Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti neft va gaz fakulteti «neft va gaz olishning texnologiyasi va texnikasi»



Download 1,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/129
Sana29.12.2021
Hajmi1,89 Mb.
#82226
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   129
Bog'liq
neft va gaz olishning texnologiyasi va texnikasi

3.1. Suv bostirish texnologiyasi. 
 
Neft uyumiga ta‘sir maqsadi qatlam bosimini ushlash va undan ham muhimi 
oxirgi  neft  beraoluvchanligini  oshirishdir.  Qatlamga  ta‘sir  etish  bundan  tashqari 
oxirgi ishlatish davrida ishlayotgan tugallangan konlarda ham qo‗llanilishi mumkin. 
Ko‗p  holatda  ta‘sir  etish  usullari  har  ikkala  maqsadda  qatlam  bosimini 
ushlash  va  oxirgi  neft  beraoluvchanligini  oshirish  uchun  ishlatilishi  mumkin.  Neft 
uyumlariga ta‘sir etish miqyosi juda katta. 85% atrofida neft qatlamdan ta‘sir qilish 
usulari yordamida qazib olinadi.  
Uyumdan  neft  qazib  olish  sur‘atini  yaxshilash  va  uning  oxirgi  neft 
beraoluvchanligini  oshirish  maqsadida  qatlamga  suv,  gaz  yoki  havo  haydab  qatlam 
bosimini ushlab turish usullaridan foydalaniladi.  
Ular  ichida  qatlam  bosimini  suv  haydab  ushlashorqali  ta‘sir  etish  asosiy 
usullardan biri sanaladi. 
Qatlamga ta‘sir etishning quyidagi asosiy usullari mavjuddir. 
A.Qatlamga  suv  haydab  qatlam  bosimini  ushlash  usuli,  ularga  quyidagilar 
kiradi: 
1.Chegara ortidan suv bostirish. 
2.Chegara bo‗ylab suvboshtirish. 
3.Chegara ichki qismidan suv haydash, unga quyidagilar kiradi: 
a)  chiziqli  va  aylana  qator  bo‗ylab  joylashtirilgan  haydovchi  quduqlar  bilan 
uyumni bo‗lish; 
b) blokli suv boshtirish tizimi
v) markaz bo‗ylab suv haydash; 
g) tanlab suv haydash
d) maydon bo‗ylab suv haydash. 
B.Gaz haydab qatlam bosimini ushlash: 
a) Havo haydash. 
b) Quruq gaz haydash. 
v) To‗yintirilgan gazni haydash. 
g) Kiritik ko‗rsatkichlarga yaqin xossali gazlarni haydash. 
V.Issiqlik ta‘siri usullar. 
a) Qatlamga issiq suv haydash. 
b) Qizdirilgan bug‗ haydash. 
v) Qatlamda harakatlanuvchan yonuvchi front hosil qilish. 
g). Qatlamning tub qismiga issiqlik bilan ishlovberish  
Bulardan  tashqari  juda  kam  qo‗llaniladigan,  yuqordagi  nomlanishlarning 
birikishidan  tashkil  topgan  ta‘sir  usullari  ham  mavjud.  Bunday  usullarga  qatlamga 
eritmalarga  o‗xshash  har  xil  moddalarni haydab, keyin  uni  quriq gaz  yoki  suv  bilan 
bostirish  usullari  kiradi;  korbanlashgan  suvni  haydab,  keyin  suv  bilan  bostirish;  is 
gazi;  qatlam  nefti  siquvchi  suv  bilan  aralashadigan  mitselyar  eritmalar;  maxsus 
apparatda  –  gazogeneratorda  haydash  bosimi  ostida  neftni  yoqishda  olingan 
gazgeneratori gazini haydashlar misol bo‘ladi.  
Qatlam  bosimini  ushlab  turish  maqsadida  uyumning  chegara  ortki,  chegara 
qismiga va chegara ichki qismiga suv haydash usullari qo‘llaniladi. Ayrim hollarda 


chegara  ortidan  va  chtgara  bo‘ylab  suv  haydash  usuli,  chegara  ichiki  qismiga  suv 
haydash  usullari  bilan  to‘ldiriladi.  Chegara  orti,  chegara  bo‘ylab  va  chegara  ichki 
qismidan suv haydash natijasida uyumga qo‘shimcha energiya bilan ta‘sir qilinadi va 
uyumni yuqori sur‘at bilan ishlashiga yordam beradi.  
Qatlam  energiyasini  saqlash  maqsadida  qatlamga  sun‘iy  ta‘sir  etish  uchun 
uyumni ishlatishni dastlabki davrlaridan ishchi agent haydaladi. Bu qatlam bosimini 
yuqori darajada ushlab turish, ya‘ni boshlang‘ich qatlam bosimga yaqinroq, quduqni 
yuqori debitliligini va shu bilan birgalikda neft beraoluvchanlik koeffisientini yuqori 
bo‘lishini ta‘minlaydi.  
O‗tgan  asrning qirqinchi  yillari o‗rtasida sobiq sovet neftchilari   va olimlari 
tomonidan  qatlamni  ishlatish  jarayonida  unga  suv  haydash  texnologiyasi  joriy 
qilingan va ishlatib ko‗rilgan.   
Neft  uyumlarini  suv  siquvi  tarzida  ishlatishda    chekka  va  ostki  suvlarning 
tabiiy  bosimidan  foydalaniladi.  Qatlam  bir  xil  bo‘lganda  harakatlanayotgan  chekka 
suvlar fronti tashqi neftlilik konturiga parallel siljiydi. Bunday paytda qazib chiqarish 
quduqlarini  tashqi  neftlilik  konturiga  parallel  qatorlar  bilan  joylashtirish 
rejalashtiriladi. 
Ishlatish jarayonida qazib chiqarish quduqlari va uyumning alohida qismlarini 
muddatidan  avval  suvlanishini  bartaraf  qilish  maqsadida  qazib  chiqarish 
quduqlarining birinchi qatori ichki neftlilik konturi chegarasida joylashtirilgan. Lekin 
bunday hollarda suvlanish «til» larini  hosil bo‘lishi hisobiga neft suvneftli zonalardan 
kam  hajmda  olinadi,  neftbyeruvchanlik  koeffitsienti  kamayadi,  bu  ishlatish  tizimi 
bilan uning rejalashtirilgan kattaligi taminlanmaydi. Shuning uchun keyingi paytlarda 
qazib  chiqarish  quduqlarini  uyumning  suvneftli  zonasida  ham    joylashtirish  ko‘zda 
tutiladi. 
Rejalashtirilgan  ishlatish  tizimlarida  ishlatish  nazorat  qilinsa  maksimal  neft 
beraoluvchanlik  koeffitsientiga  yerishiladi.  Bunda  qazib  chiqarish  quduqlari  
maxsulotining  suvlanganlik  darajasi  va  jadalligiga  katta  e‘tibor  byeriladi.  Birinchi 
qator  quduqlari  suvlanganda  ular  to‘xtatiladi  va  qo‘shimcha  ichki  qator  ishga 
tushiriladi. 
Qatlam suvlarining faol siquvi bilan massiv neft uyumlarini ishlatishda ularni 
qatlamning  kesimi  bo‘ylab  suvlanishi  kuzatiladi,  SNCh  tez  siljiydi.  Qazib  chiqarish 
quduqlarini  suvlanish  tezligini  kamaytirish  uchun  qatlamning  neftga  to‘yingan 
oralig‘ini  yuqori    qismigina  perforatsiyalanadi  (ochiladi).  Bunda  avval  uyum 
oralig‘ining    quyi  qismi,  so‘ngra  tobora  yuqori  qismlari  ishlatiladi.  Quduqlar  ham 
tobora  pastdan  yuqoriga suvlanib boradi. 
Neft  va  neftgaz  konlarini  ishlatish  jarayonida  qatlam  bosimini  ushlab  turish 
maqsadida  qatlamning  geologik  sharoitlaridan  kelib  chiqib  turli  usullarda  suv 
haydaladi. 

Download 1,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   129




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish