Qarshi muhandislik iqtisodiyot institui neft va gaz fakulteti «texnologik mashinalar va jihozlar» kafedrasi


Ma’ruza-№24. Neftni qayta ishlashga tayyorlash qurilmalari



Download 6,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/163
Sana25.04.2022
Hajmi6,47 Mb.
#581207
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   163
Bog'liq
neftkimyo va neft - gazni qayta ishlash jihozlari fani boyicha maruzalar matni

Ma’ruza-№24. Neftni qayta ishlashga tayyorlash qurilmalari. 
Reja: 
1.
Neftni qayta ishlashga tayyorlash jarayonlari. 
2.
Neftni suvsizlantirish jarayoni va qurilmalari. 
3.
Neftni tuzsizlantirish jarayoni va qurilmalari. 
 
Tayanch so’zlar va iboralar:
Emultsiya, deemulgator, deemulsator, 
elektrodigidrator, elektrod, osma izolyator, ishqor eritmasi, suvsizlantirish, 
tuzsizlantirish, xlorid tuzlar. 
Bizga ma’lumki, neft va gaz, gaz kondensati konlardan burg’ilash yo’li bilan 
o’z bosimi ostida yoki nasoslar yordamida yer qa’ridan qazib olinadi. Dunyo 
olimlarining fikriga ko’ra neft, gaz va gaz kondensati organik moddalar mahsuli 
sifatida qaraladi. Ular dastlab dengiz loyihalari orasida qolib ketgan 
o’simliklarning kimyoviy o’zgarishlari orqali vujudga kelganligi qayd qilinadi. 
Neft bir jinsli suyuqlik bo’lmay, balki tartibida turli molekula og’irligiga ega 
bo’lgan uglevodorodlar aralashmasidan iboratdir. Tartibi ham har hil bo’lib, 
undagi oltingugurtli, azotli, kislorodli va smolasimon moddalar miqdori bilan farq 
qiladi.
Konlardan qazib chiqarilayotgan neftlar o’zi bilan birgalikda yo’ldosh 
gazlar, qum yoki tuz kristallari va suvni olib chiqadi. Neftdagi yo’ldosh va erigan 
gazlar separatorlarda quduq bosimidan atmosfera bosimigacha pasaytirish yo’li 
bilan ajratiladi. Separator yuqori qismidan ajratilgan gaz qisman kondensatdan 
ajratilib, gazni qayta ishlash zavodlariga yoki qatlam bosimini saqlash maqsadida 
quduqqa qayta haydaladi. Neft separatorlardan o’tgandan keyin ham uning 
tarkibida erigan gazlar qoladi, ya’ni ularning miqdori 4 % (massa) gacha etadi. 
Separatorlarda gazlarni ajratish bilan bir vaqtda neftdagi mexanik jinslar va suvni 
katta miqdorini ajratish uchun tindirish jarayoni o’tkaziladi.
1-jadval 
Xloridlar
40 mg/litr
Suv
0,1% (massa)
Mexanik qo’shimchalar
0,05 % (massa)
Neftni qayta ishlash zavodlariga beriladigan neftlar GOST 9965-62 ga 
muvofiq undagi xloridlar, suv va qo’shimchalar miqdori quyidagi jadvalda 
keltirilgan. 
Biroq ushbu talabni hamma vaqt ham bajarish imkoni bo’lmaydi, ayniqsa 
yangi konlar uchun,shunga ko’ra 1971 yil 1-yanvardan neftni qayta ishlash 
zavodlariga neftni quyidagi meyorlarga ko’ra uzatiladi. 

Download 6,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish