Qarshi muhandislik iqtisodiyot institui neft va gaz fakulteti «texnologik mashinalar va jihozlar» kafedrasi



Download 6,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/163
Sana25.04.2022
Hajmi6,47 Mb.
#581207
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   163
Bog'liq
neftkimyo va neft - gazni qayta ishlash jihozlari fani boyicha maruzalar matni

 
G‘ilofli issiqlik almashgichlar. 
Bunday uskunalarda (reaktorlarda) isitish 
yoki sovitish boshqa jarayonlar bilan (masalan, kimyoviy) birgalikda olib 
boriladi. 4-rasmda qo‘sh devorli yoki g‘ilofli uskunaning sxemasi ko‘rsatilgan. 
Bunda issiqlik almashinish yuzasi vazifasini reaktorning devori bajaradi. G‘ilof 
(2) qobiq (1) ga flaneslar (4) yordamida biriktirilgan. Uskuna devorining tashqi 
yuzasi va g‘ilof oralig‘idagi bo‘shliqda issiqlik tashuvchi agent (masalan, suv 
bug‘i) sirkulatsiya qiladi. Uskunaning ichida esa issiqlikni qabul qiluvchi agent 
(suyuqlik) bor. Bu turdagi uskunalarning yuzasi chegaralangan (10 m
2
gacha) 
bo‘lib, g‘ilofdagi ortiqcha bosim 1 MPa dan ortmasligi kerak. 


127 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
5-rasm.
G‘ilofli issiqlik almashgich(a) va g‘ilofni uskunaga birik-tirish usullari (b–flanes 
yordamida; d–payvandlash yo‘li bilan): 
1–idishlarning qobiqlari; 2–isitiuvchi g‘iloflar; 3–halqalar; 4–flaneslar. 
Oqimlar: I–sovuq suyuqlik; II–issiq suyuqlik; III–bug‘; IV–kondensat; V–havo. 
Devordan suyuqlik muhitiga issiqlik berishni jadallashtirish uchun 
idishning ichiga mexanik aralashtirgich joylashtiriladi. Ayrim paytlarda qurilma 
ichidagi suyuqlik bug‘ yoki siqilgan gaz bilan ham aralashtirilishi mumkin. 
Qirrali issiqlik almashgichlar.
Texnikada anchagina ko‘p qo‘llanilib 
turiladigan ba’zi issiqlik almashinish jarayonlarida issiqlik o‘tadigan yuzaning 
ikki tomonidagi issiqlik berish koeffitsiyentlari bir-biridan katta farq qiladi. 
Masalan, havoni kondensatsiya bo‘layotgan suv bug‘i bilan isitishda, bug‘dan 
devorga issiqlik berish koeffitsiyenti 


K
m
Vt



2
1
/
15000
10000

bo‘lsa, 
devordan isitilayotgan havoga issiqlik berish koeffitsiyenti 


K
m
Vt



2
2
/
15
10

bo‘ladi. Bunday sharoitda samaradorligi kam bo‘lgan issiqlik tashuvchi agent 
(havo) tomonidagi quvurlar qirrali qilib tayyorlanadi. Natijada issiqlik 
almashinish yuzasini kattalashib, bug‘dan havoga o‘tgan issiqlik miqdori 
ko‘payadi. 
6-rasmda 
quvurlari 
qirrali 
qilib 
tayyorlangan 
issiqlik 
almashgichlarning elementlari ko‘rsatilgan. Tadqiqotlardan ma’lumki, 
quvurlarning yuzalari qirrali qilinganda issiqlik almashinish yuzasining 
ko‘payishidan tashqari, qirralar oqimning gidrodobsimon holatda kelishiga 
yordam berganligi sababli issiqlik berish koeffitsiyenti ham ortadi. Shuni ham 
hisobga olish kerakki, bunda issiqlik tashuvchi agentni haydash uchun bo‘lgan 
sarf ko‘payadi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
6-rasm
. Qirrali issiqlik almashgichlarning elementlari: 
a–qirralari ko‘ndalang kesim bo‘yicha joylashtirilgan; b,d–qirralari o‘q kesimi bo‘yicha 
joylashtirilgan; e–qirralari qat-qat burmali qilib tayyorlangan. 



II 
III 
IV 







128 
Tashqi yuzasi qirrali qilib tayyorlangan quvurlar bir necha turga bo‘linadi: 
1) bo‘ylama qirrali (7-rasm, a); 2) kesilgan qirrali (6-rasm, b); 3) ko‘ndalang 
qirrali (6-rasm, d); 4) spiralsimon qirrali (6-rasm, e). 
Qirralarning samaradorligi issiqlik berish koeffitsiyenti (α) orqali 
belgilanadi. Qirrali quvurlar ishlatilganda α ning qiymati qirraning balandligi
shakli va materialiga bog‘liq bo‘ladi. Agar α ning qiymati
7-rasm
. Qirrali quvurlar: 
a) bo‘ylama qirrali; b) kesilgan qirrali; d) ko‘ndalang qirrali; 
e) spiralsimon qirrali. 
yuqori bo‘lishi shart bo‘lmasa, po‘latdan tayyorlangan qirralardan foydalanish 
yetarli bo‘ladi, mabodo α katta qiymatlarga erishilishi zarur bo‘lgan paytda misli 
yoki alyuminiy qirralarni qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘ladi. 
Quvurning ichidagi termik qarshilik katta bo‘lgan paytda chegara qatlamni 
yemiradigan yoki gidrobsimon holatga keltiradigan turbuliza-torlardan 
foydalaniladi. Turbulizatorlar sifatida turli qo‘shimchalar (spirallar, 
diafragmalar, disklar) va nasadkalar (halqalar, sharlar) ishlatiladi; bulardan 
foydalanilganda quvurning qarshiligi ko‘payadi. 
8-rasm.
Turbulizatsiya qiladigan qo‘shimcha quvurlar: 
a)
diafragmali; b) diskli d) spiralli. 



а 





129 
8-rasmda oqimni gidrobsimon holatga keltirishga yordam beradigan 
qo‘shimcha (diafragmali, diskli, spiralli) quvurlar ko‘rsatilgan. Masalan, quvur 
ichiga diafragma o‘rnatilganda oqim Re=140 bo‘lgandayoq turbulent holatga 
o‘tadi (qo‘shimchasi bo‘lmagan quvurda esa bu holat Re=2300 bo‘lganda yuz 
beradi). Demak, diafrag-mali quvurda issiqlik almashinish taxminan 4 marotaba 
tez boradi. 

Download 6,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish