Uzluksiz ta'lim.
Uzluksiz ta'lim kadrlar tayyorlash tizimining asosi,
O'zbekiston Respublikasining ijtimoiy–iqtisodiy taraqqiyotini ta'minlovchi, shaxs,
jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini
qondiruvchi ustuvor sohadir.
Uzluksiz ta'lim ijodkor, ijtimoiy faol, ma'naviy boy, shaxs shakllanishi va
yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar ildam tayyorlanishi uchun zarur shart-
sharoitlar yaratadi.
5.3.Ta'lim mazmuni O'MKHT davlat ta'lim standartlarining funksiyalari.
Davlat ta'lim standarti (DTS) umumiy o'rta ta'lim, kasb – hunar ta'limi hamda
oliy ta'lim uchun alohida – alohida ishlab chiqariladi.
Umumiy o'rta ta'limning DTS o'quvchilar umumta'lim tayyorgarligi saviyasiga
qo'yiladigan majburiy minimal darajani belgilab berdi. O'z navbatida kasb – hunar
ta'limining DTS o'quvchilar kasb – hunar tayyorligiga, saviyasiga qo'yilgan (Oliy
ta'lim DTS talablar mutaxassislik tayyorgarligiga, saviyasiga qo'yiladigan) majburiy
minimal darajani belgilaydi.
DTS ta'lim mazmuni shakllari, vositalari, usullari va ularning sifatini baholash
tartibini belgilaydi. Ta'lim mazmunini o'zagi hisoblangan standart vositasida,
mamlakat hududida faoliyat ko'rsatayotgan turli ta'lim muassasalarida (davlat va
nodavlat) ta'limning barqaror darajasini ta'minlash sharti amalga oshiriladi. DTS o'z
mohiyatiga ko'ra o'quv dasturlari, darsliklar, o'quv qo'llanmalari, nizomlar, o'quv
rejasi va boshqa me'yoriy hujjatlarini yaratish uchun asos bo'lib xizmat qiladi.
Umumiy o'rta (kasb – hunar va oliy) ta'limning DTS o'zining tuzilishi va
mazmuniga ko'ra davlat, hudud ta'lim muassasalari manfaatlari va vositalari
muvozanatini aks ettiradi hamda eng muhimi ta'lim oluvchi shaxsi, uning intilishlari
qobiliyati va qiziqishlari ustuvorligidan kelib chiqadi.
DTSni, uning talablarini bajarish O'zbekiston Respublikasi hududida faoliyat
ko'rsatayotgan mulkchilik shakli va idoraviy bo'ysinishdan qatiy nazar barcha ta'lim
muassasalari uchun majburiydir.
Umumiy o'rta (kasb – hunar va oliy) ta'limning DTS quyidagi tamoyillariga
tayangan holda ishlab chiqiladi.
DTS ni davlat va jamiyat talablari va shaxs ehtiyojiga mosligi;
O'quv dustarlari mazmunining jamiyat ijtimoiy – iqtisodiy taraqqiyoti hamda
fan – texnik rivojlanishi bilan bog'liq;
Umumiy o'rta (kasb – hunar va oliy) ta'lim mazmunining insonparvarligi;
Ta'lim mazmunining respublikadagi barcha hududlardagi birligi va yaxlitligi;
Umumiy o'rta (kasb – hunar va oliy) ta'limning mazmuni, shakli, vositalari va
usullarini tanlashda innovasion (ilg'or) texnologiya yutuqlariga tayanish;
Pedagogik tafakkurda qaror topgan an'anaviy qarashlar bilan ―Ta'lim
to'g'risida‖gi qonun va ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖ mazmunida ifodalangan
zamonaviy talablarning uzviyligi;
Ilg'or demokratik xorijiy mamlakatlarning ta'lim sohasida me'yorini belgilash
tajribalarida milliy hususiyatlarni hisobga olgan holda foydalanish.
DTS ning tarkibiy qismi sifatida umumiy o'rta (kasb – hunar va oliy) ta'lim
muassasalari uchun tayanch o'quv rejasi ishlab chiqiladi. Tayanch o'quv reja ta'lim
sohalarini me'yorlash hamda ta'lim muassasalarini moliyaviy taminotini ta'minlashga
asos bo'luvchi davlat muassasalarini moliyaviy taminotini ta'minlashga asos bo'luvchi
davlat hujjati sanaladi. Tayanch o'quv rejasi o'quv predmeti bo'yicha beriladigan
ta'lim mazmunini ta'lim oluvchiga etkazish uchun ajratilgan o'quv soatlarining
minimum hajmidagi miqdorini belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |