154-modda. Yollanish
Yollanish, ya’ni nizolashayotgan davlatning fuqarosi yoki harbiy
xizmatchisi hisoblanmagan yoxud nazorat qilinib turgan nizolasha
yotgan davlat hududida doimiy yashamaydigan yoki hech qanday davlat
tomonidan qurolli kuchlar tarkibida rasmiy topshiriqni bajarish vakolati
berilmagan shaxsning moddiy manfaatdorlik yoki boshqa biron shaxsiy
' Qaimg: 0 ‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi. Т.: 0 ‘zbekiston Respublikasi Adliya
Vazirligi, 200!.
147
manfaatni ko‘zlab, o ‘zga davlat hududida yoki uning tarafini olib qurolli
to‘qnashuvda yoxud harbiy harakatlarda qatnashish uchun yollanishi —
besh yildan o ‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolana
di.
( 0 ‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgust Qonuni tahririda
—
0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil,
9 - 10-son, 165-modda).
155-modda. Terrorizm
Terrorizm — xalqaro munosabatlami murakkablashtirish, davlatning
suverenitetini, hududiy yaxlitligini buzish, xavfsizligiga putur yetkazish,
urush va qurolli m ojarolar chiqarish, ijtim oiy-siyosiy vaziyatni
beqarorlashtirish, aholini qo'rqitish maqsadida davlat organini, xalqaro
tashkilotni, ularning m ansabdor shaxslarini, jismoniy yoki yuridik
shaxsni biron bir faoliyatni amalga oshirishga yoki amalga oshirishdan
tiyilishga majbur qilish uchun zo ‘rlik, kuch ishlatish, shaxs yoki
m ol-m ulkka xavf tug‘diruvchi boshqa qilmishlar yoxud ularni amalga
oshirish tah d idi, shuningdek terrorchilik tashkilotining m avjud
b o ‘lish in i, ishlab tu rish in i, m o liyalashtirilish ini t a ’m inlashga,
terrorchilik harakatlarini tayyorlash va sodir etishga, terrorchilik
tashkilotlariga yoxud terrorchilik faoliyatiga ko‘maklashayotgan yoki
bunday faoliyatda ishtirok etayotgan shaxslarga bevosita yoki bilvosita
har qanday mablag‘-vositalar va resurslar berish yoki yig'ishga, boshqa
xizm atlar ko'rsatishga qaratilgan faoliyat —
sakkiz yildan o ‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Vaziyatni beqarorlashtirish yoki davlat organlari tom onidan qaror
qabul qilinishiga ta ’sir ko‘rsatish yoxud siyosiy yoki bosh-qa ijtimoiy
faoliyatda to ‘sqinlik qilish maqsadida davlat yoki jam oat arbobi yoxud
hokimiyat vakilining davlat yoki jamoatchilik faoliyati munosabati bilan
uning hayotiga suiqasd qilish yoki uning badaniga shikast yetkazish —
o ‘n yildan o ‘n besh yilgacha ozodlikdan m ahrum qilish bilan
jazolanadi.
Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan
harakatlar:
a) odam o'lishiga;
b) boshqa og‘ir oqibatlarning kelib chiqishiga sabab bo ‘lsa, —
o ‘n besh yildan yigirma yilgacha ozodlikdan m ahrum qilish yoki
o ‘lim jazosi bilan jazolanadi.
Terrorizm ni tayyorlashda ishtirok etgan shaxs, agar u hokimiyat
organlariga o ‘z vaqtida xabar berish va boshqa usul bilan og‘ir oqibatlar
yuzaga kelishining hamda terrorchilar maqsadlari amalga oshirilishining
oldini olishga faol ko‘maklashgan bo'lsa, basharti bu shaxsning
148
harakatlarida jinoyatning boshqa tarkibi bo‘lmasa, jinoiy javobgarlikdan
ozod etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |