O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
QARSHI MUHANDISLIK-IQTISODIYOT INSTITUTI
INNOVATSION IQTISODIYOT KAFEDRASI
“Mikroiqtisodiyot. Makroiqtisodiyot” fanidan
KURS ISHI
Mavzu: Valyuta kursi.
Bajardi: Xoliqova Aziza Axmad qizi
Moliya 163-19 guruh talabasi
Ilmiy rahbar: Innovatsion iqtisodiyot kafedrasi katta o’qituvchisi N.Djalilova
QARSHI-2020
Mundarija:
Kirish
I bob. Valyuta kursi.
Valyuta kursi o’zgarishiga sabab bo’luvchi omillar.
Valyuta kursi rejimlarining turlari va mamlakatimizda o’rnatilgan mavjud rejim.
II bob. Xalqaro valyuta fondi.
2.1. Valyuta kursi o’zgarishining xalqaro iqtisodiy munosabatlarga ta’siri.
III bob. O’zbekiston Respublikasi valyuta siyosati.
3.1. Valuta bozorini davlat tomonidan tartibga solish usullari.
3.2. Milliy valyuta bozorida islohotlar va o’zgarishlar.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish
Jamiyat xo’jalik faoliyatining baynalmilallashuvi, bir turdagi milliy valyutalarni boshqa turdagi milliy valyutalarga almashinishiga ob’ektiv zarurat tug’diradi. Bunday zarurat, talab va taklifning ta’siri asosida valyutani o’ziga xos bahosi – valyuta kursi shakllanadigan maxsus bozorda tug’ilib, amalga oshadi. Mazkur bozor o’z ichiga, xorijiy valyutalarni bir-biriga ayirboshlash bilan bog’liqjami munosabatlarni olgan holda, ularning mohiyati, hukmron valyuta tizimini xarakteri bilan belgilanadi. Jahon bozori tizimida xorijiy valyutalar bozori, tovarlar va kapitallar bozoriga nisbatan ob’ektiv ravishda ikkilamchi o’rinni egallab, ularga xizmat ko’rsatadi. Rivojlangan davlatlar iqtisodchilari, ko’p hollarda, valyuta bozorini milliy, xorijiy banklarni va broker firmalarni o’zaro bog’lovchi zamonaviy aloqa vositalarni tizimi deb atashadi. Ba’zi paytlarda, valyuta bozori deganda, uning asosiy sub’ektlari sifatida, odatda banklar va boshqa moliyaviy tashkilotlar yig’indisi tushuniladi. Masalaga bunday yondoshish, bozorni tashqi tashkil etilishini o’ziga xos xususiyatlarini aks ettirgan holda, uning mohiyatini ochib bermaydi.
Bozor iqtisodiyotini tartibga solishda valyuta siyosati muhim o’rinni egallaydi. Valyuta siyosati milliy valyutani barqaror saqlab turishda eng yaxshivosita hisoblanadi. Mustaqillikka erishganimizdan keyin, biz eng avvalo, o’z milliy valyutamizga ega bo’lish muammosini o’rtaga tashladik. Chunki milliy valyuta ega bo’lgan davlatda o’z fuqarolari uchun, qisqasini aytganda o’z hududida erkin savdoni amalga oshirish oson bo’ladi. Shu bilan birga o’z milliy valyutasining qadrini jahon miqyosida oshirishga qaratilgan siyosatlar olib borildi. Milliy valyutamiz ta’sis etilgandan keyingi davrlada O’zbekiston milliy valyuta qadrini oshirishni ko’zda tutgan valyuta siyosati, eksport va import siyosatlarini olib borishdi. 19941-yilda milliy valyutamiz qadri chet el valyutalarga nisbatan ancha past bo’lgan bo’lsa, birqancha vaqt o’tgandan keyin, 1998-19992 yillarda milliy valyutamiz qadri ko’tarildi. Hozirgi davrga kelib milliy valyutamizning qadri esa chet el valyutalariga nisbatan anchagina yaxshi holatda desak adashmagan bo’lamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |