Qarshi muhandislik iqtisodiyot institui neft va gaz fakulteti «texnologik mashinalar va jihozlar» kafedrasi



Download 6,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/163
Sana25.04.2022
Hajmi6,47 Mb.
#581207
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   163
Bog'liq
neftkimyo va neft - gazni qayta ishlash jihozlari fani boyicha maruzalar matni

Ma’ruza-№14. Sentrifugalar. 
Reja: 
1.
Cho`ktiruvchi stentrifuga. 
2.
Uzluksiz ishlaydigan, cho`kmani shnekda to`kuvchi gorizontal 
cho`ktiruvchi stentrifuga.
3.
Filtrlovchi stentrifuga. 
 
Tayanch so’zlar va iboralar:
Suspenziyalar, emulsiyalar, ko‘piklar, 
changlar, tutunlar, tumanlar, aerozollar, cho‘ktirish, filtrlash, sentrifugalash
suyuqlik yordamida ajratish.
Sentrifugalar. 
Emulsiyadagi suyuqlik tomchilarini va suspenziyadagi 
qattiq modda zarrachalarini markazdan qochma kuchlar maydonida ajratib olish 
jarayoni sentrifugalash deyiladi. Sentrifugalash jarayoni sentrifugalarda amalga 
oshiriladi. 
Sentrifugalash paytida hosil bo‘lgan markazdan qochma kuchlar 
cho‘ktirish jarayonidagi og‘irlik kuchi va filtrlashdagi gidrostatik kuchlarga 
nisbatan ko‘proq ta’sir qiladi. Shuning uchun turli jinsli sistemalarni ajratish 
uchun qo‘llaniladigan cho‘ktirish va filtrlash jarayonlariga nisbatan 
sentrifugalash jarayoni juda samarali hisoblanadi. 
Sentrifugalarning asosiy qismi gorizontal yoki vertikal o‘qqa joylashgan, 
katta tezlikda aylanuvchi baraban bo‘lib, u elektrodvigatel yordamida aylanma 
harakatga keltiriladi. Markazdan qochma kuch ta’sirida suspenziyadagi qattiq 
modda zarrachalari cho‘kmaga tushib, suyuq fazadan ajraladi. Suyuq faza fugat 
deyiladi. Hosil bo‘lgan cho‘kma baraban ichida qolib, suyuq faza esa ajratib 
olinadi. 
Turli jinsli aralashmalarni ajratish prinsipiga ko‘ra sentrifugalar uch turga 
bo‘linadi: 1) filtrlovchi sentrifugalar; 2) cho‘ktiruvchi sentrifugalar; 3) tarelkali 
separatorlar. 
Ajratish koeffitsiyentiga ko‘ra hamma sentrifugalar ikki guruhga 
bo‘linadi: 
1.
Normal 
sentrifugalar 
(Кa 
≤ 3600). Bunday sentrifugalar 
suspenziyalardan katta, o‘rtacha va maydaroq zarrachalarni ajratish uchun 
ishlatiladi. 
2.
Normal sentrifugalar (Кa > 3600). Bunday sentrifugalar mayda 
zarrachali suspenziyalarni va emulsiyalarni ajratish uchun qo‘llaniladi. 
1-rasmda uzluksiz ishlaydigan sentrifuganing sxemasi ko‘rsatilgan. Ushbu 
sentrifugada cho‘kma shnek yordamida tashqariga chiqariladi. Sentrifuga qobiq 
(1) ichida turli aylanma tezlik bilan aylanuvchi ikkita barabandan tashkil topgan. 
Silindrsimon baraban 8 da suspenziyaning chiqishi uchun teshiklar (9) bor. 
Ushbu barabanning ichida shnek (4) bo‘lib, cho‘kmani konussimon baraban (2) 
ning yuzasi bo‘ylab siljitib turadi. Ajratilishi lozim bo‘lgan suspenziya quvur (6) 
orqali silindrsimon barabanning ichki qismiga kiradi va teshiklar (9) orqali 
konussimon barabanning ichki bo‘shlig‘iga o‘tadi. Markazdan qochma kuch 


150 
ta’sirida cho‘kma konussimon barabanning chetki yuzasiga uloqtiriladi va sekin 
aylanturuvchi shnek yordamida tushiruvchi teshiklar (3) tomonga siljitiladi. 
Tindirilgan suyuqlik teshik (7) orqali tashqariga chiqariladi. To‘siq (5) esa hosil 
bo‘lgan fraksiyalarni bir-biriga qo‘shilib ketishga yo‘l bermaydi. Bunday 
sentrifugalar qattiq fazaning konsentratsiyasi katta bo‘lgan mayda dispersli 
suspenziyalarni ajratish uchun qo‘llaniladi. 
1-rasm. 
Uzluksiz ishlaydigan cho‘ktiruvchi sentrifuga: 
1–qobiq; 2–konussimon baraban; 3–tushiruvchi teshiklar; 4–shnek; 
5–to‘siqlar; 6–suspenziya kiradigan quvur; 7–fugat chiqadigan teshik. 
Neft-gazni qayta ishlash korxonalarida ishlatiladigan filtrlash uskunalari 
tozalanishi kerak bo‘lgan muhitning xili, ishlash prinsiplari, filtr to‘siqlarning 
turiga va ish bosimlarning miqdoriga qarab bir necha turlarga bo‘linadi. 
Texnologik maqsadlarga ko‘ra filtrlash ikki turga bo‘linadi: 1) suyuqliklarni 
tozalash uchun; 2) gazlarni tozalash uchun. 
 
2-rasm.
Cho‘kmani pastki qismidan tushiradigan va tebrangichi bo‘lgan filtrlovchi 
sentrifuganing tuzilishi: 
1–fundament plitasi; 2–tanina; 3–tayanch ustunchalari; 4–qobiq; 5–rotor; 6–chegara halqasi; 
7–yuklash quvuri; 8-qopqoq; 9-val; 10–rotor tayanchi;11–elektrodvigatel; 12–turbomufta; 13–
tasmali uzatma; 14–uzatish g‘ildiragi; 15–to‘xtash uchun moslama. 
Nam cho‘kma 
Fugat 
S
uspe
nz
iya


151 
Cho’ktiruvchi sentrifugа qurilmаsi bаrаbаndаn ibоrаt bo’lib, u rоtоr 
yordаmidа аylаnmа hаrаkаt qilаdi. Suspenziya bаrаbаnning yuzаsigа tushishi 
bilаn bаrаbаn bilаn аylаnmа hаrаkаt hоsil qilib, bаrаbаnning devоrlаrigа 
siqilаdi. Bаrаbаn turli shаkldа, silindr, kоnus hоlаtidа bo’lishi mumkin. Kаttа 
zаrrаchаlаr bаrаbаnning devоrigа yopishа bоshlаydi vа ulаrning mаydа-mаydа 
zаrrаchаlаri o’rnаshib, suyuqliklаrni siqib chiqаrаdi vа bаrаbаnning devоridа 
cho’kmаlаr hоsil bo’lаdi. Tindirilgаn suyuqlik аylаnish o’qigа qаrаb hаrаkаt 
qilib, sentrifugаgа berilаyotgаn suspenziya bilаn bаrаbаnning yon tоmоnidаn 
chiqаrib yubоrilаdi.

Download 6,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish