Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti neft va gaz fakulteti «neft va gaz olishning texnologiyasi va texnikasi»


  Neft beraolishlikni oshirishning gidrodinamik usullari



Download 1,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/129
Sana29.12.2021
Hajmi1,89 Mb.
#82226
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   129
Bog'liq
neft va gaz olishning texnologiyasi va texnikasi

5.1.  Neft beraolishlikni oshirishning gidrodinamik usullari  
 
Gidrodinamik  usullarning  vazifasi  -  qatlamning  kam  o‗tkazuvchan  va  neftga 
to‗yingan  hajmida  qamrab  olish  koeffitsiyentini  oshirish.  Bunga  mavjud  quduqlar 
to‗ri  zichligida  yoki  ularni  ishga  tushirish  ketma-ketligida,  suyuqlikni  haydash  va 
olish rejimlarini muvofiqlashtirish orqali erishiladi. Bu usullar suv haydash jarayonini 
muvofiqlashtirish,  jadallashtirishga  harakat  qilib,  uni  tubdan  o‗zgartirishni  talab 
qilmaydi.  Neft  beraolishlikning  gidrodinamik  usullari  -  konlarning  yuqori  samara 
bilan ishlash uchun mahsuldor qatlamlarga va neftni suv bilan siqish tarzida uni yer 
bag‗ridan  to‗laroq  olish  maqsadida  gidrodinamik  ta‘sir  qilishning  rivojlangan 
texnologiyalarini  o‗zida  mujassam  qiladi.  Amalga  oshirish    texnologiyasi  va 
mahsuldor  qatlamlarga  ta‘sir  qilish  darajasiga  ko‗ra  neft  beraolishlikni  oshirishning 
gidrodinamik usullari ikki guruhga bo‗linadi. 
Birinchi  guruhga  faqat  quduqlar  ishlash  tartibini  o‗zgartirish  orqali  amalga 
oshiriladigan  va  kuchsiz  sizdirilayotgan  zahiralarni  faol  ishlashga  jalb  qilishga 
yo‗naltirilgan  gidrodinamik  usullargina  kiradi.  Bu  usullar  «nostatsionar  (muqim 
bo‗lmagan) suv bostirish» nomini olgan bo‗lib quyidgilarn o‗z ichiga oladi: 
Haydovchi quduqlarda: 
- haydash bosimini ko‗tarish; 
-  davriy  suv  bostirish,  shuningdek  suv  bostirishni  impuls  bilan  pasaytirish 
(to‗xtatish); 
-  haydovchi  quduqlari  guruhlari  bo‗yicha  sarfni  qayta  taqsimlash  (sirqish 
oqimlarini yo‗nalishini o‗zgartirish); 
- turli qatlamlarga bir quduq orqali suvni bir yo‗la-alohida haydash; 
- o‗tkazuvchanligi past bo‗lgan qatlam va qatlamchalarga tanlab suv haydash; 
-  ishlash  tarzini  o‗zgartiruvchi  va  quduq  potensialini  tiklovchi  quduq  tubi 
atrofiga ishlov berish usullari (gidroimpuls, to‗lqinli ta‘sir); 
-  haydovchi  quduqlarni  ish  tarzini  o‗zgartiruvchi  boshqa  usullar  (qatlamni 
gidravlik yorish, oraliqlararo ishlov berish va b.); oluvchi quduqlarda: 
- suyuqlik olishni butun ishlash obyekti bo‗yicha alohida qatlam, blok, hudud, 
qism yoki oluvchi quduqlar guruhi bo‗yicha o‗zgarishi; 
-  mazkur  qism,  hudud,  blokning  bir  guruh  yoki  alohida  quduqlaridan 
jadallashgan suyuqlik olish; 
- bir guruh yoki alohida quduqlarni davriy vaqtinchalik to‗xtatish va qo‗shish; 
- ko‗p qatlamli obyektlarni quduqlarini bir yo‗la-alohida ishlatish; 
-  suv  oqimlarini  yo‗qotish  maqsadida  ko‗p  hajmli  qatlam  ichra  ta‘sirlar 
(to‗sish, ajratish ishlari); 


-  quduq  tubiga  tizimli  ishlov  berish,  qatlamni  gidravlik  yorish,  quduqlar 
mahsuldorligini oraliqlar aro oshirish (otish, qayta otish va b.). 
Ikkinchi guruhga zahiralari avval sizdirilmagan yoki kuchsiz sizdirilgan turli 
jinsli  o‗zgaruvchan  qatlam  (hudud,  qism  va  qatlamchalar)ni  ishlashga  jalb  qilishga 
yo‗naltirilgan usullar kiradi. Bu usul (tadbir)lar qatlamlarga ta‘sir qilish texnologiyasi 
bo‗yicha bir-biridan ancha farq qiladi, ishlashning texnik-iqtisodiy ko‗rsatgichlariga 
ta‘sir qilish darajasi juda ham yuqori, shuning uchun ham ular loyihaviy hujjatlarda, 
ishlash tahlili va avtorlik nazorati bo‗yicha hujjatlarda asoslanadi. Ularga quyidagilar 
kiradi: 
- suv haydash frontini amaldagi bor quduqlarga ko‗chirish; 
-ishlashning  bo‗lmali  tizimlarida  mahsulot  oluvchi  quduqlarni  haydovchiga 
o‗tkazish yo‗li orqali haydovchi quduqlarning qo‗shimcha qatorini tashkil qilish
- alohida oluvchi quduqlarda suv haydashning o‗choqlarini tashkil qilish; 
-  linzalar,  tutilgan  hududlar,  kam  o‗zgaruvchan  qavatchalardagi  neftning 
sizdirilmagan  zahiralarini  qo‗shimcha  oluvchi  va  haydovchi  quduqlarini  qazish, 
boshqa  obyekt  va  qatlamlardan  quduqlarni  o‗tkazish,  obyektlarni  kengaytirish, 
mustaqil ishlash hudud va maydonlarini tashkil qilish orqali ishlashga jalb qilish
-  gazneft  konlarining  gaz  osti  hududlaridan  neft  zahiralarini  qazib  olish 
maqsadida  suv  haydash  orqali  ta‘sir  qilishning  to‗sma  maydon  bo‗ylab  va  chegara 
ichra suv bostirishning boshqa turlarini tashkil qilish
-  murakkab  tuzilgan  va  qiyin  olinadigan  neft  zahiralari  uchun  suv 
haydashning boshqa yangi texnologiyalari. 
 

Download 1,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   129




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish