BULBUL I [f. - bulbul] 1 Chumchuqsimonlar turkumining qorayaloqlar oilasiga mansub sayroqi qush. Bulbul chamanni sevar, Odam — Vatanni. Maqol. Qush yo‘q joyda qurbaqa — bulbul. Maqol. Ey dilrabo, ishqing bilan devona bo‘ldim sog‘inib, Bulbul kabi tun kechalar giryona bo‘ldim sog‘inib. Hamza. Hammayoq jimjit. Faqat onda-sonda bulbullar nolasi eshitiladi. I. Rahim, Chin muhabbat.
ko‘chma Xushovoz xonanda; mohir notiq. Zo‘rg‘a-zo‘rg‘a qayrilib, yoniga qaradi: sevimli bulbuli, sochlarini to‘zg‘itib, shirin uyquda rohat qilmoqda edi. Cho‘lpon, Kecha va kunduz. Ergash ota haqiqatan ham xalq ko‘nglini xonish qiluvchi shoir, xalq dardini, tilak-orzusini kuylovchi bulbul edi.
«O‘TA».
ko‘chma Oshiq, xushtor. Gul shoxiga bulbul qo‘nsa, bir qo‘nsin, Ikki bulbul qo‘nsa, sira qo‘nmasin. «Qo‘shiqlar». Qaytayin, so‘lgandi chamanda gulim, Qo‘limdan uchdi-ku mening bulbulim. «Nurali». Qiz qizil gul bo‘lganda, yigit — bulbul, Gulni izlab bulbul bog‘da tunamasmi ?!
«Qo‘shiqlar».
BULBUL II O‘zbek xalq amaliy san’atining ko‘p sohalarida qo‘llanadigan, o‘yma va quyma usullarda bajariladigan naqsh1.
Lug‘at so‘zligidan ko‘rinib turibdiki, BULBUL I, 1 bilan BULBUL II o‘rtasida shakliy o‘xshashlik mavjud. Fors tilidan o‘zlashgan bulbul termini avvalo “chumchuqsimonlar turkumining qorayaloqlar oilasiga mansub sayroqi qush” ma’nosiga ega. BULBUL I, 2, 3 lar esa asosiy birlik asosda hosil bo‘lgan ko‘chma ma’nolardir, ya’ni: “xushovoz xonanda; mohir notiq”, “oshiq, xushtor”. BULBUL II da “o‘zbek xalq amaliy san’atining ko‘p sohalarida”, shuningdek, kulolchilikda “qo‘llaniladigan, o‘yma va quyma usullarda bajariladigan naqsh” ma’nosi
1 O‘zbek tilining izohli lug‘ati. – Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti. Besh jildli. 1-jild. 2006. -369-bet.
zuhurlangan. Shubhasiz ushbu naqsh bulbul shakliga o‘xshatib chizilgan.
Xuddi shunday holatni to‘qimachilik va kulolchilikda aynash bir xil shakl asosida qo‘llanilgan, ammo ma’nolari turlicha bo‘lgan QALAMI I ва QALAMI II terminlari misolida ham kuzatish mumkin. “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da ushbu shakldosh terminlar quyidagicha izohlangan:
QALAMI I [a. + f. - qalamga aloqador; qalamga o‘xshash; qalamda bajarilgan] Qo‘lda to‘qilgan, tagi oq yo‘l-yo‘l gulli ip mato. Bir ko‘ylaklik qalami. Oyog‘iga ko‘n etik, egniga chiy alakdan yaktak to‘n, qalami ishton berdi. M. Ismoiliy, Farg‘ona t. o.
Qalami do‘kon Qalami to‘qiladigan do‘kon, dastgoh. Normat parang o‘zi kosib, lekin uni qalami do‘kondan emas, ko‘knoridan boyigan deyishadi. A. Muxtor, Opa-singillar.
Do'stlaringiz bilan baham: |