68
№ 5. Ma’ruza: Nasadkali rektifikatsion kolonna.
Reja:
1.
Nasadkali kolonnalar.
2.
O’lchаm kаttаliklаrini hisоblаsh.
3.
Kоlоnnаlаrning meхаnik hisоbi.
4.
Kоlоnnаlаrning kоrrоziyalаnishi vа erоziyalаnishi.
Tayanch so’z va iboralar:
Lyuk - xomashyo solinadigan aylana shaklidagi moslama.
Prokladka-suyuqlik chiqib chiqib ketmasligi uchun о‘rnatiladigan
moslama.
Korroziya - qurilmaning suyuqlik ta’sirida zanglashi.
Eroziya - qurilmaning suyuqlik ta’sirida
yemirilishi
Ingibitor - reaksiyani tezlashtiradigan yoki sekinlashtiradigan reagent.
Montaj - bironta qurilmani yig‘moq
Demontaj - yig‘ilgan qurilmalarni bir necha bо‘laklarga ajratish.
Har xil shaklli va turli o‘lchamga ega bo‘lgan qattiq jismlar, ya’ni
nasadkalar bilan to‘ldirilgan vertikal kolonnalarning tuzilishi sodda va yuqori
samaradorlikka ega bo‘lgani uchun ular sanoatda keng ishlatiladi. Nasadkali
kolonnalarda nasadkalar gaz va suyuqlik o‘tadigan
tayanch panjaralariga
o‘rnatiladi. Uskunaning ichki bo‘shlig‘i nasadka bilan to‘ldirilgan bo‘ladi (1-
rasmga qarang) yoki har birining balandligi 1,5–3 m bo‘lgan qatlamlar holatida
joylashtiriladi. Gaz panjaraning tagiga beriladi, so‘ngra nasadka qatlamidan
o‘tadi. Suyuqlik esa kolonnaning yuqorigi qismidan maxsus taqsimlagichlar
orqali sochib beriladi, u nasadka qatlamidan o‘tayotganda
pastdan berilayotgan
gaz oqimi bilan uchrashadi. Кolonna samarali ishlash uchun suyuqlik bir
tekisda, uskunaning butun ko‘ndalang kesimi bo‘ylab bir xil sochib berilishi
kerak. Bu uskunada kontakt yuza nasadkalar yordamida hosil qilinadi.
1-rasm.
Nasadkali kolonna:
1–qobiq; 2–nasadka qatlami; 3–suyuqlik taqsimlagichi; 4–tayanch
panjarasi; 5–suyuqlikni
qayta taqsimlagich; I–gaz aralashmasi; II–tozalangan gaz; III–toza sorbent; IV–ishlatilgan
sorbent.
69
Odatda nasadkali kolonnalarning diametri 4 m dan ortmaydi. Кatta
diametrli kolonnalarda gaz va suyuqlikni uskunaning ko‘ndalang kesimi
bo‘yicha bir me’yorda taqsimlash juda qiyin, shu
sababdan katta diametrli
kolonnalarning samaradorligi ancha kam bo‘ladi. Biroq sanoatda diametri 12 m
gacha bo‘lgan kolonnalar ham ishlatiladi.
Nasadkalar sifatida Rashig halqalari, keramik buyumlar, koks,
maydalangan kvars, polimer halqalar, metalldan tayyorlangan to‘rlar, sharlar,
propellerlar, egarsimon elementlar va boshqalar ishlatiladi (2-rasm).
Bular
ichida halqasimon nasadkalar ko‘p tarqalgan.
Кolonnalarning yuqori samaradorlik bilan ishlashi uchun nasadkalarning
solishtirma yuzasi (m
2
/m
3
) katta bo‘lishi kerak. Solishtirma yuza katta bo‘lishi
uchun kichik o‘lchamli nasadkalardan foydalanish zarur bo‘ladi.
2-rasm.
Nasadkaning turlari:
a–Rashig halqalardan tashkil topgan nasadka: 1–alohida olingan halqa; 2–to‘kib qo‘yilgan
halqalar; 3–terib qo‘yilgan nasadka; b–fasonli nasadka: 1–Pall halqasi; 2–egarsimon nasadka;
3–krestsimon to‘siqli halqa; 4–keramik bloklar; 5–simdan o‘ralgan nasadkalar; 6–ichki
spiralli halqa; 7–propellerli nasadka; 8–yog‘ochdan tayyorlangan xordali nasadka.
Biroq bunday sharoitda gidravlik qarshilikning ko‘payishi
muno-sabati
bilan gaz oqimini nasadkali qatlamdan o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan energiya
sarfi ortib ketadi. Shu sababdan gidravlik qarshiligi kichik va yuqori
samaradorlikka ega bo‘lgan nasadkalarni yaratish dolzarb muammo hisoblanadi.
Bunday nasadkalar qatoriga simdan tayyorlangan spirallar,
metalldan
tayyorlangan elaksimon nasadkalar, Teller rozetkasi va «Spreypak» nasadkasini
b
70
(3-rasm) kiritish mumkin.
Sanoatda ishlatiladigan ayrim turdagi nasadkalarning tasnifiy kattaliklari
1-jadvalda keltirilgan.
3-rasm.
Gidravlik qarshiligi kichik va yuqori samaradorlikka ega bo‘lgan nasadkalar:
a–Teller razetkasi; b– «Spreypak» nasadkasi (h va p–nasadkaning tasnifiy o‘lchamlari).
Do'stlaringiz bilan baham: