2
-ra
sm
.
G
az
lar
n
i e
ta
n
o
lam
in
li
t
o
za
la
sh
q
u
ri
lmas
i t
ex
n
o
lo
g
ik
s
x
emas
i:
1
,
1
3
-g
a
z se
p
a
ra
to
rl
a
ri
;
2
,
9
-a
b
so
rb
si
o
n
ko
lo
n
n
a
la
r;
3
,
1
0
,
1
5
-
su
vl
i s
o
vi
tki
ch
la
r;
4
,
1
1
-
is
si
q
li
k
a
lm
a
sh
ti
rg
ic
h
la
r q
a
to
ri
;
5
,
7
,
1
2
,
1
9
-n
a
so
sl
a
r;
6
,
1
4
-d
es
o
rb
er
la
r; 8,1
7
-b
ug
’l
i q
ayn
at
ki
ch
la
r; 1
6
-g
a
z-
su
v
a
jr
a
tk
ic
h
; 1
8
-q
o
ld
iq
n
i h
a
yd
o
vch
i k
o
lo
n
n
a
.
253
Gazlar tarkibidagi vodorodsulfid va uglerod oksidi miqdori tozalanguncha
va tozalashdan keyingi ko’rsatkichlari quyida keltirilgan:
1-jadval
Miqdori, % (massada)
Tozalanguncha
Tozalashdan keyin
Vodorod sulfid
3.34
0.0008
Uglerod oksidi
0.67
0.08
Nordon gazdan oltingugurt olishda qo‘llaniladigan jihozlar
Gravitatsion gaz separatorlar gaz-suyuqlik oqimida gazni tomchili, aerazol,
mayda dispersli va mexanik qo‘shimchalardan tozalash uchun mo‘ljallangan
bo‘lib, yopiqtizimda ishlash uchun mo‘ljallangan xamda o‘zaro ishqalanib va
aylanma xarakatdagi detallarga ega emas.
Separatorlar shartli ravishda qo‘llanilish sohasiga ko‘ra neftgaz va gaz
separatorlariga bo‘linadi.
Neftgaz separatorlari neftgaz yoki neftgazkondensat oqimidan suyuqlik
miqdorining ko‘p bo‘lishi bilan uning tarkibidan gazni ajratib olish uchun
mo‘ljallangan. Bu jarayonda shuningdek muxit tarkibidan qatlam suvlari va
mexanik qo‘shimchalr xam gravitatsiya natijasida ajratib olinadi. Separatorning
asosiy vazifasi neft tarkibida erigan gazlarni normal atmosfera sharoitlarida ajratib
olish uchun mo‘ljallangan bo‘ladi. Muxit tarkibidagi asosiy fraksiya neft
xisoblanadi.
Gaz separatorlari gaz-suyuqlik oqimida gazli fraksiya miqdori yuqori
bo‘lgan xollarda tabiiy gaz tarkibidan suyuqfazalarni va mexanik qo‘shimchalarni
ajratib olish uchun mo‘ljallangan. Gazli muxitning asosiy fraksiyasi tabiiy yoki
yo‘ldosh gazlar, turli xildagi texnologik gazlar bo‘lishi mumkin. Odatda ajratish
jarayoni oddiy bosimlarda yoki bosim ostida amalga oshirilishi mumkin.
Neftgaz sanoati tizimida uch fazali separatorlar xam keng qo‘llaniladi.
Ularda gaz-suyuqlik oqimidan zichliklari bir biridan farqqiluvchi yengil gaz
fraksiyasi, nfet frksiyasi, qatlam suvlari va mexanik qo‘shimchalar ajratib olinadi.
Standart bajarillarga ko‘ra separatorlar saqlash klapanlari zaruriy flanetslar
bilan jixozlangan bo‘ladi. Separatorning qo‘shimcha jixozlariga ajratilgan suyuqlik
fazalari chegaralariga o‘rnatilgan avtomatik qo‘yib olish qurilmalari, yuqori va
pastki satx ko‘rsatuvchi datchiklar, elektromagnit qo‘yib olish jumrakalri,
monometrlar, xarorat o‘lchash uchun datchiklar va boshqa shu kabi qo‘shimcha
jixozlar o‘rnatilishi mumkin.
Neft va gaz sanoati korxonalarida qo‘llaniladigan separatorlar bosim ostida
ishlaydigan qurilmalar turiga kirib ulardan foydalanish jarayoni adbatta o‘rnatilgan
tarti-qoidalar asoslarida amalga oshiriladi.
Neft va gaz konlari sharoitida qo‘llaniladigan separatorlar bir birlarida
texnik tavsifnomalari bilan farqqiladi. Masalan kon sharoitida keng miqyosda
254
qo‘llaniladigan markazdan qochma uyurmali maydon xisobiga ishlaydigan SSV-
5N (SSV-8N) turidagi separatorning asosiy tavsifnomalari quyidagicha:
- gaz bo‘yicha ish unumdorligi, Q – 10 000 000 m³/kun gacha;
- suyuqfaza bo‘yicha ish unumdorligi , Q (m³/min) – cheklanmagan;
- ishchi bosim,– 16,0 MPa (160 kgs/sm² gacha ;
- ishchi muxit – gaz-neft, gazokondensat, qatlam suvlari, mexanik qo‘shimchalar
(qattiqzarrachalar);
- separatordan chiqishdagi suyuqlik miqdori – 0,004 g/m³;
- Chiqishdagi mexanik zarrachalar miqdori – 0,003 g/m³;
SSV turkumidagi markazdan qochma uyurmali maydon ta’sirida ishlaydigan
separatorlarida unchalik bosim yuqotilishi sodir bo‘lmaydi, shuning uchun aniqkon
sharoitlarida bu turdagi separatorlarning qo‘llanilishida xisoblash ishlarini amalga
oshirishda zaruriy parametrlar doimiyligicha qabul qilinadi. Separatorda ajratib
olinayotgan kondensat va qatlam suvlarini chiqarib olish avtomatik rejimda amalga
oshiriladi.
Tarkibida namlik omili boshlangan nordon gazli aralashmalar gravitatsion
separatorga kirish quvuri oqiali kiradi va aralashmaning keskin xajmiy kengayishi
va tezlikning kamayishi natijasida aralashma tarkibidagi suyuqlik tomchilari
yiriklashuvi sodir bo‘ladi va tabiiy gaz tarkibidan gravitatsiya kuchlari natijasida
idish tubiga cho‘ka boshlaydi. Bunda suv bilan dirge uglevodorodli suyuqfaza
tarkibida erigan yengil fraksiyaning xam ajralib chiqishi sodir bo‘ladi.
Gravitatsion separatorlarning konstruksiyalariga ko‘ra suyuqfazada qatlam
suvlari va kondensat fraksiyalari bo‘lgpnligi uchun ularning xam aloxida
zichliklari farqi natijasida ajralishi kuzatiladi. Bunday xollarda separator
konstruksiyasida suyuqfazalarning aloxida to‘planishi uchun suyuqlik to‘plovsi
qismlari bajariladi.
Sepraatorlar konstruktiv bajarilishlariga ko‘ra vertikal va gorizantal turlarda
bo‘ladi. Gravitatsiya jarayoni ko‘p xollarda gorizantal separatorlarda amalga
oshirilgan eng yaxshi samara beradi. Chunki gaz aralashmasining tarkibidagi
uglevodorodli fraksiyalarning va unda erigan gazlarning ajralishi tinish yuzasi
yiriklashuvi bilan ortib boradi.
Texnologik jarayonni amalga oshirish bo‘yicha qo‘yilgan talablarga
muvofiqvertikal joylashgan seksiyalar konstruktiv bajarilishi bo‘yicha separatsion
turlardan yoki nasadkalardan tashkil topadi. Ularning o‘rnatilishi va soni
texnologik jarayon talablariga ko‘ra konstruktiv jixatlardan tanlab olinadi.
Qurilma ichida suyuqfazaning hosil bo‘lishi bilan gaz oqimlari bosimi va
gazning suyuqfazaga bosimi tufayli suyuqlik sirtida to‘lqinlar xosil bo‘lishi
kuzatiladi. Bu to‘lqinlar natijasida gaz o‘zining tarkibida suyuqfazalarni birga olib
chiqib ketadi. Shuning uchun to‘lqinlar xosil bo‘lishini kamaytirish maqsadida
gorizantal ravishda joylashtirilgan metall simlardan tayyorlangan to‘rlar
qo‘llaniladi.
Metall to‘rlarda suyuqfazalarning cho‘kishi va gaz oqimining urilishi sodir
bo‘lib suyuqfazaning qalqishi sekinlashadi. Gorizantal to‘rlar 2 odatda ikki xil
255
satxda o‘rnatiladi. Ularning o‘rnatilish satxi qatlam suviva gaz kondensat
fazalarning tutashuv yuzasida (pastda joylashgan metall to‘r), xamda qatlam
suvlari bilan gaz fazaning ajralish soxalariga (yuqorida joylashgan metall to‘r)
o‘rnatiladi. Suyuqfazaning ajralishi natijasida satxlar balandligi o‘zgarib boradi,
ya’ni qatlam suvi va kondenstalar miqdori oshib boradi. Shuning uchun xar bir
gorizantal to‘rga mos keluvchi qismlarga avtomatik ravishda suyuqlikni qo‘yib
olish uchun datchiklar o‘rnatiladi va bu datchiklar ishlashi bilan qatlam suvi yoki
kondensatning tuo‘rlar bo‘yicha satxi doimiy ushlanib turiladi.
Tozalanayotgan nordon gaz separatsiya jarayonining samaradorligini
oshirish uchun gazning qurilmadan chiqishida uning tarkibidagi mayda
suyuqtomchilarni ushlab qolish uchun tomchi ushlagichlar 3 o‘rnatiladi. Qurilmada
separatsiya nasadkalari 2 va tomchi ushlagichlar 3 gaz oqimiga perpendikulyar
xolda o‘rnatiladi va separatsiyalash jarayoni samaradorligi oshadi.
Ba’zi bir konstruksiyalarda tomchi ushlagichlar gaz oqimiga qiya xolatda
joylashtirilib yig‘ma metall to‘rlardan iborat bo‘ladi bloklardan foydalanildai.
Bunday xolatlarda metall to‘rlarning g‘ovakligini tanlash orqali chiqayotgan gaz
tarkibidagi namliklar miqdori va mexanik qo‘shimchalar, ya’ni qattiqzarrachalar
ushlanib qolinadi.
Tabiiy tozalangan gazning qurilmadan chiqishida chiqish shtuseri pastki
qismidagi patrubkaning qurilma ichki qismi og‘zi gaz oqimiga teskari ravishda
o‘rnatiladi va bu bilan gaz tarkibidagi mayda suyuqtomchilarning to‘g‘ridan to‘g‘ri
chiqib ketishi oldi olinadi.
Barcha turdagi separatorlar kondensatni qo‘yib olish va qatlam suvlarini quyib
olish uchun aloxida drenaj qurilmalari bilan jixozlangan bo‘ladi. Drenaj
qurilmalaridan chiqayotgan suyuqlik qatlam suvlari suvni tozalash qurilmalariga,
kondensat esa kondensatni barqarorlashtirish qurilmalariga yuboriladi.
Xozirgi paytda neft va gaz sanoati korxonalarida tabiiy gazni dastlabki
tayyorlash qurilmalarida qo‘llanilayotgan gorizantal separatorlarning texnik
tavsifnomalari quyidagicha:
- ishchi bosim, MPa - 0,1 dan 16 gacha;
- ishchi xarorat,
0
C - 60 dan 300 gacha;
- qurilma diametri, mm – 3000 gacha;
- qurilma uzunliklari, mm – 7000 gacha;
- qurilmaning ichki xajmi, m3 – 63 gacha:
- korpusi tayyorlanadigan material – uglerodli va zanglamas po‘latlar;
- ichki jixozlari tayyorlanadigan materiallar – uglerodli, zanglamas po‘latlar.
Desorbsiya absorbsiyadan keyin o‘tkaziladi va bunda maqsadli komponent
suyuq yutuvchilardan ajratib olinadi. Ko‘rinib turibdiki, absorbsiya va desorbsiya
bir-biriga qarama – qarshi bo‘lgan jarayonlardir. Birinchi holatda gazni suyuqlikka
erib kirishi sodir bo‘ladi va bosimni oshishiga olib keladi hamda haroratni
pasaytiradi. Absorbentni absorbsiya jarayonida maqsadli komponentlarining
yutilishiga to‘yinish yoki ishlanish deb ataladi. Absorbent desorbsiya jarayonida
256
maqsadli komponentlardan ozod bo‘lgandan keyin regeneratsiyalanadi va
sovutiladi, keyin nasos yordamida qaytadan absorbsiyaga qaytarilishi mumkin.
Shunday qilib yopiq absorbsiya – desorbsiya tizimi paydo bo‘ladi.
Gazni quritish qurilmasini texnologik sxemasida (2.2-rasm) nam gaz
ajratgichga (1) to‘planadi, u yerda suyuqlik tomchilaridan ajratiladi va keyin
absorberga (2) kelib kiradi. Absorberda gaz pastdan yuqoriga absorbentga
to‘qnashishi uchun harakatlanadi, quritiladi, keyin esa tomchi tutqichdan (3) o‘tadi,
u yerda yuqori likopchadan olib ketiluvchi absorberning yuqori konsentratsiyali
tomchilaridan ajratiladi. Absorberdan ajratilgan gaz magistral gaz uzatmasiga
beriladi.
Absorbentga to‘yingan eritma absorberdan shamollatgich orqali (5) filtrga
(6) va desorberga (7) yo‘naltiriladi, keyin desorberning (7) pastki qismiga
o‘rnatilgan bug‘li qizdirgichga beriladi va belgilangan haroratgacha qizdiriladi.
Eritma reboylerda qizdirilgandan keyin bug‘lantirish kolonnasiga beriladi (7).
Suv bug‘i eritmadan ajralib chiqqandan keyin suvutgichga (10) to‘planadi, u
yerda asosiy qismi kondensatsiyalanadi, keyin esa kondensatni yig‘gichga (8)
beriladi. Bu yig‘gichdan suvning bir qismi teskariga kolonnaning yuqori qismiga
yo‘naltiriladi va haroratni pasaytiradi. Natija yuqoriga ko‘tariluvchi absorbentning
bug‘lari kondensatsiyalanadi va pastga tomon oqadi hamda absorbentning
yo‘qotilishini qisqartiradi.
Belgilangan
konsentratsiyagacha
regeneratsiyalangan
absorbentning
aralashmasi avval issiqlik almashtirgich orqali o‘tadi (10), to‘yingan eritma bilan
sovutiladi, keyin esa qo‘shimcha sovutgichda qaytadan (10) sovutiladi va sug‘orish
uchun kontaktorga to‘planadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |