Qarshi davlat universiteti zologiya va fi ziologiya kafedrasi zoogeografiya fanidan



Download 7,35 Mb.
bet53/81
Sana18.04.2022
Hajmi7,35 Mb.
#561100
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   81
Bog'liq
магистр)

Nazorat uchun savollar:

1.XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab, respublikamizda Hayvonot dunyosini muhofaza qilish yuzasidan amalgam oshirilgan ishlarni tushuntirib bering.


2.Hozirgi vaqtda O`zbekistonda mavjud qo`riqxonalar faoliyatini nahlil qiling.
Talabaning mustaqil ishi
O‘zbekistonning hayvonot dunyosi va uning o‘rganilish tarixi.


8 – amaliy mashg‘ulot


Mavzu: Ареал типлари
Mashg‘ulot maqsadi: Talabalarda fanning areal tiplari yaxlit, dog‘li va uzilgan areallar, sirkumpoyar, sirkumboreal, lentasimon, hamkor yoki qo‘shilgan areallar, dizyunksiya hodisasi, arealda hayvonlarning tarqalishi, areal chegaralarini belgilovchi abiotik omillarni alohida tur areallari misolida bilimlarni mustahkamlash.
Kerakli o’quv materiallari: Dunyo hayvonot olami qoplami xaritasi, globus, dunyo siyosiy xaritasi, rangsiz xarita, rasm daftar, rangli qalamlar va boshqalar.
Umumiy ma’lumot. Areal lotincha area – maydon, makon, ya`ni o`simlik yoki hayvon turi, yer yuzidagi qandaydir hodisa, foydali qazilmalar va shu kabilarning tarqalish hududi ma`nosiga ega. Kontur xaritalarda areallar turli shakllar, ranglar, chiziqlar va boshqa belgilar bilan ifodalanadi. Bunday yo`l tutish turli areallarni bir-biridan ajratish imkonini beradi.
Areal tushunchasi zoogeografiyada keng qo`llaniladi va bunda asosan yer yuzasining muayyan tur yoki har qanday sistematik birlikka (avlod, oila, turkum, sinf va boshq.) mansub hayvonlar bilan egallangan qismi nazarda tutiladi. Zoogeografiyada ko`pincha tur areali xususida so`z boradi. Chunki tur tirik organizmlarning asosiy birligi va dastlabki sistematik kategoriyasidir. Ayrim hollarda kenja turlarning areallarini o`rganish ham qimmatli ma`lumotlarni olish va muhim xulosalar chiqarish uchun asos bo`ladi.
Mashg‘ulotning borishi
Areallarning ko`lami turli-tuman bo`lib, tabiatda juda tor areallar bilan bir qatorda keng areallar ham uchraydi. Masalan, tulki katta, yumronqoziqlar o`rtacha va prometey sichqonlari esa kichik areallarni hosil qiladi. Keng areallar butun oblastlarni, materiklarni va hatto yer sharini egallaydi. Quruqlik hayvonlari ko`pincha tor, dengiz hayvonlari esa keng areallarni hosil qiladi. Areallarning ko`lami va ko`rinishi o`zgaruvchan bo`ladi. Areal chegarasining tebranishi va arealda hayvonlar tarqalishining o`zgarishi doimiy yuz berib turadigan jarayondir. Bunday xususiyat arealdagi hayvonlar sonining dinamikasi bilan ham bog`liq. Ayniqsa kemiruvchilar va hasharotlarlarda bu holat yaqqol kuzatiladi. Hayvonlar sonining oshishi bilan ba`zan ularda qayta joylashish yuz beradi va natijada areal kengayadi, aksincha hayvonlar sonining kamayishi esa arealning torayishiga va parchalanishiga olib keladi.
Ba`zan areallar chegarasining o`zgarishi ulardagi yashash sharoitlarining abiotik omillar natijasida o`zgarishi tufayli yuz beradi. Masalan, Qozog`istonning tekisliklarida namlikning qisman o`zgarishi ham organizmlarning soniga ta`sir ko`rsatadi va ko`pchilik qushlar yuzlab kilometrga o`z arealini o`zgartiradi. Ko`pgina hollarda areal yaqqol tebranish chegaralariga ega bo`ladi. Bunday chegaralar optimum, pessimum va neytral mintaqalarga ajratiladi. Odatda areallarning chekka mintaqalarida tur vakillari siyrak sonda uchraydi va bunday xususiyat bir tomondan areal chekkasidagi fizik va kimyoviy muhit sharoitining noqulayligi, ikkinchi tomondan boshqa turlar bilan bo`ladigan konkurentsiyaning yuqori darajadaligi bilan tushuntiriladi. Konkurentsiyaning susayishi arealning kengayishiga olib keladi.
Turlarning areal doirasida tarqalish yo`nalishi optimal mintaqadan nisbatan noqulay sharoitli mintaqalarga tomon sodir bo`ladi. Muhit sharoitlari bir xilda qulay bo`lgan taqdirda, qandaydir avvalgi mavjud to`siqlarning yo`qolishi (masalan Bering bo`g`ozida bo`yinning paydo bo`lishi) turli tur vakillari orasida o`zaro almashinuvni yuzaga keltiradi. Bunday holatda nisbatan harakatchan va populyatsiyalar soni ko`p bo`lgan turlarda (qushlar, tuyoqlilar) immigratsiya jarayoni jadal kechadi. Bu jarayonda keng tarqalgan va soni ko`p bo`lgan turlar ham faol ishtirok etadi.
Areal ko`lamiga xos bo`lgan xususiyatlarni arealda tarqalgan turlarning ekologik valentligi, tarqalish qobiliyati, yoshi, turning yangi formalar hosil qilish qobiliyati kabi qator omillar belgilaydi. Areal egallagan maydon muayyan turning yashashi uchun qulay bo`lgan sharoitlarni o`zida mujassamlashtirgan maydondan katta bo`lishi mumkin emas. Agarda bunday maydon kichik bo`lsa, mos ravishda tur areali ham kichik bo`ladi. Ko`pincha hayvonlarning areali garchi qulay sharoitlar mavjud bo`lgan taqdirda ham kichik maydonni egallaydi. Bu o`rinda arealning ko`lamini belgilovchi omil sifatida turning qadimiyligi (filogenetik yoshi), uning tarqalish qobiliyati, chegaralarni kecha olish qobiliyati va ekologik valentligi xizmat qiladi. Quzg`un, bo`ri vaolmaxon kabi hayvonlar tundra, o`rmon va tog` kabi turli-tuman ekologik sharoitlarda yashay oladi. Bunday turlar ubikvistlar deyiladi, ularning areallari keng maydonni egallaydi. Ayrim hayvon turlari deyarli yer yuzining barcha mintaqalarida tarqalgan bo`lishi mumkin. Bunday keng areallarni egallovchi turlar kosmopolitlar deb yuritiladi. Lochin kosmopolit turlardan bo`lib, uning kenja turlari Yevropada, Osiyoda, Amerikada, Afrikada va Avstraliyada uya quradi. Xuddi shunday uy chumchug`i, suv burguti va qirg`oq qaldirg`ochi kabi qush turlari ham kosmopolit turlar sanalanadi. Yer yuzida mavjud bo`lgan turlar orasida kosmopolitlar kamchilikni tashkil etadi.
Turning geologik yoshi, ya`ni turning qadimiyligi uning qanday arealni egallashini, ya`ni areal ko`lamini belgilovchi muhim ko`rsatkich sanaladi. Ayrim hollarda turning geologik yoshi qancha katta bo`lsa, u o`zi uchun qulay bo`lgan keng maydonga tarqalib olishga ulgurgan bo`ladi (bosh oyoqli mollyuska – nautilus, ba`zi akula turlari). Ba`zi turlarning geologik yoshi katta bo`lsada u o`zining gullab-yashnash davrini o`tab bo`lgan bo`ladi va ularning areallari aksincha tor bo`ladi. Masalan, gatteriyaning areali Yangi-Zelandiyaning kichik orolchalarida saqlanib qolgan. Qadimgi geologik davrlardan bizgacha yetib kelgan hayvon turlari relikt deb yuritiladi. O`rdakburun, rus suv kalamushi (vixuxol) va boshqa shu kabi turlarning areallarini kichik relikt areallarga misol qilish mumkin.
Areali faqat bir oblast chegarasidagina uchraydigan turlar endemiklar deyiladi. Bunday turlarning areallari tog` vodiylari va tog` tizmalarida hamda shunga o`xshash ekologik sharoitlar shakllangan joylarda uchraydi. Bularga gatteriya, kalibra turlari, chumolixo`rlar, yalqovlar, odamsimon maymunlar va boshqalarni misol qilish mumkin. Endemizm shartli xususiyat bo`lib, vaqt o`tishi bilan u o`zgarishi mumkin. Bu hol turning evolyutsiya jarayonida yuz beradigan o`zgarishlarga nisbatan javob reaktsiyasiga bog`liq.
Ba`zan garchi uchish qobiliyatiga ega bo`lsada qushlar va kapalaklar uchun ham juda tor areallar xosdir. Tog` ko`llarida yoki ba`zi alohidalashgan suv havzalarida yashovchi chuchuk suv hayvonlarining ayrim turlari ham tor areallar hosil qiladi. Ko`pgina to`tiqush turlari ham tor areallarga ega bo`ladi (yapaloq to`ti qush Yangi-Zelandiyaning tog`lik qismidagi buk o`rmonlarida yashaydi). Ucha olmaydigan hasharotlar, g`orlarda yashaydigan o`troq hayvon turlari ham tor areallarni hosil qiladi. Barcha tor areallar endemiklar uchun xosdir. Mayda orolchalar, tog` tizmalari va alohida ko`llar bilan chegaralangan areallar ko`pincha neoendemik turlarga tegishlidir. YUqorida ta`kidlanganidek, kosmopolit turlar (kashalotlar, delfinlar, sinantrop hasharot turlari) keng areallar hosil qiladi. Odatda qadimiy (filogenetik jihatdan qari) turlarning areallari yosh turlarga qaraganda katta bo`ladi va bu holat qadimiy turlar o`z areallarini kengaytirishi uchun yetarli darajada vaqtga ega bo`lganligi bilan tushuntiriladi. Tahlillar ko`pincha turlarning yoshi ularning areallari bilan to`g`ridan-to`g`ri bog`liq ekanligini ko`rsatadi.Mazkur qonuniyat fanda Villis nazariyasi yoki “vaqt va makon” qoidasi nomi bilan yuritiladi. Mazkur qoidadan mustasno hollar ham uchrab turadi, jumladan nisbatan qari turlar ham ba`zan kichik areallar hosil qilishi mumkin (gatteriya va boshq.).
Areallarning shakli juda xilma-xil bo`lib, areal shaklini aniqlaydigan omillar uning ko`lamini ham aniqlaydi. Shimoliy yarim sharning mo``tadil mintaqasida joylashgan oblastlardagi ko`pchilik turlarning areallari g`arbdan sharqqa tomon uzoq, shimoldan janubga tomon esa juda kam masofada cho`zilgan bo`ladi. Bunday xususiyat iqlimiy sharoitlarning taqsimlanish xususiyati bilan bog`liq bo`lib, iqlim g`arbdan sharqqa tomon yo`nalishga nisbatan shimoldan janubga tomon tez o`zgaradi. Tog`lik hududlarda ko`pchilik turlarning areallari tog` tizmalari bo`ylab cho`ziladi va bu holat tizmalarda bir xil sharoitlar mavjudligidan dalolat beradi.



Download 7,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish