QARSH DAVLAT UNIVERSITETI TARIX FAKULTETI 020-118-GURUH TALABASI OCHILOV SHAXZODNING TARBIYA FANIDAN TAYORLAGAN MUSTAQIL ISHI
MAVZU: VATAN SAJDAGOH KABI MUQADDAS. OLTIN BESHIK. REJA: 1.ONA VATAN TUSHUNCHASI 2.VATAN OLDIDAGI BURCH 3.VATAN KINDIK QONING TUKILGAN MAKONDIR Inson tug'ilgan, voyaga yetgan xonadon, mahalla, qishloq va shahar esa Vatanichidagi kichik vatandir.Buni bilib oling. Mahalla arabcha so'z bo'lib, joy degan ma'noni anglatadi.Mahalla odamlarning birikib, jamoa bo'lib yashash zaruratidan kelib chiqqan. Mamlakatimizda 2003-yil «Obod mahalla yili» deb e'lon qilindi.Buni bilib oling. Qishloq o'zbekcha so'z bo'lib, qishlaydigan joy degan ma'noni bildiradi. Qadimda ota-bobolarimiz bahor kelishi bilan ekin-tikin, bog'rog'larga qarash uchun dalalarga chiqib ketgan. Vatan - bu biz ko'rgan va his qilgan hamma narsa. Inson qalbsiz yashamaganidek, Vatansiz ham yashay olmaydi. Bu tovushlar va ranglar, taassurotlar va kashfiyotlar bilan ajralib turadigan ulkan dunyo. Inson Vatan haqida o'ylaganda, ko'pincha uyi, tug'ilgan joyi haqida o'ylaydi. Vatan - mamlakatimizning kichik bir burchagi.
Vatanni sevmoq iymondandir. Bu jarangdor so‘zning asl ma’nosi ona yurt demakdir. Ha azizlar, azal azaldan insoniyat o‘z tug‘ilib o‘sgan, kindik qoni to‘kilgan go‘shasini onaga tenglashtirib, uni yuragining tub-tubida ardoqlab asragan.
Vatanparvarlik — yolgiz o‘z vataniga mehr qo‘yishdan iboratgina emas. Bu juda katta his... Bu — vatan bilan o‘zini bir butun deb bilish, uning yaxshi-yomon kunlarida asqatish demakdir. A. N. TOLSTOY
Vatanga muhabbat butun dunyoga muhabbat bilan uyg‘unlashib ketadi. Bilim nuridan bahramand bo‘lgai xalq, bu bilan yonberidagi qo‘shnilariga ziyon keltirmaydi. Aksincha, davlatlar qanchalik ma’rifatli bo‘lishsa, bir-birlari bilan til topishib, yanada qudratliroq kuchga aylanadilar, olamshumul tafakkur yanada ravnaq topadi. K. GELVESIN
Vatanga bo‘lgan muhabbatim meni xorijiylar yutug‘idan ko‘z yumishga majbur qplmaydi. Aksincha, vatanga muhabbatim qanchalik kuchli bo‘lsa, vatanimni jahondagi g‘aznalar bilan yana-da shunchalik boyitgim keladi. F. VOLTER Cho‘lda o‘rmalab yurgan jonivorlar ham tug‘ilshidanoq o‘z makonlarini biladilar, havoda uchuvchi qushlar ham, dengiz va daryolardagi baliqlar ham o‘z oshyonlarini his qiladilar, hatto bolari va shunga o‘xshashlar ham o‘z uyalarini muhofaza qiladilar,— shuning kabi odamlar ham qaerda tug‘ilib parvarish topsalar,— o‘sha joyga cheksiz mehr qo‘ygan bo‘ladilar. F. SKORINA
Kim xalq bilan uning qayg‘usini bab-baravar bo‘lishib olmasa, uning shodlpk bayramida o‘zini xo‘rlangan his etishi shubhasizdir. L. M. LEONOV
Kimki umumiy falokat daqiqalarida vatan xaloskorligidan boshqa biron-bir xayolga borsa, — ozod davlatda yashagaga haqlga emas. F. KLINGER
Амир Темур ҳаётининг мазмуни, бетакрор фаолиятининг асосий маъноси — Ватан озодлиги, Ватанга муҳаббат деган олий қадриятлардан иборатдир. У ҳатто умрининг сўнгги онларида ҳам зурриёдларига қарата "Истиқлол билан мулку миллат, лашкар ва раъиятни бошқарингиз" деб васият қилган. "Ватан ҳисси, Ватан туйғуси барча нарсадан қадрлироқдир. Биз фарзандларимиз онгига ва қалбига ана шу туйғуни сингдиришимиз лозим. Бизнинг барчамиз ота эканлигимизни, она эканлигимизни унутмаслигимиз керак. Ҳар бир ота-она учун фарзанд камоли, оиласининг шон-шуҳрати муқаддас орзу-ҳавас ҳисобланади. Шундай экан, биз келгуси авлод баркамоллиги учун, ўғил-қизларимизнинг улуғ аждодларимизга хос оқил ва юксак маданиятли кишилар бўлишлари учун доимо эътибор бермоғимиз керак. Shavkat Mirziyoyev: Vatanimiz mustaqilligi – biz uchun kuch-qudrat va ilhom manbai, taraqqiyot va farovonlik asosi
Do'stlaringiz bilan baham: |