159
2-rasmda ko‘rsatilgan batareyali siklon (BSU)
yupqa devorli qobiqdan
iborat bo‘lib, changli va tozalangan gazlar uchun kameralar 1,2 va chang
yig‘uvchi bunkerlar (3) dan tashkil topgan. Siklon elementlari tegishli
to‘siqlarga shunday
qilib joylashtirilganki, bunda elementlarning tangensial
patrubkalari changli gaz kamerasi bilan, markaziy
chiqarish quvurlari
tozalangan gaz kameralari bilan, chang chiqaruvchi teshiklari esa chang
yig‘adigan bunker bilan bog‘langan.
Siklon elementlarida gaz oqimiga aylanma harakat
beruvchi tangensial yoki
o‘q bo‘yicha uyurma hosil qiluvchilar ishlatiladi. Tangensial uyurma hosil
qiluvchilar qatoriga qisqa va torayuvchi patrubkalar va spiralsimon naychalar
kiradi. O‘q bo‘yicha uyurma hosil qiluvchilar
ishlatilgan paytda siklon
elementlarining qopqog‘i bo‘lmaydi va changli gaz qobiq va tozalangan gaz
chiqadigan quvur oralig‘iga beriladi, ushbu oraliqda «vint» (3-rasm, a) yoki
«rozetka» ko‘rinishidagi (3-rasm, b) uyurma hosil qiluvchilar o‘rnatilgan
bo‘ladi. «Vint» ko‘rinishidagi uyurma hosil qiluvchida
changlar kam darajada
tiqilib qoladi va uning gidravlik qarshiligi nisbatan kam.
Siklonlarning sanoatda ko‘p ishlatilishidan qat’i nazar, ularda yuz
beradigan turli jinsli sistemalarni ajratish jarayoni to‘la tadqiqot qilinmagan,
3-rasm.
Batareyali siklonlarning elementlari:
a – «vint» rusumidagi yo‘naltiruvchi parrakli uyurma
hosil qiluvchilar; b – «rozetka»
rusumidagi yo‘naltiruchi parrakli uyurma hosil qiluvchilar.
Chang
b
Chang
а
Tozalangan gaz
Tozalangan gaz
Changli
gaz
Changli
gaz
160
chunki uskunadagi gidrodinamik holat ancha murakkab. Shu sababdan
siklonlarni tanlash asosan emprik yo‘l bilan olingan natijalarga asoslanadi.
Gidravlika nuqtayi nazaridan, siklon
qandaydir mahalliy qarshilik, deb olinishi
mumkin. Bunday holatda siklonning gidravlik qarshiligi gaz oqimining tezlik
naporiga teng bo‘ladi:
2
W
M
,
(5)
bu yerda, ξ – siklonning
qarshilik koeffitsiyenti;
– siklondan o‘tayotgan
gazning zichligi, kg/m
3
; W
M
– siklon silindrsimon qismining to‘la ko‘ndalang
kesimga nisbatan olingan gazning mavhum tezligi, m/s, (
M
W
=2,5÷4 m/s).
Siklonning gidravlik qarshiligi uskunaning turiga bog‘liq bo‘ladi.
Masalan, NIIOgaz konstruksiyali siklonlar uchun: SN-24 ξ=60; SN-15 ξ=160;
SN-11 ξ=250.
Gazning mavhum tezligi quyidagi tenglama orqali aniqlanishi mumkin:
W
M
=
P
2
,
(6)
ξ va ΔΡ/ρ ning qiymatlari turli konstruksiyali siklonlar uchun maxsus
adabiyotlarda berilgan bo‘ladi. Siklon silindr qismining diametri sarf tenglamasi
yordamida topiladi:
D =
M
W
V
785
,
0
,
(7)
bu yerda, V – siklondan o‘tayotgan gazning hajmiy sarfi, m
3
/s.
Siklonning qolgan hamma o‘lchamlari D ga nisbatan standartlashtirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: