Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti «kasb ta'limi»



Download 1,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/99
Sana08.01.2022
Hajmi1,1 Mb.
#330676
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   99
Bog'liq
kasbiy talim metodikasi oqituvchi nutq madaniyati

5.4.Kasblar tasniflagichi. 

           Bo'lajak kichik mutaxassislarni tayyorlash ishi bevosita davlat va jamiyatning 

talab  va  ehtiyojlariga  asoslanib,  o'rta  maxsus  kasb-hunar  ta'lim  tizimidagi  tayyorlov 

yo'nalishlari kasblar va ixtisoslik  tasniflagichida o'z ifodasini topadi. Amaldagi o'rta 

maxsus,  kasb-hunar    ta'limidagi  tayyorlov  yo'nalishlari  kasblar  va  ixtisosliklar 

umumiy  davlat  tasniflagichi  O'zbekiston  Respublikasida  texnikaviy,  iqtisodiy  va 

ijtimoiy    axborotlarni  tasniflash  va  kodlashtirish  bo'yicha  yagona  tuzilma  tarkibiga 

kiradi  va  Vazirlar  Mahkamasining  ―Uzluksiz  ta'lim  tizimi  uchun  davlat  ta'lim 

stardartlarini ishlab chiqish va joriy etish to'g'risida‖gi 1998 yil 5 yanvardagi 5-sonli 

qarori  asosida  ishlab  chiqilgan.  O'rta  maxsus,  kasb-hunar  ta'limi  muassasalari 

tayyorlov yo'nalishlari kasblar tasniflagichining tasniflash ob'ektlari hisoblanib, unga 

tayyorlov  yo'nalishlari  turkumiga  kiruvchi  kasblar  nomi  va  kodi  hamda  ixtisosliklar 

ro'yxati keltirilgan. 

           O'rta  maxsus,  kasb-hunar  ta'limining  tayyorlov  yo'nalishlari  kasblar  va 

ixitsosliklar  umumdavlat  tasniflagichini  joriy  etish  oliy  va  o'rta  maxsus  kasb-hunar 

ta'lim  vazirligi  tomonidan  O'zbekiston  Respublikasi  standartlari  bilan  birga 

tasniflagichlarni ishlab chiqish va yuritish tartibiga RST O'z.6. 01.02. 95 ga muvofiq 

ravishda amalga oshiriladi. 

            Tasniflagich    o'rta  maxsus,  kasb-hunar  ta'limi  o'quv  yurtlari  bitiruvchilarini 

ish  bilan  ta'minlovchilar,  o'rta  maxsus  kasb  hunar  ta'limda  Davlat  ta'lim  standartlari 

o'quv  rejalari,  dasturlari  va  boshqa  me'yoriy  hujjatlarni  ishlab  chiqaruvchilar  ta'lim 

muassasalari  rahbarlari,  respublika  va  mahalliy  boshqaruv  tashkilotlar  muassasalari, 

vazirliklar, muassasalar va boshqa respublikamiz xo'jaliklarini rivojlantirishda  

faoliyat  ko'rsatayotgan  sub'ektlar  uchun  mo'ljallangandir.  Tasniflagich  kasb-hunar 

kollejlari va boshqa tashkilot hamda muassasalarning qaysi vazirlikka, qarashliligidan 

va mulkchilik shaklidan qat'iy nazar aynan qo'llanilishi shart. 

              Tasniflagichda quyidagi tariflar qo'llanilgan: tayyorlov yo'nalishlari, kasblar 

va  ixtisosliklarning  umumdavlat  tasniflagichi  (TYKIUT),  O'rta  maxsus,  kasb-hunar 

ta'limi  o'quv  muassasalarida  kichik  mutaxassislarni  tayyorlash  bo'yicha  tayyorlov 

o'ynalishlari. Kasblar va mutaxassisliklarning tizimlashtirilgan ro'yxati.   

              O'MKHT – tayyorlov yo'nalishlari va kasblar kodi kasbiy faoliyat sohalariga 

muvofiq  kasblar  va  ixtisosliklar  bo'yicha  tayyorlov  yo'nalishlari  ixtisoslashtirilgan 

ro'yxatining raqamli belgisidir. 

               Tasniflagichda ta'lim bosqichlari va ta'lim sohalari tayyorlov yo'nalishlari va 

kasblar  quyidagicha  ettita  raqamli  kod  bilan  belgilanadi.  Ta'limning  xalqaro 

klassifikasiyasiga  binoan  ta'lim  bosqichi  o'rta  maxsus,  kasb-hunar  ta'limi  3  raqami 

bilan belgilanadi, masalan, 3144610, 3210210 va h.k. 

           Birinchi raqam - ta'lim dasturi bosqichi kodi; 




           Ikkinchi raqam -  bilim sohasi kodi; 

           Uchinchi raqam – ta'lim sohasi kodi; 

           To'rtinchi va beshinchi raqam – tayyorlov yo'nalishlari kodi;  

           Oltinchi va ettinchi raqam – mutaxassislik kodi. 

           Uzluksiz ta'lim tizimidagi o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi tizimi ap oliy ta'lim 

(bakalavriat)da uzviylikni ta'minlash maqsadida o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limidagi 

tayyorlov yo'nalishlari kodlariga moslashtirilgan 


Download 1,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish