Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi kafedrasi «iqtisodiyot nazariyasi»



Download 0,62 Mb.
bet11/12
Sana23.05.2022
Hajmi0,62 Mb.
#608379
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Kurs ishi Xoliqova Aziza Iqtisod

3.7-chizma. Xrapovik samarasi
Chizmadan ko‘rinadiki, yalpi talab AD| dan AD2ga oshganda, muvozanat holati a dan s ga ko‘chadi, ishlab chiqarish hajmi Qjdan Chga ko‘payib, narx ham Pjdan P2 darajaga qadar o‘sadi. Biroq yalpi talab o’zining dastlabki holatiga qaytsa, endi narx pasaymaydi, balki muvozanat yangi e holatiga ko'chib, ishlab chiqarish hajmi o‘zining dastlabki Ql darajasidan ham pasayib, Q2 darajasiga qadar tushib ketadi.
Shu o‘rinda nima uchun narx pasayish tamoyiliga ega emas, degan savolga aniq javob berish qiyin bo‘lsada, uning ayrim sabablarini ko‘rsatish mumkin.
Birinchidan, korxona umumiy xarajatlarining asosiy qismini (70-75 foiz) ish haqi tashkil qilib, u qisqa davr ichida pasayish tamoyiliga ega boMmaydi. Chunki ishchilarning asosiy qismi shartnoma (kasaba uyushmalar orqali) bo‘yicha Ishlab, shartnoma muddati tugagunga qadar ish haqini pasaytirish taqiqlanadi. Shuningdek, tadbirkorlaming o ‘zlari ham ish haqi darajasini pasaytirishni xohlamasliklari mumkin.
Buning ikkita sababi bor. Bir tomondan, ancha past ish haqi ishchilarning mehnat unumdorligiga salbiy ta’sir ko'rsatishi mumkin. Shu bilan birga ancha past ish haqi mahsulot birligiga mehnat sarflarini kamaytirsa, ancha past mehnat unumdorligi esa mehnat sarflarini oshiradi. Agar ular ish haqini pasaytirishga qaror qilsalar, malakali ishchi kuchidan ajrab qolishlari mumkin.
Ikkinchidan, juda ko‘pchilik korxonalar yetarli darajada monopol mavqega ega bo`lmadi va bu ularga talab kamayganda ham narxning pasayishiga qarshi turish imkonini beradi.Ishlab chiqarilgan va sotib olingan mahsulot real hajmi teng bo’lganda, iqtisodiyotda muvozanatlikka erishiladi.
Xulosa o'rnida aytish joizki, iqtisodiyotni boshqarishning bozor mexanizmi - iqtisodiy tizimning samarali va moslashuvchan dastagidir. Bozor mexanizmining o'ziga xos xususiyati shundaki, uning har bir unsur narx bilan chambarchas bog'liqdir. Ayniqsa, narxning talab va taklif hajmiga ta'siri hamda ularning o'zaro aloqadorligi bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilarning faoliyatini belgilab beradi.
Agar bozordagi talab xaridor tomonida bo’lsa, tovar taklifi sotuvchi tomonida bo’ladi. Sotuvchi ishlab chiqaruvchining o'zi yoki savdo firmasi bo’ladi. Taklif talabni qondirishni mo’ljallaydi. Taklif bozorga nimani va qancha chiqarilishi va sotuvga qo’yilishini bildiradi.

Shu sababli, bozor islohotlari u shakllanib ulgurgan va rivojlangan yerda ham o'tkaziladi, iqtisodiyotning liberallik, ya’ni erkinlik darajasini oshirishga qaratiladi. Erkinlik — bu xususiy mulk, mehnat, tadbirkorlik, savdo, pul muomalasi, pul kiritish (investitsiya), moliyalashtirish erkinligi va nihoyat korrupsiya (poraxo'rlik)dan ozod bo'lish kabilar bilan tavsiflanadi. Shularga tayangan holda iqtisodiy erkinlikning yagona koeffitsiyenti baholanadi, uning qiymati 0-100 ball oralig'ida bo'ladi. Mazkur koeffitsiyent iqtisodiy erkinlik reytingi vazifasini o'taydi. U yo'q yerda koeffitsiyent 0 ga teng, u mutlaq yuqori yerda 100 ballga teng bo'ladi. Erkinlik jihatidan dunyo mamlakatlari quyidagi guruhlarga ajratiladi:


1) Iqtisodiyoti erkin mamlakatlar — 80-100 ball;


2) Erkin iqtisodiyot ustuvor mamlakatlar — 70-80 ball;
3) Iqtisodiyot erkinligi unchalik kuchli bo'lmagan mamlakatlar - 60-70 ball;
4) Iqtisodiyoti ustuvor ravishda noerkin mamlakatlar — 50-60 ball;
5) Iqtisodiyoti erkin bo'lmagan mamlakatlar — 50 ball va undan kam.

Yer yuzida iqtisodiyoti qandayligi n om a ’lum davlatlar ham bor. Bugungi kunda dunyoda erkinlik darajasi past yoki umuman yo'q mamlakatlar 100 tadan ortiq. Bu iqtisodiy islohotlarning davom etishi zarurligini bildiradi.




Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish