy ishi va uning himoyasi quyidagilarni o‘zida mujassam qiladi:

-talabaning umumta’lim, umumkasbiy va maxsus fanlarni chuqur bilishi;

-talabaga taqdim qilingan texnik muammoning yechimini mustaqil ravishda ijodiy hal qilishi.

Bitiruv malakaviy ishida mavzuga oid neft va gaz sanoatida mahsulotlarni qazib olish va ishlab chiqarish korxonalari oldida turgan dolzarb muammolar o‘z ifodasini topishi lozim.

Bitiruv malakaviy ishi mavzusining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:

a) mashina va jihozlarning samaradorligini oshirish maqsadida mavjud jihozlarni takomillashtirish;

b) texnologik jarayonni amalga oshirishda ma’lum texnologik operatsiyani bajarish uchun mavjud jihozlardan konstruktiv va texnologik jihatladan, ularning ish unumdorligi, o‘lchamlari va boshqalari bilan farq qiladigan jihozni loyihalash;

v) zamonaviy fan-texnika yutuqlaridan foydalangan holda ishlash prinsipi bilan farq qiladigan yangi loyihalarni yaratish;

g) yangi texnologik jihozlar ishlanmasini yaratish maqsadida neftgaz va neftgazkimyo ishlab chiqarish jarayonlarini tadqiq qilish uchun tajriba qurilmalari yaratish;

d) yangi jihoz yaratish yoki mavjud jihozni takomillashtirish uchun zarur ma’lumotlarni olish maqsadida mavjud mashina va qurilmalarni tadqiq qilish va sinash;

e) yangi neftgaz yoki neftgazkimyo korxonasi, uning bo‘limi yoki sexini loyihalash yoki texnikaviy taraqqiyot, ishlab chiqarish ilg‘orlari va mehnatni ilmiy tashkil qilish yutuqlaridan keng foydalanish to‘g‘risida tavsiyalar ishlab chiqish;

j) neft va gazni qazib olish, tayyorlash, tashish, saqlash va qayta ishlash jarayonlarida qo‘llaniladigan mashina va jihozlarning konstruktiv va texnologik jihatdan maqbul turlarini tanlash;

z) neft va gazni qazib olish, tayyorlash, tashish, saqlash, dastlabki va chuqur qayta ishlash jarayonlarida qo‘llaniladigan mashina va jihozlarning uzoq muddat ishlashini ta’minlash maqsadida ularga texnik xizmat ko‘rsatish ishlarini to‘g‘ri tashkil etish, ta’mirlash va o‘rnatish ishlarini ilmiy asoslangan holda olib borish usullarini tadqiqot qilish, ishlab chiqish va tavsiyalar berish;

i) kafedra ilmiy-tadqiqot ishlari mavzulari bo‘yicha bajariladigan malakaviy ishlar.


Download 2,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish