Qarshi davlat universitetining pedagogika instituti



Download 55,5 Kb.
bet1/7
Sana06.06.2022
Hajmi55,5 Kb.
#642668
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Informatika va raqamli texnologiyalar fan dasturi


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


QARSHI DAVLAT UNIVERSITETINING
PEDAGOGIKA INSTITUTI

TASDIQLAYMAN”
___________A.G.G‘aniyev
2021 yil “___”___________

Informatika va raqamli texnologiyalar
FANINING O’QUV DASTURI



Bilim sohasi:

100000

– Ta’lim

Ta’lim sohasi:

110000

– Pedagogika

Ta’lim yo‘nalishi:

60110600

– Matematika va informatika




Fan/modul kodi
355IVRT

O‘quv yili
2021-2022

Semestr
2

ECTS - Kreditlar
6

Fan/modul turi
Majburiy

Ta’lim tili
O‘zbek/rus

Haftadagi dars soatlari
6

1.

Fanning nomi

Auditoriya mashg‘ulotlari (soat)

Mustaqil ta’lim (soat)

Jami yuklama
(soat)

Informatika va raqamli texnologiyalar

90

90

180

2.

I. Fanning mazmuni.
Fanni o‘qitishdan maqsadtalabalarda kasbiy faoliyatlarida uchraydigan turli masalalarni hal qilishda informatika va raqamli texnologiyalarning nazariy va amaliy asoslaridan foydalanish haqidagi tasavvurlarini kengaytirish, ko‘nikma va malakalarni shakllantiirishdan iborat.
Fanning vazifasiinformatika va raqamli texnologiyalar fanining asosiy rivojlanish yo‘nalishlari, axborot, uning turlari, xususiyatlari va o‘lchov birliklari, axborotlashgan jamiyat, axboriy madaniyat, jamiyat va ta’limning axborotlashtirilishi, kompyuterlarning axboriy-mantiqiy va arifmetik asoslari, elektron hukumat, elektron raqamli imzo, elektron tijorat va raqamli texnologiyalar, virtual borliq, bulutli texnologiyalar, blockchain va raqamli media marketing haqida nazariy va amaliy bilimlarni, kо‘nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat.
“Informatika va raqamli texnologiyalar” fanining o’quv dasturi Finlyandiya va Kembridj tajribasi asosida tahlil qilingan va ishlab chiqilgan.


II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari)
II.I. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:
1-mavzu. Informatika va raqamli texnologiyalar fanining asosiy rivojlanish yo‘nalishlari.
Informatika va raqamli texnologiyalar fanining maqsadi, obekti va predmeti. Informatikaga oid fanlarning shakllanish tarixi. Informatikaning asosiy rivojlanish yo‘nalishlari. Zamonaviy informatika tuzilmasi.
3-mavzu. Jamiyat va ta’limni axborotlashtirish.
Axborotlashgan jamiyatda inson. “Axboriy madaniyat” tushunchasi va uning mazmuni. Axboriy madaniyatni shakllantirish va rivojlantirish shart – sharoitlari va vositalari. Ta’limni axborotlashtirish. Jamiyat va ta’limni axborotlashtirishning huquqiy-meyoriy asoslari. Jamiyatning axborot resurslari, axborot bozori va jamiyatning axborot potensiali.
4-mavzu. Shaxsiy kompyuterning axboriy-mantiqiy asoslari.

Mantiqiy o‘zgaruvchilar va mantiqiy ifodalar. Mantiqiy amallar. Mantiqiy funksiyalar va ularning rostlik jadvali. Mantiqiy sxemalar. Bul algebrasi va elementar Bul funksiyalari. Bul algebrasi qonunlari. Kompyuterni ishlashining mantiqiy va fizik asoslari.


5-mavzu. Kompyuterda axborotlarni qayta ishlashning arifmetik asoslari.
Sanoq sistemalari. Pozitsion va nopozitsion sanoq sistemalari. Ikkilik, sakkizlik va o‘n oltilik sanoq sistemalari. Sonlarni bir sanoq sistemasidan boshqa sanoq sistemasiga o‘tkazish.
6-mavzu. Axborotlarni kodlash va dekodlash.
Kodlash va dekodlash tushunchalari. Kodlash turlari. Matnli axborotlarni kodlash usullari. Grafik axborotlar va ularni kodlash. Audio va video axborotlarni kodlash.
7-mavzu. Axborotlarning kompyuterda tasvirlanishi.
Axborotlarning kompyuterda tasvirlanishi. Kompyuterlarda sonlarning qo‘zg‘almas vergulli va qo‘zg‘aluvchi vergulli usullarda tasvirlanishi. Axborotni kodlash: to‘g‘ri, to‘ldirish, teskari va modifikatsiyalashgan kodlar.

Download 55,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish