Chegara bo‟ylab suv haydash kengligi 4-5 km, bir xil tuzilishli, qatlamning
kollektorlik tavsifi yuqori bo‘lgan uyumlar uchun, turli to‘siqlar hosil bo‘lganligi
sababli uyumning neftli qismi va chegara ortining gidrodinamik aloqasi bo‘lmaganda
qo‘llaniladi. Bu holda haydovchi quduqlar uyumning neftli qismi chegarasida ichki
neftlilik chegarasidan minimal masofada joylashtiriladi. Qazib chiqarish quduqlari esa
chegara ortidan suv haydashdagi kabi neftlilik chegarasiga parallel joylashtiriladi.
(3.2-rasm)
Do'stlaringiz bilan baham: |