Agar biz AQSh pedagogikasidagi:
-bolani o`z kuchi va imkoniyatiga ishonch ruhida tarbiyalash;
-o`quvchining eng kichik shaxsiy imkoniyatlarini ro`yobga chiqarish uchun ko`rash;
-bolani kamsitmaslik, insoniy qadriyatlarini va g`ururini yerga urmaslik;
-Vataniga faxr va iftixor ruhida tarbiyalash va h.k.
Yaponiya ta’limidagi;
-bolani maktabga puxta tayyorlash;
-kichkintoylar ta’lim va tarbiyasiga ota-onalar masuliyatini kuchaytirish;
-o`quvchilarni nafosat, jismoniy kamolotiga berilayotgan e’tibor;
-o`qituvchi kadrlarga yuksak talabchanlik;
-yosh iqtidor soxiblari bilan olib borilayotgan izchil ishlar;
Germaniya ta’limidagi:
-tabaqalashtirib o`qitishga berilayotgan jiddiy e’tibor;
-o`qituvchilarning mehnat ta’limini mustahkamlash;
-kasbga yo`naltirish;
Fransiya ta’limidagi :
-maktabgacha davridanoq o`quvni predmetlashtirib tashkil etish;
- boshlang`ich ta’limni uch bosqichda puxta amalga oshirish;
- o`quvni didaktik vositalar bilan ta’minlashga berilayotgan katta e’tibor;
-o`quv muassasalarning turli firmalar, konsernlar, korxonalar mustahkam aloqalari va boshqa ibratli jihatlar bizning ta’limga ham kuchsa, bizning pedagogikamiz olg`a qarab dadil qadam bosgan bular edi.
Albatta, ta’limga har qanday yangilik, o`zgarish jiddiy tahlillar, tajribalar asosida kirib keladi. “Zo`rlab tiqishtirish” bizning uslubiyat emas. Ayni paytda ta’limni bir saviyada qotib qolishiga ham yo`l qo`yib bo`lmaydi.
Keyingi paytlarda ilmiy asoslanmagan, sinab ko`rilmagan “Islohotlar” ni joriy etish, yangi o`quv muassasalari to`g`risida ham ta’lim vazirligi tasdiqlagan Nizomdan chetga chiqish hollari ro`y bermoqda, aksariyat shunday “isloh” qilingan maktablar, sinflar ko`zlagan samaradorlikni bermaganligi uchun oddiy maktablar va sinflarga aylantirilmoqda.
Fikrimizcha, turli islohotlarni, shu jumladan, chet el ta’limidagi u yoki bu ibratli ish uslubini joriy qilishda Pedagogika ilmiy-tadqiqot instituti, o`quv uslubiyat markazlari bilan bamaslahat ish ko`rish maqsadga muvoffiqdir. O`ylaymizki, pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot insitituti Respublika o`quv-metodika markazlari ham chet el ta’limini joriy etish bo`yicha o`quv muassasalarimizga o`zlarining nazariy-metadologik tavsiyalarini beradilar.
Berilgan yangiliklar, ma’lumotlar, axborotlar asosida har bir pedagogik jamoa o`z pedagogik faoliyatlarini tahlil etib, uni qayta ko`rib chiqadilar. Mamlakatimiz ta’limini yangi bosqichlarga ko`tarishga o`z hissalarini qo`shadilar degan umiddamiz.
Shveytsariya — dunyoda sayyohlar eng ko‘p boradigan mamlakatlardan biri sanaladi. Ammo bu o‘lka chet elliklarni nafaqat betakror tabiati-yu purviqor tog‘lari, balki yuqori sifatli ta’lim tizimi bilan o‘ziga jalb qiladi. Hatto mamlakatdagi rivojlangan ta’lim tizimi xorijliklarni o‘ziga chorlovchi asosiy tashrif qog‘ozi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Kuzatuvlarga ko‘ra, jahonga mashhur siyosatchilar, davlat arboblari, yirik biznesmenlarning ko‘pchiligi Shveytsariyada ta’lim olgan. Hozir ham boy oilalar farzandlarining Shveytsariya o‘quv yurtlarida tahsil olishi urfda. Xo‘sh, bu mamlakatdagi ta’lim tizimi qanday jihatlari bilan dunyoda yetakchilik qilmoqda?
Avvalo, Shveytsariya ta’lim tizimi universalligi bilan jahonga mashhur. Ya’ni, u bir vaqtning o‘zida ingliz-amerika, fransuz va nemis maktablariga xos xususiyatlarni birlashtiradi. Bu tizim mamlakatda 4 ta rasmiy til — fransuz, nemis, italyan va retoromat tillarining amal qilishi natijasida shakllangan. Zamonaviy Shveytsariya 26 ta har biri mustaqil kichik ma’muriy hududiy bo‘linma va viloyatlarga bo‘lingani bois, mamlakatdagi boshlang‘ich va o‘rta maktablar kichik bo‘linmalarga, universitetlar esa federal hukumatga bo‘ysunadi. Shuningdek, Shveytsariya ta’limda mehmondo‘stlik modelini boshlab bergan birinchi davlat bo‘lib, uning maktab va universitetlari sayyohlik biznesining asosi hisoblanadi.
Shveytsariyalik bolalar 4—6 yoshda maktabgacha ta’lim muassasasi, 6—12 yoshda boshlang‘ich ta’lim, 12—16 yoshda o‘rta ta’lim va nihoyat, 18—22 yoshda oliy ta’limda tahsil oladi. Mamlakatda bolalarning maktabgacha ta’lim olishi majburiy. Shu bois, barcha ota-onalar farzandini muddatidan kechiktirmay davlat yoki xususiy bog‘chaga joylashtiradi. Maktabgacha ta’lim jarayoni hatto davlat bog‘chalarida ham pullik bo‘lib, hukumat zarur to‘lovning bir qisminigina to‘lab beradi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarga odatdagidek matematika, o‘qish va yozish kabilar o‘qitilmaydi. Boisi, Shveytsariya hukumati bolaga ortiqcha yuklamalarni yuklash unda yaqinni ko‘ra olmaslik, skolioz belgilarini paydo qiladi, degan fikrda. Shuning uchun bog‘chalarda asosiy e’tibor bolalarning toza havoda o‘ynashi, so‘zlar, jumlalar, she’r va qo‘shiqlarni takrorlashiga qaratiladi. Bu tajriba bolaning yaxshi kayfiyatda, jismonan sog‘lom rivojlanishi, tili esa biyron bo‘lishiga xizmat qilar ekan.
Mamlakatda ta’limning birinchi bosqichi 6 yoshdan boshlansa-da, ayrim maktablarda iqtidorli bolalar 4 yoshdan qabul qilinadi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ta’lim dasturida asosiy e’tibor bolaning bilimini rivojlantirish hamda chet tillarni o‘qitishga qaratiladi. Hukumat bola xorijiy tillarni o‘rganishni qancha erta boshlasa, unga moslashishi shuncha oson kechadi, deb hisoblaydi. Maktablarda har bir chet tilini o‘qitish bo‘yicha alohida xalqaro dasturlar mavjud bo‘lib, ularni tamomlagan o‘quvchilarga maxsus sertifikat beriladi.
Shveytsariya maktablari o‘quvchilarga ingliz-amerika, fransuz, nemis, shveytsar, italiyan ta’lim tizimidan istalgan birida o‘qish imkoniyatini taqdim etishi bilan ajralib turadi. Maktablarda darslar oliy o‘quv yurtlarida yuqori baholanadigan International Baccalaureate universal xalqaro dasturi asosida o‘tiladi. O‘qish davomida bolalarga mahalliy tildan tashqari, kamida yana 2 ta xorijiy til o‘rgatiladi. Yuqori sifatli ta’lim tizimi bilan jahonda yetakchilik qilayotgan Shveytsariya maktablarining barchasi o‘quvchilarni dunyoning istalgan oliy o‘quv yurtiga o‘qishga kirishga tayyorlash imkoniyatiga ega. Bu yerdagi bilim maskanlarida o‘g‘il-qizlarning yayrab o‘qishi uchun barcha sharoit muhayyo. Maktablarda eng zamonaviy jihozlar, sport anjomlarini ko‘rasiz. O‘quvchilar qishda xokkey, snoubord, tog‘ chang‘i sport turlari, yozda esa tog‘larda yurish, kemada suzish, ot minish kabi qiziqarli mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanib, darslardan tashqari vaqtini maroqli o‘tkazadi.
Boshlang‘ich va o‘rta maktablar turli kichik ma’muriy bo‘linmalarga bo‘ysungani bois, barcha maktablar uchun yagona majburiy dastur mavjud emas. 26 ta bo‘linmaning har biri maktablarda o‘quvchilarni o‘z o‘quv rejasi asosida o‘qitadi. Matura deb nomlanuvchi Shveytsariya federal dasturi esa ayrim tanlangan maktablargagina tavsiya etiladi.
Xorijliklarning aksariyati farzandlarini Shveytsariyadagi xususiy maktablarda o‘qitadi. Ammo hukumat tomonidan moliyalashtiriladigan davlat maktablari ham ta’lim sifati borasida xususiy maktablardan qolishmaydi. Shunchaki, davlat maktablari hududida bolalarning yashab o‘qishi uchun yotoqxonalar yo‘q. Shu bois, ularda xorijliklar, asosan, mamlakatda uzoq vaqt yashovchi diplomatlar, xalqaro tashkilotlar a’zolarining farzandlari tahsil oladi.
Ammo yashab-o‘qishga mo‘ljallangan xususiy maktab-pansionlarda o‘quvchilar uchun yotoqxonalar mavjud. Shveytsariyada 260 ta xususiy maktab bo‘lib, ular mamlakatning noyob “mahsuloti” hisoblanadi. Bu maktablar o‘zining sifatli ta’limi, yuqori darajadagi qulayligi, xavfsizligi, mashhurligi, va albatta, o‘qish pulining nihoyatda qimmatligi bilan nom chiqargan. Bu yerda oddiy oilalarning farzandlarini deyarli uchratmaysiz. Asosan Shveytsariya va fransuz bankirlari, arab shayxlari, Amerika diplomat va yirik biznesmenlarining farzandlari o‘qiydi.
Shveytsariyadagi birinchi xususiy maktabga XIX asrda Iogann Pestalossi, Mariya Montessori va Rudolf Shtayner kabi mashhur pedagoglarning g‘oyalari ta’sirida asos solingan. Hozirgacha maktablarda ular taklif etgan o‘qitish usullaridan foydalaniladi. Xususiy maktablar ilk davrlardayoq xalq tiliga tushgan bo‘lsa-da, I jahon urushidan keyingina xalqaro darajadagi mashhurlikka erishdi. O‘sha kezlari mamlakatda betaraflik tamoyili amal qilgani bois, bu yerga boshqa millat vakillari ko‘chib kela boshladi. Natijada maktablarda turli tillarda o‘qitish tizimi paydo bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |