Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti innovatsion iqtisodiyot kafedrasi



Download 0,79 Mb.
bet4/6
Sana23.05.2022
Hajmi0,79 Mb.
#608392
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
kurs ishi makro-mikro Xoliqova Aziza

II bob. Xalqaro valyuta fondi.
Xalqaro Valyuta Jamgʻarmasi (qisqartmasi: XVJ; ingl. International Monetary FundIMF) xalqaro tashkilot boʻlib, makroiqtisodiy siyosat yurgizadi, butunjahon moliyaviy tizimini nazorat etadi. Uning maqsadlariga xalqaro valyuta kurslarini barqarorlashtirish, iqtisodiy qoidalarni liberallashtirish shartlari bilan aʼzo mamlakatlarga qarz, moliyaviy yordam berish kiradi. Shtab-kvartirasi Vashington shahrida joylashgan. XVJni baʼzilar taʼsiri haddan oshiq katta, deb tanqid qilishadi.
Xalqaro valyuta fondi, XVF (IMF; International Monetary Fund) — BMT ning ixtisoslashgan muassasasi, aʼzo mamlakatlarning valyuta hamkorligini amalga oshiradigan xalqaro tashkilot. 1944 yilda BrettonVuds (AQSH) da oʻtkazilgan xalkaro valyutamoliya kongressida Jahon banki bilan bir vaqtda taʼsis etilgan (qarang BrettonVuds bitimi). 1947 yil mart oyidan oʻz faoliyatini boshlagan. 182 mamlakat aʼzo (1999). Shtabkvartirasi Vashingtonda. Fondning rasmiy maqsadlari: maslahatlar berish va valyuta muammolari boʻyicha hamkorlik qilish orqali xalqaro valyuta hamkorligiga yordam koʻrsatish; xalqaro savdoning kengayishi va muvozanatli oʻsishi uchun qulay sharoitlarni yaratish; valyuta kurelarining barqarorligiga yordam berish, raqobat tufayli yuz beradigan valyuta devalvatsiyalarining oldini olish; koʻp tomonlama toʻlovlar tizimini yaratishda va jahon savdosini rivojiga toʻsiq qoʻyadigan valyuta almashtirish bilan bogʻliq cheklashlarni bartaraf etishda yordam koʻrsatish; aʼzo mamlakatlarga oʻz toʻlov balanslarini tiklash, shuningdek, ularning xalqaro toʻlov balanslari taqchilligi davomiyligi va miqsorini qisqartirish uchun muddatli moliyaviy mablagʻlar berish.
XVF jahon valyutalari monitoringini olib boradi, barcha mamlakatlar urtasida tashkiliy toʻlov tizimi faoliyatiga yordam beradi, toʻlov balansida chuqur taqchilikka uchragan, shuningdek, oʻz valyutasining toʻliq konvertatsiyasiga erishmoqchi boʻlgan mamlakatlarga karz beradi. XVF kapitali aʼzo mamlakatlar toʻlaydigan va ularning har biri uchun belgilangan kvotaga muvofiq badallar xisobidan tashkil topadi.
1998 yil boshida XVF kapitali 199 mlrd. dollarni tashkil qiddi. AQSH, Buyuk Britaniya, GFR, Fransiya, Yaponiya, Italiya, Kanada eng katta kvotalarga ega. Uning oʻsishi yangi aʼzolarning badal puli va kreditlarga toʻlangan foizlar xisobiga yuz beradi.
XVFning rahbar orgagshari — Boshqaruvchilar kengashi va Muvaqqat qoʻmita. Boshqaruvchilar kengashi — oliy organ boʻlib, har bir aʼzo — mamlakat tomonidan 5 yilga tayinlanadigan boshqaruvchilar va ularning oʻrinbosarlari (odatda, aʼzo mamlakatlar moliya vazirlari yoki Markaziy banki boshkaruvchilari)dan tashkil topadi. Kengash har yili sessiyaga yigʻiladi. Muvaqqat qoʻmita XVFning 24 boshqaruvchisidan iborat boʻlib, bir yilda 2 marta yigʻiladi va Boshqaruvchilar kengashi oldida xisob beradi. XVFning ijroiya organlari — Ijroiya kengash, unga doimiy asosda eng katta kvotalarga ega boʻlgan mamlakatlar tomonidan tayinlanadigan yoki mamlakatlar guruhi saylaydigan 24 ijrochi direktor kiradi. Ijroiya kengash majlislari har haftada 3 marta oʻtkaziladi. Ijroiya kengash ijrochi direktorii saylaydi. XVF kapitalida kvotasini hisobga olgan holda 7 ta rivojlangan mamlakatlarga ovozlarning 45%, shu jumladan, AQSH ga 18% toʻgʻri keladi.
XVF kreditlari toʻlov balansidagi nomuvozanatlik sabablariga kura bir necha turlarga boʻlinadi. XVFning oddiy krediti toʻlov balansidagi vaqtinchalik tangliklarni bartaraf etish maqsadlarida 1 yilgacha muddatga SDRrya beriladi (uni 4—5 yilgacha choʻzish imkoniyati bilan). Katta miqdordagi kreditlar foiz bilan "STEND Bay" shartnomasini tuzgan mamlakatlarga XVF barqarorlashtirish dasturi bajarilishiga qarab ajratiladi.
1991 yil Oʻzbekistonning oʻz mustaqilligini qoʻlga kiritish boshqa nufuzli xalqaro tashkilotlar qatorida XVFga aʼzo boʻlib kirishi uchun shartsharoit yaratdi. 1992 yilning 2 iyulida "Oʻzbekiston Respublikasining Xalk,aro valyuta fondi, Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro rivojlanish uyushmasi, Xalqaro moliya korporatsiyasi, InvestiTSiyalarni kafolatlash boʻyicha koʻp tomonlama Agentlikka aʼzoligi toʻgʻrisida" Oʻzbekiston Respublikasi qonunining qabul kilinishi mamlakatimizni XVFga teng huquqli aʼzo boʻlib kirishi uchun huquqiy asos boʻldi. 1992 yil 27 aprelda Oʻzbekiston XVF aʼzoligiga qabul qilindi va Toshkent shahrida uning vakolatxonasi ochildi.
1998 yil 18 martda OʻzR Vazirlar Mahkamasining "Xalqaro valyuta fondi bilan hamkorlikni chuqurlashtirish boʻyicha choratadbirlar toʻgʻrisida" qarori qabul qilindi va respublikaning XVF bilan aloqalarini yanada rivojlantirish tadbirlari ishlab chiqildi. 2002 yilda Oʻzbekiston Hukumati va XVF oʻrtasida Memorandum imzolandi. 2003 yilning iyun oyida Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Markaziy banki tomonidan "Joriy xalkaro operatsiyalar boʻyicha milliy valyutani erkin ayirboshlash boʻyicha harakat rejasi" ishlab chiqildi va u XVFga taqsim etildi. 2003 yilning 15 oktabrda Oʻzbekiston Respublikasi XVF Bitimining 8moddasiga imzo chekdi va milliy valyuta — soʻmni joriy xalqaro operatsiyalar boʻyicha chet el valyutalariga erkin ayirboshlashni taʼminlash boʻyicha majburiyatni qabul qildi.
Valyuta kursi o’zgarishining xalqaro iqtisodiy munosabatlarga ta'siri haqida gapiradigan bo’lsak, valyuta kursi milliy va jahon bozorlari qiymat ko’rsatkichlari o’rtasida aloqa instrumenti sifatida maydonga chiqqan holda xalqaro iqtisodiy munosabatlar hamda takror ishlab chiqarishda faol rol o’ynaydi. Tadbirkor valyuta kursidan foydalangan holda o’z ishlab chiqarish xarajatlarini jahon bozoridagi baholar bilan taqqoslaydi. Ushbu tadbir alohida korxona yoxud butun bir mamlakatning tashqi iqtisodiy operatsiyalar natijasini aniqlash imkonini beradi. Jahon bozorida tovar sotilganda milliy mehnat mahsuli bo’lmish tovar qiymat o’lchovining baynalmilallashgan birligi sifatida jamoatchilik tomonidan tan olinadi. Jahon valyuta bozorida esa valyutalarning baynalmilallashgan qiymatining pariteti aniqlanadi. Valyutalar kurslari nisbati asosida ushbu mamlakatning jahon savdosidagi solishtirma og’irligini hisobga olgan holda samarali valyuta kursi hisoblanadi. Valyuta kursi eksport va import baholarining nisbati, firmalarning raqobatdoshligi, korxonalar foydasiga ma'lum bir darajada ta'sir etadi.
Valyuta kurslarining keskin tebranishi xalqaro iqtisodiy, shu jumladan valyuta-kredit va moliyaviy munosabatlar muvozanatsizligini kuchaytiradi hamda salbiy ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarga, ayrim davlatlarni zararlarga, ayrimlarini esa yutuqlarga olib keladi.
Boshqa omillarning aks ta'siri bo’lmagan paytda milliy valyuta kursi pasayganda eksportyorlar tushum sifatida olingan va qimmatlashgan xorijiy valyutani nisbatan arzonlashgan milliy valyutaga almashuvi hisobiga eksport mukofotini oladilar hamda tovarlarni o’rtacha jahon baholaridan past darajada sotish imkoniga ega bo’ladilar.
Milliy valyuta kursining pasayishi, yuqorida bayon etilgan imtiyozlardan tashqari, bir vaqtning o’zida importning qimmatlashishiga olib keladi. Bu esa mamlakat ichkarisida baholar o’sishiga, tovar olib kirish va iste'mol qilishni qisqarishiga hamda milliy tovar ishlab chiqarishni o’sishiga olib keladi. Valyuta kursining pasayishi milliy valyutada ifodalangan real qarzdorlikni kamayishiga, xorijiy valyutada ifodalangan tashqi qarzlar og’irligining kuchayishiga olib keladi. Xorijiy investorlar tomonidan mamlakat milliy valyutasida olinayotgan foyda, foizlar va dividendlarni chetga olib chiqish manfaatsiz bo’lib qoladi. Ushbu foyda reinvestitsiya qilinadi yoki mamlakat ichki baholari asosida tovarlar sotib olish hamda ularni eksport qilish uchun ishlatiladi.
Valyuta kursi ko’tarilsa mamlakat ichkarisidagi baholarning raqobatdoshligi hamda eksportning samaradorligi pasayadi. o’z navbatida ushbu jarayonlar eksport tarmoqlari hamda yalpi milliy ishlab chiqarishning qisqarishiga olib kelishi mumkin. Import esa aksincha kengayadi. Mamlakatga xorijiy hamda milliy kapitallarni oqib kelishi rag’batlantiriladi, xorijiy kapital qo’yilmalariga olingan foydalarni olib chiqilishi o’sadi. Qadrsizlanib borayotgan xorijiy valyutada ifodalangan mamlakat tashqi qarzining real summasi kamayadi. Valyutaning ichki va tashqi qadrsizlanishidagi, ya'ni uning kurs dinamikasi hamda sotib olish qobiliyati orasidagi uzilish xalqaro iqtisodiy munosabatlar uchun katta ahamiyatga ega. Agarda pulning ichki inflyatsion qadrsizlanishi valyuta kursining qadrsizlanishidan sur'ati bo’yicha o’zib ketsa, o’zga shartlarning tengligi sharoitida milliy bozorda yuqori baholarda sotish maqsadida tovarlar importi rag’batlantiriladi. Agarda valyutaning tashqi qadrsizlanishi inflyatsiya hisobiga vujudga keladigan, uning ichki qadrsizlanishidan o’zib ketsa unda valyuta dempingi uchun sharoit etiladi. Boshqacha qilib aytganda, tashqi bozorlarda raqobatchilarni siqib chiqarish maqsadida tovarlarni o’rtacha jahon baholaridan past darajada ommaviy ravishda eksport qilish uchun sharoit tug’iladi.
Valyuta dempingi uchun quyidagilar xususiyatlidir: 1) eksportyor tovarlarni ichki bozorda inflyatsiya ta'sirida ko’tarilgan baholarda sotib olgan holda tashqi bozorda o’rtacha jahon baholaridan pastroq darajada ularni nisbatan muvozanatli bo’lgan valyutaga sotadi; 2) eksport baholarini pasaytirish manbasi bo’lib, tushum sifatida olingan nisbatan barqaror valyutani qadrsizlangan milliy valyutaga almashtirgan paytida hosil bo’ladigan kurslar farqi hisoblanadi; 3) tovarlarni ommaviy ravishda chetga olib chiqilishi eksportyorlarga nihoyatda yuqori darajadagi foydani ta'minlaydi. Demping bahosi ishlab chiqarish bahosidan yoki tannarhdan ham past bo’lishi mumkin. Biroq eksportyorlar uchun juda ham pasaytirib yuborilgan baho manfaatli emasdir, chunki xorijlik kontragentlar tomonidan tovarlar reeksporti natijasida milliy tovarlar bilan raqobatchilik vujudga kelishi mumkin.
Valyuta dempingi tovar dempingining ko’rinishlaridan bo’lgani va ularni tovarlarni past bahoda eksport qilish birlashtirgani holda bir-biridan tubdan farq qiladi. Agarda, tovar dempingida ichki va eksport baholari o’rtasidagi farq asosan davlat byudjeti hisobiga qoplangan bo’lsa, valyuta dempingida eksport mukofoti (kurslar farqi) hisobiga qoplanadi. Tovar dempingi birinchi jahon urushigacha paydo bo’lgan, bu davrlarda korxonalar tashqi bozorlarni zabt etishda asosan o’zlarining jamg'armalariga tayanganlar. Valyuta dempingi dastlab 1929-1933 yillarda jahon iqtisodiy inqirozi davrida qo’llanilgan. Bunga asosiy omil sifatida jahon valyuta inqirozining notekis rivojlanishi bo’lgan. Buyuk Britaniya, Germaniya, Yaponiya, AQSh davlatlari o’z valyuta kurslarini pasayishidan arzon tovarlar eksportini amalga oshirishda foydalangan.
1967 yilda avvalgi tariflar va savdolar to’g’risidagi Bosh kelishuvining (GAAT) konferensiyasida, demping, shu jumladan valyuta dempingi qo’llanilganligi uchun maxsus jazo choralari ko’zda tutilgan Antidemping kodeksi qabul qilingan edi. GAAT qoidalariga muvofiq dempingdan zarar ko’rgan davlat taalluqli tovar muomalasidan eksportyor mamlakat bozorining ichki bahosi va ushbu tovarning eksport bahosi o’rtasidagi farq sifatidagi maxsus antidemping import bojini olish huquqiga ega ekanligi ko’zda tutilgan. eksport qilinayotgan tovarlarning raqobatdoshligi bugungi kunda ularning baho darajasiga emas, balki sifati va sotilishi, sotilganidan so’ng ko’rsatiladigan xizmat hamda boshqa shu kabi xizmatlarning tashkil etilishiga bog’liqdir.
Shunday qilib, yalpi mahsulotning tashqi bozorlarda sotiladigan bir qismini mamlakatlar o’rtasidagi qayta taqsimotiga valyuta kurslarining o’zgarishi ta'sir etadi. Erkin suzadigan valyuta kurslari rejimi sharoitida bahoning shakllanishi va inflyatsiya jarayonlariga kurslar nisbatining ta'siri kuchayadi. Mavjud hisob-kitoblarga ko’ra 25% eksport kvotasiga ega mamlakat valyutasi kursining 20% pasayishi import qilinayotgan tovarlar baholarini 16% hamda buning oqibatida baholarning mamlakat miqyosida 4-6% o’sishini keltirib chiqaradi. Erkin suzuvchi valyuta kurslari rejimi sharoitida ichki baholarga ta'sir etishning ushbu omili muntazam xarakterga ega bo’lib qoldi.
Erkin suzadigan valyuta kurslari rejimi sharoitida kapitallar, ayniqsa qisqa muddatli kapitallar harakatiga ular o’zgarishining ta'siri kuchaydi. Ushbu omil esa o’z navbatida ayrim davlatlarning valyuta-iqtisodiy holatiga o’z ta'sirini o’tkazadi. Valyutasining kursi ko’tarilib borayotgan mamlakatga xorijiy kapitallarning oqib kelishi natijasida ssuda kapitallari va kapital qo’yilmalarining hajmi vaqtincha oshib ketishi mumkin. Ushbu o’sgan sarmoyalar mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish hama davlat byudjeti kamomadini qoplash maqsadlariga ishlatilishi mumkin. Kapitallarni mamlakatdan oqib ketishi esa ularning kamomadini, investitsiyalar qisqarishini va ishsizlik kuchayishini keltirib chiqaradi.
Valyuta kursi tebranishining oqibatlari mamlakatning valyuta-iqtisodiy mavqeiga, uning eksport kvotasi xalqaro iqtisodiy munosabatlarda tutgan o’rniga bog’liq. Valyuta kursi mamlakatlar, milliy eksportyor va importyorlar o’rtasidagi kurash ob’yekti hamda davlatlararo nizolarning manbasi bo’lib xizmat qiladi. Ushbu sabablarga ko’ra valyuta kursining muammolari iqtisodiy fanda ahamiyatli o’rinni egallaydi.




Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish