3.2. Qatlamga ta’sir qilish bilan qamrash
Suv haydash jarayoni murakkab jarayon bo‗lib, uni boshqarish va nazorat qilish ham murakkabliklarga ega. Buning asosiy sababi biz ish olib borayotgan kollektorlarning xilma-xilligi va ular bag‗rida turli qatlamchalarning mavjudligidir.
Bir tekis g‗ovaklik va o‗tkazuvchyaanlik, neftga to‗yinganlik darajasi ma‘lum bo‗lgan kollektorlarda suv haydash usulining qaysi turi bo‗lmasin juda yaxshi natijalar beradi, chunki haydalayotgan suv qatlamning har bir burchagi va barcha qalinligiga ta‘sir o‗tkazib, o‗sha qalinlikdan va burchakdan neftni oluvchi quduqlar tubiga haydab kelishga yordam beradi.
Qatlam turli qatlamchalardan tashkil topgan yoki juda turli tumanlikka moyil bo‗lgan hollarda haydalayotgan suv o‗ziga qulay va o‗tkazuvchanligi yuqori bo‗lgan qatlamchalardan harakatlanaveradi. Natijada suvning butun qatlamga ta‘siri yetarli bo‗lmay kolishi tabiiy va shuning uchun ham neftberuvchanlik bunday hollarda pastligicha qoladi.
Suv haydash usulining samaradorligini oshirish maqsadida qatlamni egallash maksimal darajasiga erishmoqlikka harakat qilinadi. Buning uchun qatlamning (uyumning) chekka qismiga yoki xilma - xillik yuqori bo‗lgan maydonlarda oluvchi va haydovchi kushimcha quduqlar kazish maqsadga muvofiqdir. Bunday hollarda kazilgan qo‗shimcha quduqlar ularga haydalgan suvning ta‘siri bo‗lmagan oluvchi quduqlar tubiga o‗sha maydondan neft sizib kelmagan hollarda o‗sha joyning o‗zini sizdirish imkoniga ega bo‗ladi. Haydalgan suv esa o‗sha quduq atrofida ta‘sirsiz qolgan joylardagi neftlarni haydab chiqarish imkonini beradi. Undan tashqari
qatlamga suv haydashning samaradorligini oshirish maqsadida qatlam ( uyum) ni bo‗lish mumkin. Bunday hollarda bo‗lingan uyum kichikroq xududga ega bo‗lgani uchun unga ta‘sir qiluvchi haydovchi quduqlarning ta‘siri ortib, gidrodinamik daraja ko‗tarilib, (oluvchi) tubiga neftning sizib kelishi ortishi mumkin. Uyumlarni bo‗lish turli darajada amalga oshirilishi mumkin:
Kichikroq va uzun antiklinalga o‗rnashgan uyumlarni ham bo‗laklarga bo‗lish. Bunda uyumni xaydovchi quduqlar bilan bir necha bo‗laklarga bo‗lish mumkin. Kollektorlik xususiyatlari juda past va qatlamdagi neftning qovushqoqligi ancha yuqori bo‗lgan hollarda uyumni har 3 qator oluvchi quduqlardan so‗ng bir qator xaydovchi quduqlar bilan bo‗linadi. Bu usul o‗zining yaxshi samaralarini beradi, chunki quduqlarning ta‘sir kuchi 2/3 miqdorni ko‗rsatadi. Bu hollarda anchagina qo‗shimcha neft olishga erishilishi mumkin.
Qatlamni bo‗lishning 3 qatorlik varianti.
Qatlamdan olinishi mumkin bo‗lgan neftni beshqatorlik usul bilan amalga oshirish qatlamning xilma-xilligi uncha katta darajada bo‗lmagan va undagi neftning qovushqoqligi ham uncha katta bo‗lmagan hollarda qo‗llanadi va uyum bir qator xaydovchi quduqlarga 5 qator oluvchi quduqlar to‗g‗ri keltirib qaziladi. Bunda ham quduqlarning ta‘siri 2/5 darajada bo‗ladi va bu variantda ham anchagina qo‗shimcha neft olish imkoni yaratiladi.
Qatlamni bo‗lishning beshqatorlik varianti qatlamdagi mavjud neftni chiqarib olish maqsadida ba‘zi hollarda qatlamga haydalayotgan suvning harakat yo‗nalishini o‗zgartirish hollari ham uchraydi. Bunda yunalishni ba‘zan 1800, ba‘zan esa 900 ga o‗zgartirish mumkin. Yunalish o‗zgargan holda qatlamning yuvilish xususiyati o‗zgarmagan holda undagi harakatlanuvchi suyuqlikning yo‗nalishi o‗zgarib, shu orada ta‘sirsiz qolib ketgan maydonga va maydon qismini o‗z ta‘siriga olishi bilan ahamiyatlidir. Qatlamdagi qoldiq neftning miqdoriga va unga qilingan ta‘sirning samarasiga qarab, bu usullarni bir necha marta qaytarish maqsadga muvofiqdir.
Qatlamga ta‘sir qilishning yana haydaladigan suvning miqdorini ko‗paytirish bilan ham yaxshi natijalarga erishmoq mumkin. Bunda albatta haydovchi quduqlarga haydalayetgan suv miqdori 3-4 va undan ortiq darajaga oshirib, qatlamdagi haydalish (yuvilish) imkoniyatini ancha oshirishga erishamiz. Bunda biz ta‘sir doirasidan chetga qolgan qatlamga va maydon qismini ta‘bir joiz bo‗lsa, ―zo‗rlik‖ bilan ishga tushirgan bulamiz. Albatta haydash darajasini oshirishimiz evaziga uyumdan olinadigan suyuqlikni miqdorini oshirish imkoniga ega bo‗lamiz. Bunday holatni jadallik bilan mahsulot olish (forsirovanniy otbor) - deb ataladi. Bu usul ayniqsa qatlamning kollektorlik xususiyatlari juda xilma-xillikka moyil bo‗lganda va undagi neftning qovushqoqligi yuqori bo‗lganda qatlamda quduqlar baravar suvlanganda va neft beruvchanlik koeffitsiyenti ancha past bo‗lib , qoldiq neft miqdori ancha ko‗p bo‗lgan hollarda o‗zining samarasini beradi. Haydash miqdori va olish miqdorining ortishi hisobiga qatlamda suyuqliklarni harakat tezligi ortadi va natijada qatlamning ta‘sirlanish hamda kamrab olinish darajasi ortadi. Natijada qatlamdan olingan umumiy neft miqdori ham ortib, neftberuvchanlik koeffitsiyenti ham ortishga erishiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |