Mashg‘ulotning borishi: O`zbekistonda turlar bioxilma-xilligi 27000 dan oshadi. Shundan 15000 dan ortig`ini hayvonlar tashkil etadi. Respublikamiz faunasidagi turlarning 714 tasi umurtqali, 14000 dan ortig`i umurtqasiz hayvonlar bo`lib, umurtqalilarning 53 turi (sudralib yuruvchilarning 30 turi, qushlarning 8 turi, sut emizuvchilarning 15 turi), umurtqasizlarning 18 turi endemiklardir.
jadval
O`zbekiston faunasiga qiyosiy tavsif
Hayvon guruhlari
|
Turlar soni
|
Bir hujayrali hayvonlar
|
870
|
Yassi chuvalchanglar
|
300
|
To`garak chuvalchanglar
|
930
|
Mollyuskalar
|
140
|
Bo`g`im oyoqlilar
|
11300
|
Baliqlar
|
84
|
Suvda hamda quruqlikda yashovchilar
|
3
|
Sudralib yuruvchilar
|
60
|
Qushlar
|
462
|
Sutemizuvchilar
|
105
|
O`zbekiston Respublikasining 2009 yilda chop etilgan Qizil kitobiga umurtqasiz hayvonlarning 77 turi, umurtqali hayvonlarlarning 107 turi kiritilgan. Umurtqasizlarning 3 turi, umurtqalilarning 48 turi Tabiat va tabiiy resurslarni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi (TMXI)ning Yo`q bo`lib ketish xavfi ostidagi turlar Qizil ro`yxatiga kiritilgan.
Ma`lumki, bioxilma-xillik ob`ektlari inson hayotida qanday ahamiyatga ega ekanligidan qat`iy nazar, tabiiy jamoalar muvozanatini va tabiiy barqarorlikni ta`minlashda muhim o`rin tutadi. Hozirgi vaqtda O`zbekistonda bioxilma-xillikni saqlashga qaratilgan keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.
O`simlik va hayvonot dunyosi hamda ular yashaydigan tabiiy muhitlarni saqlab qolishda xalqaro hujjat sanalgan 1992 yilda Rio-de-Janeyroda qabul qilingan “Biologik xilma-xillik to`g`risida”gi Xalqaro Konventsiya alohida o`rin tutadi. O`zbekiston o`zining barqaror rivojlanishi uchun biologik xilma-xillikni muhofaza qilishning muhimligini e`tirof etgan holda, 1995 yilda Biologik xilma-xillik to`g`risidagi Xalqaro Konventsiyaga qo`shildi. Biologik xilma-xillik to`g`risidagi Konventsiyada uchta asosiy maqsad qayd etiladi: biologik xilma-xillikni saqlab qolish, uning komponentlariga ziyon etkazmasdan foydalanish, olingan foydani odilona va teng huquqlilik asosida taqsimlash. “O`zbekiston Respublikasida biologik xilma-xillikni saqlab qolish bo`yicha Milliy strategiya va Harakatlar rejasi to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 1 apreldagi №139 sonli Qarorida ham ushbu maqsadga hamohang ravishda respublikamizda biologik xilma-xillikni saqlab qolishda amalga oshirilishi lozim bo`lgan quyidagi ustuvor vazifalarni bajarish belgilab berilgan: muhofaza qilinadigan hududlar tizimini yangidan tashkil etish va mavjudlarini kengaytirish; bioxilma-xillikni muhofaza qilish va unga ziyon etkazmasdan foydalanish ishida keng jamoatchilikning ishtirokini ta`minlash va bu sohada targ`ibot va tashviqot ishlarini olib borish; biologik resurslarga ziyon etkazmasdan foydalanish mexanizmlarini rivojlantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |