Oligotrof ko`llar – (gr. oligos ozgina, uncha ko`p bo`lmagan+trophe oziqlanish) – odatda chuqur ko`llar bo`lib, suvi tarkibida azot va fosfor minerallari kam va shu sababli mazkur ko`llarda hayvonlarning zichligi ham pastbo`ladi.
Paleoendemiklar – (gr. palaios qadimgi+endemos mahalliy) – qadimgi davrlardan bizgacha yetib kelgan, areali tubdan qisqargan, faqat muayyan hududga (oblastga) gina xos bo`lgan hamda ko`pincha shu yerda paydo bo`lgan va uzoq yillardan buyon yashayotgan relikt endemik tur (yoki avlod)lar. Paleoendemiklar qoida tariqasida relikt deb yuritiladi. Bunday turlar ko`pincha atrofdagi boshqa flora va fauna vakillari bilan qarindoshlik aloqalariga ega bo`lmaydi.
Pampas – (isp.pampa) – Janubiy Amerika va asosan Argentinadagi subtropik dashtlar.
Pelagial – (gr. pelagos dengiz) – okean, dengiz va ko`llarning qirg`oq bilan aloqada bo`lmagan suvlik qatlami.
Plankton – (gr. plankton daydib yuruvchi) – suv betida yashovchi, harakatlanishi to`liq suv oqimiga bog`liq bo`lgan organizmlar majmuasi.
Pleyston – (gr. plein kemada suzmoq) – tanasining bir qismi suvning yuzasidagi havo muhitida joylashgan suv organizmlari.
Preriya – (fr. prairie o`tloq, yaylov) – Shimoliy Amerikadagi Missuriya daryosining g`arbida joylashgan tekislikdan iborat dasht hududi. Ayni vaqtda preriya egallagan deyarli barcha maydon asosan ekinzorlarga aylantirilgan.
Relikt – (lot. relictum qoldiq) – qadimgi davrlardan qoldiq sifatida saqlanib qolgan organizm, predmet yoki hodisa.
Reofil – (gr. rheos oqim+phileo sevaman) – oqimga ega bo`lgan suvlarda yashashga moslashgan hayvon turlari.
Savannalar – (isp. sabana) – o`tchil o`simliklar va asosan boshoqlilar (bo`yi 5 metrgacha etadi) bilan qoplangan tekisliklar.
Skreb – (ing. scrub) – Avstraliyaning qurg`oqchil rayonlaridagi past bo`yli, qurg`oqchilikka chidamli doimiy yashil buta o`siliklari qoplami.
Stenoterm – (gr. stenos tor, cheklangan+therme issiq) – tashqi muhitning kam tebranishli haroratga ega bo`lgan sharoitida yashash qobiliyatini saqlab qolgan organizmlar majmuasi.
Termofil – (gr. thermos issiq+phileo sevaman) – harorati nisbatan yuqori bo`lgan tashqi muhit sharoitida yashashga qobiliyatli organizmlar majmuasi.
Ubikvistlar – (lot. ubique hamma joyda, har yerda) – juda xilma-xil sharoitlarda yashay olish qobiliyatiga ega bo`lgan o`simlik va hayvon turlari (bo`ri, tulki).
Fauna – (lot. fauna) – qadimgi rim afsonalariga ko`ra, o`rmon va dalalar ma`budasi, podalar homiysi ma`nosiga ega bo`lib, qandaydir sistematik guruhga mansub hayvonlarning tarixiy shakllangan majmuasi (ixtiofauna va boshqalar).
Flora – (lot. flora) – qadimgi rim afsonalariga ko`ra, gullar, bahor va yoshlik ma`budasi ma`nosiga ega bo`lib, qandaydir joydagi yoki geologik davrdagi barcha o`simlik turlarining majmuasi.
Formatsiya – (lot. formation hosil bo`lish, tur) – muayyan darajaga, rivojlanish bosqichiga muvofiq keladigan biror bir narsaning tuzilishi yoki tipi.
Evribiontlar – (gr. eurys keng+bios hayot) – tashqi muhitning juda turli-tuman sharoitlarida yashash qobiliyatiga ega bo`lgan organizmlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |