77
Ma’ruza-№6. Ekstrakrion apparatlar.
Reja:
1.
Umumiy tushunchlar.
2.
Ekstragentlarni tanlash.
3.
Suyuqlik–suyuqlik sistemalarining muvozanati.
4.
Ekstraкsiyalashning asosiy usullari.
5.
Ekstraкtorlarning tuzilishi.
Tayanch so‘z va iboralar:
Ekstraksiyalash jarayoni, dastlabki eritma,
erituvchi (ekstragent), ekstrakt, rafinat, tarqalish koeffitsiyenti,
ajratish
koeffitsiyenti, ekstraksiyalash izotermalari, kolonnali ekstraktorlar, markazdan
qochma kuch ta’sirida ishlaydigan rotatsion ekstraktorlar,
elaksimon tarelkali
ekstraksion kolonnalar, pulsatsiyali ekstraksion kolonna, vibratsiyali ekstraksion
kolonna, rotatsion-diskli ekstraktor, ekstraksion uskunalarni hisoblash,
tarelkaning perforatsiya qilingan qismining yuzasi, ekstraktorning ichki
diametri, tarelkalar oralig‘idagi masofa, tarelkaning o‘tkazish
birligi soni,
pag‘onalarning foydali ish koeffitsiyenti, ekstraktorning ish balandligi.
Eritmalar tarkibidagi bir yoki bir necha komponentlarni tanlab ta’sir
qiluvchi
erituvchilar
yordamida
ajratib
olish
jarayoni
suyuqliklarni
ekstraksiyalash deb yuritiladi. Suyuq aralashma bilan erituvchi o‘zaro
aralashtirilganda erituvchida faqat kerakli komponentlar yaxshi eriydi, qolgan
komponentlar esa juda yomon yoki butunlay erimaydi.
Ekstraksiyalash
jarayoni
ham
rektifikatsiyalash
kabi
suyuqlik
aralashmalarini ajratish uchun qo‘llaniladi. Bu usullarning qaysi birini tanlash
aralashmalar tarkibidagi moddalarning xossalariga bog‘liq. Rektifikatsiyalash
jarayoni odatda issiqlik ta’sirida boradi. Eks-traksiyalashni
amalga oshirish
uchun issiqlik talab etilmaydi. Rektifikatsiyalash aralashma komponentlarining
har xil uchuvchanlik-lariga asoslanadi. Agar aralashma komponentlarining
qaynash haroratlari bir-biriga yaqin yoki ular yuqori haroratlarga beqaror
bo‘lsa, bunday hollarda ekstraksiyalash jarayoni qo‘llaniladi.
Dastlabki eritma va erituvchi o‘zaro ta’sir ettirilganda ikkita faza (ekstrakt
va rafinat) hosil bo‘ladi. Ajratib olingan moddaning erituvchidagi eritmasi
ekstrakt, dastlabki eritmaning qoldig‘i esa rafinat deb yuritiladi. Rafinat
tarkibida biroz miqdorda erituvchi ham bo‘ladi. Olingan
ikkita suyuqlik fazasi
(ekstrakt va rafinat) bir-biridan tindirish, sentrifugalash yoki boshqa mexanik
usullar yordamida ajratiladi. So‘ngra ekstrakt tarkibidan tegishli mahsulot ajratib
olinadi, rafinatdan esa erituvchi regeneratsiya qilinadi.
Suyuqliklarni ekstraksiyalash boshqa usullar (rektifikatsiyalash, bug‘latish
va hokazo) ga nisbatan birmuncha afzalliklarga ega: jarayon past haroratda olib
boriladi; eritmaning bug‘lanishi uchun issiqlik talab qilinmaydi; tanlab ta’sir
qilish xususiyatiga ega bo‘lgan istalgan erituvchini ishlatish imkoni bor. Bu usul
kamchilikdan holi emas; qo‘shimcha komponent (erituvchi)
ni ishlatish va uni
regeneratsiya qilishni tashkil etish qurilma sxemasini murakkablashtiradi va
78
ekstraksiyalash jarayonini qimmatlashtiradi.
Neftni qayta ishlash korxonalarida ekstraksiyalash jarayonlaridan surkov
moylari va dizel yonilg‘ilarini tozalashda, og‘ir neft qoldiqlarini deasfaltizatsiya
qilishda, piroliz benzinlaridan, riforming mahsu-lotlaridan yoki kokslashning
yengil gazoyllaridan aromatik uglevo-dorodlarni
ajratib olishda, oqova
suvlardan yuqori haroratda qaynovchi yoki nouchuvchan komponentlarni ajratib
olishda va boshqa maqsadlarda foydalaniladi.
Sanoat miqyosida suyuq holatdagi turli neft mahsulotlarini ekstraksiyalash
yordami bilan ajratishda fenol, furfurol, N-metil-2-pirrolidon, dietilenglikol, suv,
suyuq propan, benzol, dimetilsulfoksid, morfolin hosilalari va boshqa
erituvchilar ishlatiladi. Tog‘ jinslaridan ozokerit va serezinni ekstraksiya qilib
olishda erituvchi sifatida benzin qo‘llaniladi. Oxirgi
yillari zaharlik darajasi
yuqori bo‘lgan fenol va furfurolning o‘rniga N-metil-2-pirrolidan ishlatilmoqda.
Ayrim sharoitlarda ekstraksiyalash jarayoni rektifikatsiyalash bilan
birgalikda olib boriladi. Suyuqlik aralashmasi rektifikatsiyalashdan oldin
birlamchi ekstraksiyalash yo‘li bilan qisman ajratilsa, rektifikatsiyalash uchun
issiqlik xarajatlari ancha kamayadi.
Suyuqliklarni ekstraksiyalash uchun ishlatiladigan uskunalar ekstraktorlar
deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: