Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi kafedrasi «iqtisodiyot nazariyasi»


-rasm. Bir zumli muvozanatda taklif egri chizig’ining ifodalanishi



Download 0,62 Mb.
bet5/12
Sana23.05.2022
Hajmi0,62 Mb.
#608379
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Kurs ishi Xoliqova Aziza Iqtisod

2.2-rasm. Bir zumli muvozanatda taklif egri chizig’ining ifodalanishi
Qisqa muddatli muvozanat amal qilib turgan ishlab chiqarish quvvatlari hisobiga o’sgan talabni qondirish uchun taklifni ko’paytirish imkonini beradi. Agar bozorda baliqqa bo’lgan talab bir necha kun davomida ancha yuqori bo’lsa, unda baliqchilar qo’shimcha ishchi kuchi, ortiqcha to’r va boshqa anjomlar hisobiga baliq tutishni ko’paytirishga harakat qiladilar. Natijada taklif Q1 dan Q3 ga oshadi (3- rasm). Baho qanday bo’ladi? U pasayishga intiladi (P3

2.3-rasm. Qisqa muddatli muvozanatda taklif egri chizig’ining ifodalanishi
Uzoq muddatli muvozanatda taklif talabning oshishiga moslasha oladi, negaki uning uchun vaqt etarli bo’ladi. Bu davr ichida ishlabchiqarish quvvatini, ishlab chiqarishni tashkil qilish uslubini o’zgartirish, yangi korxonalarni ochish, yangi texnologiyalarni qo’llash mumkin. Sotuvchilarga ustama foyda keltiruvchi yuqori talab (D2 egri chizig’i) va shunga muvofiq yuqori narx (P4) uzoq muddat saqlanib turgan sharoitda baliqchilar ishlab chiqarishni kengaytirish maqsadida ishlab chiqarish quvvatini kuchaytirishga kirishadilar (yangi baliq tutish kemalari, omborxonalar va boshqalar quriladi). Bu tarmoqqa yuqori daromad tufayli yangi ishlab chiqaruvchilar kirib keladi. Taklif (Q3 dan Q4 ga) ko’payadi, baho esa (P3 dan P4 ga) pasayadi (3, 4-rasmlarga qarang).

2.4-rasm. Uzoq muddatli muvozanatda taklif egri chizig’ining ifodalanishi
Bu yerda A.Marshall shunday xulosaga keladi: qisqa muddatli davrda bahoni shakllantiruvchi asosiy kuch talab (negaki taklif o’zgaruvchan emas), uzoq muddatli davrda esa taklif hisoblanadi. Tovar qiymati qisqa muddatli davrda, haqiqatan ham, eng avvalo xaridorlarning xatti-harakati bilan aniqlanadi (marjinalizm). Lekin uzoq muddatli davr mobaynida baho o’rtacha ishlab chiqarish xarajatlari miqdoriga yaqinlashadi va taxminan bir xil darajada bo’ladi (klassik maktab). Klassiklarning bu nazariyasi faqat uzoq muddatli davr mobaynida to’g’ri amal qilishini ularning o’zlari ham yaxshi anglamaganlar va bu haqda o’z tadqiqotlarida qayd qilib o’tmaganlar.
Taklifning elastikligi. Ishlab chiqaruvchilarni bozor kon‘yunkturasidagi ayrim omillarning o'zgarishlariga nisbatan sezuvchanligini tahlil qilish uchun aksariyat hollarda narx bo'yicha taklif elastikligi koeffisientidan foydalaniladi.
Narx bo'yicha taklif elastikligi koeffisienti Es – narxning bir foizga o'zgarishi natijasida taklif hajmining son jihatidan foiz bo'yicha o'zgarishini bildiradi. Bunday elastiklikning qiymati ijobiy bo'ladi, chunki, ishlab chiqaruvchilar uchun yuqori narx ularni ko'proq mahsulot ishlab chiqarishga rag'batlantiradi. Aniq tovarga bo'lgan bozor taklifi alohida firmalarning individual takliflarining yig'indisidan shakllanadi. Buning natijasida bozordagi taklifning elastiklik hajmi alohida firmalarning bozordagi ulushi va ular taklifining elastiklikligiga bog'liq.
Agar taklif narxning har qanday o’zgarishidan qat’i nazar o’zgarmasa qat’iy elastik taklif bo’ladi. Asosan, noyob buyumlar taklifi elastikligi shunday bo’ladi.
Taklif elastikligi talab elastikligiga o’xshab umumiy tushum bo’yicha hisoblanmaydi.
Sababi narx bilan taklif o’rtasidagi bog’lanish to’g’ri proportsional bo’lgani uchun taklifningelastik yoki noe-lastiklik darajasidan qat’i nazar narx bilan umumiy tushum (daromad) bir yo’nalishda bo’ladi.
Agarda narxning ozgina o’zgarishi uni qimmatlashuvi yoki arzonlashuvi taklifni haddan ziyod ko’payishiga yoki aksincha, qisqarishiga olib kelsa, bunday taklif absolyut elastik taklif bo’ladi.
Har ikkisining o’rtasida, ya’ni qat’iy elastik taklif bilan absolyutelastik taklif o’rtasida tutgan o’rniga qarab, taklif elastik yoki noelastik bo’ladi. Elastiklik koeffitsienti birdan qancha kichik bo’lishiga ko’ra noelastik taklif qat’iy elastiklik tomon, aksincha, birdan qancha katta bo’lsa, elastiklik yuqori bo’lib, absolyut elastiklikka yaqinlasha boradi.
Taklif elastikligiga ta’sir qiladigan eng muhim omil bu vaqt omilidir. U ishlab chiqaruvchilarni narx o’zgarishiga moslashish imkonini beradi.
Vaqt omili. Ishlab chiqaruvchi narxlarni o’zgarishiga tezda moslashish imkoniyatiga ega emas. Buning uchunma’lum vaqt kerak. Sabab, asbob-uskuna, xom ashyo, qo’shimcha ish kuchi yoki aksincha, ishchilarni bo’shatib, bank kreditlarini to’lash kerak. Shunday vaziyat ham bo’ladiki, taklif noelastik. Unda talabning o’sishi taklif o’sishigaemas, narx o’sishiga inflyatsiyaga olib keladi.
Taklif elastikligini aniqlab beruvchi asosiy omillarga quyidagilarni kiritish mumkin:
1. Ishga tushirilmagan ishlab chiqarish kuchlarining mavjudligi. O'sib borayotgan talab ishlab chiqarish kuchlarini nisbatan tezroq ishga tushirish evaziga qondirilishi mumkin.
2. Sotish uchun taklif qilinayotgan tovar va xizmatlarning turlari. Tez o'zgarib turadigan va bu jarayonda qo'shimcha sarmoya talab qilmaydigan tovar, xizmatlar, texnologiya va ishlab chiqarish hajmlari boshqalarga nisbatan taklif elastikligi yuqoriroqdir.
3. Tayyorlangan tovarni uzoq muddat saqlash imkoniyatining mavjudligi. Agar firmada bunday imkoniyat mavjud bo'lsa, u zahirada yig'ilgan mahsulotlar evaziga ishlab chiqarish hajmini oshirishi mumkin. Shunga muvofiq, uning taklifi ham narxlar o'zgarishiga nisbatan yanada elastikroq bo'ladi.
4. Ishlab chiqarishni kengaytirish uchun zarur bo'lgan minimal hajmdagi harajat. Zarur bo'lgan kapital qo'yilmalarning hajmi qanchalik ko'p bo'lsa, taklif elastikligi ham shunchalik past bo'ladi.
5. Bozor kon‘yunkturasi. Tovar defitsiti sharoitida ishlab chiqaruvchilar aniq hajmdagi tovarni yuqori narxda sotish imkoniga ega bo'ladilar. Bunday sharoitlarda taklif noelastik bo'ladi.
6. Vaqt oralig'i. Vaqt oralig'i qanchalik uzoq bo'lsa, ishlab chiqaruvchida shunchalik narxlarni o'zgarishiga moslashib olish uchun imkoniyat tug'iladi va taklifning elastikligi ham ortib boradi.
Ma'lum vaqt oralig'ida narxlarning muayyan darajasida ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar tomonidan ma'lum turdagi tovar va xizmatlarning bozorga chiqarilgan miqdori taklif deyiladi. Narx o'zgarishi bilan sotishga chiqariladigan mahsulot miqdori ham o'zgarishi sababli talab kabi taklifning ham bir qator muqobil variantlari mavjud bo'ladi.


  1. Download 0,62 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish