5. Investitsiya (kapital qo`yilma) lar ko`lamini kengaytirish va samaradorligini oshirish yo`llari
Kelajakda qishloq xo`jaligining moddiy-texnika bazasini talab darajasida barpo etish, mehnat resurslarining bilimlarini, malakalarini, tajribalarini oshirish uchun investitsiya (kapital qo`yilma) lar sarflashni davom ettirish kerak. Qishloq xo`jaligini rivojlantirish uchun, avvalo, davlat hamda mahalliy byudjetlardan ajratilayotgan investitsion mablag`larni o`z vaqtida olishga erishish kerak. Shu bilan birga tarmoq, korxonalar iqtisodiyotini yuksaltirish natijasida ularning faoliyatini kelajakda investitsiyalash uchun ko`proq mablag` ajratilishini ta`minlashga alohida e`tibor berish maqsadga muvofiqdir. Bunda korxonalar ixtiyoridagi fondlarning mablag`larini ham oqilona sarflashga harakat qilish kerak. Chunki ular investitsiyalar ko`lamini kengaytirishning real manbalari hisobanadi.
Qishloq xo`jaligiga talabni qondiradigan darajada investitsiya (kapital qo`yilma) lar sarflanishini kelajakda ishonchli ta`minlash uchun investitsiyalarni amalga oshiruvchi yuridik hamda jismoniy shaxslar ko`lamini kengaytirish talab etiladi. Bunday shaxslar respublika yoki chet davlatlardan bo`lishi mumkin. Bunda, hozirgi davrda qishloq xo`jaligidagi investitsion jarayonni shakllantirishda sust qatnashayotgan investorlarni intensivroq jalb etishga alohida e`tibor berish lozim.
Hozirgi davrdagi cheklangan miqdordagi banklarning ko`lamini kengaytirishga erishish lozim. Buning uchun ularga huquqiy, iqtisodiy shart- sharoitlar yaratib berish zarur. Shu bilan birga qishloq xo`jaligiga ko`maklashayotgan moliya-kredit institutlarini, jumladan, qishloq kredit uyushmalari yoki kooperativlarini tashkil etish, ularning faoliyatini rivojlantirish kerak.
Majlisining ikkinchi chaqiriq IX sessiyasida (2002 yil, avgust) «Kredit uyushmalari to`g`risida»gi qonun qabul qilingan. Shunga asoslangan holda, Qishloq kredit uyushmalari yoki kooperativlarini tashkil etish va ularning faoliyatini rivojlantirish orqali qishloq xo`jaligiga investitsiya oqimini ko`paytirishga erishish mumkin. Ular nodavlat, notijorat kredit instituti bo`lgani ma`qul. Shuning uchun ularga davlatning imtiyozli iqtisodiy yordami zarur. Bu yordamni davlatning qishloq xo`jaligini rivojlantirishga qaratilgan quyidagi dasturlari asosida amalga oshirish mumkin:
«Oziq-ovqat muammosini hal etish»;
«Irrigatsiya va melioratsiya ishlarini rivojlantirish»;
«Qishloq faunasini, florasini hamda ekologiyasini yaxshilash»;
«Yangi ish joylarini tashkil etishni rivojlantirish, ishsizlikni yumshatish»;
«Qishloqda malakali mutaxassislarni tayyorlash maqsadida «Bilimi-malaka» dasturini tuzish»;
«Qishloqda ijtimoiy sohani rivojlantirish» va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |