60
umumiy davomiyligini qisqartirish imkonini beradi, lekin, qurilmani kо‘tarish
uchun katta yuk kо‘taruvchi moslamalarni qо‘llanilishi kerak.
Qurilma gorizontal holatda bо‘lganda tarelkalarni qat’iy vertikal holda
о‘rnatiladi, ularning holatini shovul bо‘yicha tekshiriladi. Shovulni bir necha
nuqtalarga qо‘yiladi va qurilmaning ichki devorlarida avvaldan qо‘yilgan
belgilarda о‘rnatiladi. Buning uchun qurilmani о‘z о‘qi atrofida 90
o
ga burishga
tо‘g‘ri keladi. Tarelkalarni aniq
gorizontal holatga keltirish, о‘rnatilgan,
tо‘g‘rilangan va poydyevorlarga mustahkamlangan qurilma qobig‘ida osonroq
kechadi. Bu holatda yetarli darajadagi aniqlikka yo satx yordamida, yoki tarelka
yuzasiga suv quyish orqali aniqlanadi.
Tarelkalarni yig‘ish texnologiyasi uning konstrusiyalariga bog‘liqdir. Bir
xil kо‘rinishdagi tarelkalar, о‘zlarining oqib chiquvchi, qabul qiluvchi va
saralovchi moslamalari bilan farq qiladi. Bu hol montaj tartibini sezilarli
darajada о‘zgartiradi. Tarelkalarni yig‘ishni kolonna qobig‘ining ichki devoriga
tayanch tashuvchi elemyentlarini va ajralmaydigan detallari (karmanlar, oqizib
chiqaruvchilar, disklar, yopiq segmentlar, yarim tarnovlar)ni
payvandlashdan
boshlanadi. Payvandlash tyexnik sharoitga qat’iy rioya qilinga holda kolonna
ishlayotgan vaqtida payvandlash alohida nuqsonlarini aniqlash qiyinligini
hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Tarelkalarning kolonna ichiga lyuk yoki qobiqning ozod yon yuzasi
orqali kiritiladigan ajralgan detallarini (bloklab yig‘ishda), о‘rnatiladigan
tartibda navbatma-navbat yig‘iladi. Ularning о‘zaro tutashuviga va qо‘zg‘almas
detallar bilan tutashuviga alohida e’tibor berish kerak. Tarelkalarning о‘zaro
joylashuvini koordinatsiyalovchi о‘lchamlari qat’iy bо‘lishi kerak: tutashuvchi
yuzalar oralig‘idagi tegishli metallardan yasalgan qistirmalar joylashtiriladi
(kо‘pincha asbestdan tayyorlanadi); gaykalar mustahkam tortiladi va zarurat
tug‘ilganda, ularni о‘z-о‘zidan bо‘shab ketishini oldini olish choralari kо‘riladi.
Tarelkalarni montaj qilish-pastdan yuqoriga qarab; bunday tartib kolonna
ichida ishlayotgan ishchilar uchun kо‘p joy ajratilishini ta’minlaydi.
Vaqtinchalik qiynalgan tishlar sonini kamaytirish va tarelaklarni barbotajga
tekshirishni amalga oshiradi. Bu tekshiruvdan sо‘ng
montajlarni pastdan
yuqoriga qarab mahkamlanadi.
Kichik diametrdagi kolonna qurilmalarini (sargali kolonnalar) alohida
uchastkalardan (sargalardan) yig‘iladi, ular bir-biri bilan bolt yordamida
biriktirilgandir. Sarga о‘lchamlari ichki qurilmalarini yig‘ishni amalga oshirish
imkonini beradi. Bu qurilma detallarini qurilmadan alohida joylashgan sargaga
ochiq tarelkalar orqali kiritiladi. Kо‘pincha kо‘ndalang elemyentlarni (masalan
tarelkalarni) ikki yondosh sarga oralig‘ida siqib qо‘yiladi.
Ichki qurilmalarni ta’mirlash uchun sargali kolonnalar qismlarga
ajratiladi. Sargali kolonnalarni yig‘ishda yotish tekkisliklari oralig‘iga
qistirmalar qо‘yish va sarga boltlarini mahkamlash juda muhim operatsiya
hisoblanadi.
Birikma zichligi, shuningdek kolonna о‘qining tarelka gorizantal holatiga
vertikal holatda bо‘lishligi, tutashuvlarning butun maydon bо‘ylab qistirma
qalinligining doimiyligiga va flanyetsli birikmalardagi
boltlar yoki tortuvchi
61
shpilkalarning bir tekisligiga bog‘liq. Kо‘rilgan holdagi sirgali kolonnalarning
barcha tarelkalarini barbotaj usulida rostlash har doim ham muhim
bо‘lavermaydi, shuning uchun ularning normal ishlashi birinchi yig‘ish
vaqtidayoq avvaldan ma’lum bо‘ladi.
Kolonnaning joriy konstrusiyasida va о‘zgarmas ishlash texnologik
parametrlarida tarelkadagi massa almashinish effektivligi, uning elementlarini
yig‘ish jarayonlarida amalga oshiriladigan rostlash aniqligiga bog‘liqdir.
Elementning о‘rnatilgan kattaliklarini berilgan texnologik rejim bilan mosligini,
masalan, tarelka ustidagi oqizib chiqaruvchi tо‘siq
balandligini yoki
qalpoqchalarning о‘rnatilishini aniqlash uchun tarelkadagi har bir elemyentning
konstruksiyasini uning ishiga ta’sirini bilish juda ahamiyatlidir.
Tarelka detallarini rostlashda tarelkadagi suyuqlik sathi gradiyentini
hisobga olish zarur. Tarelka tushayotgan flyegma soni qancha katta bо‘lgani
sayin va tarelka bо‘ylab flyegma о‘tadigan yо‘l qanchalik katta bо‘lsa, bu
gradiyentning qiymati shuncha oshib boradi. Buning uchun borbatajni rostlab
bо‘lgandan sо‘ng, qalpoqchalar joylashish balandligini, oqib chiqish tomoniga
qarab kamaytirish orqali bir muncha о‘zgartiriladi.
Tarelkalar barbotajini rostlash texnologiyasi quyidagicha. Tarelkaga
undagi ortiqcha suv miqdori oqib chiqish moslamasi orqali oqiziladigan qilib
suv quyiladi. Oqib chiqish butun perimetr bо‘yicha bir xil bо‘lishi kerak,
shuning uchun uni rostlash imkoniyatlari nazarda tutiladi. Suv qatlami qalinligi
tarelkaning barcha uchastkalarida bir xil bо‘lishi kerak. Tekshirilayotgan
tarelka ostidagi oqizib chiqarish chо‘ntagidagi gilza-zatvorlar tо‘ldirilgandan
keyin, kompryessor yordamida havo tiqishtiriladi.
Qalpoqchalarni balandligi
bо‘ylab rostlash orqali butun tarelka bо‘ylab suv qatlami orqali havo
pufakchalari barbotajning bir xil darajasiga erilishida.
Do'stlaringiz bilan baham: