Xalqali qator bo’ylab suv haydash odatda izometrik, oval shaklidagi, litologik
- fizik va sizdirish xossalari tuzilmaning gumbazdan atrof qismiga tomon ma‘lum
yo‘nalishda o‘zgarishi bilan tavsiflanadigan uyumlarda qo‘llaniladi. Qatlam bosimini
ushlab turish uchun haydovchi quduqlar uyumning o‘rta qismida xalqali qator
bo‘ylab joylashtiriladi, chegara ortida esa tashqi neftlilik chegarasiga parallel
joylashtiriladi. Buning natijasida ikkita teng bo‘lmagan maydon hosil bo‘ladi: kichigi-
markaziy qismda va kattasi- haydovchi quduqlarning ikkita qatori orasida (3.6-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |