Qarshi davlat universiteti tuproqshunoslik va ekologiya kafedrasi



Download 0,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/46
Sana03.03.2022
Hajmi0,81 Mb.
#480846
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   46
Bog'liq
ekologiya va tabiatni muxofaza qilish

YЕR – HAVO MUHITI 
Bu muhitda yashovchi organizmlar gaz holatidagi muhit havosi, past namlik, yuqori 
kontsentratsiyali kislorod bilan o‟ralgan. Ko‟pchilik hayvonlar esa qattiq tuproq substrati ustida 
harakat qiladi, o‟simliklarni ildizi tuproqda o‟rnashadi. 
Yer – havo muhitida yorug‟lik ko‟proq, harorat o‟zgarib turuvchan, namlik sutkani va 
mavsumni har xil davrlarida va geografik joyga qarab o‟zgaruvchan. Bu omillarning ta„siri havo 
oqimi va shamol harakatiga bog‟liq. 
Bu muhitda yashovchi barcha organizmlarda evolyutsion taraqqiyot jarayonida 
anatomo-morfologik, fiziologik va hatti-harakatlarni o‟zgarishi orqali moslashuv hosil 
bo‟lgan. Ularda havodagi kislorodni qabul qilish uchun maxsus organlar, o‟pkalar, 
o‟simliklar bargida ustitsa (og‟izchalar) hosil bo‟lgan; tanasini tug‟ri (saqlab) turishi 
uchun skelet organlari (hayvonlarda skelet, o‟simliklarda mexanik va tayanch to‟qimalar); 
muhitni noqulay sharoiti ta„siridan himoyalanishi uchun himoya organlari va xususiyatlari 
shakllandi (teri tuzilishidagi o‟zgarishlar, termoregulyatsiya, mavsumiy hayotiy tsikllar – 
ayniqsa, o‟simliklarda, o‟zimizdagi), tuproq bilan uzviy bog‟lanish shakllandi 
(o‟simliklarda ildiz, hayvonlarda oyoqlar); hayvonlarda ovqat topish uchun harakati 
kuchaydi; uchadigan hayvonlar paydo bo‟ldi, qaysiki ular o‟simliklarni urug‟larini, 
mevalarini bir joydan ikkinchi joyga o‟tkazadi. 
Havoning tarkibi (O
2
– 21%, CO
2
– 0,03%); № - 79%). Havosiz birorta tirik organizm 
yashay olmaydi. Ayniqsa, o‟simliklarda fotosintez jarayoni o‟tishi uchun havo muhiti 
organizmlarga bevosita va bilvosita ta„sir etadi. Bilvosita ta„siri shamol orqali. Bir tomonga 
esuvchi shamollar daraxtlarni bir tomonga egib yuboradi. Shamol o‟simliklarni transpiratsiyasiga 
katta ta„sir etadi. Ayniqsa, issiq garamsel shamol. Shamol o‟simlik gullarini changlantiradi. 
Sovuq shamol o‟simlik va hayvonlarni rivojlanishini sekinlatib qo‟yadi. 
Qattiq shamol tez-tez bo‟lib turuvchi joylarda mayda qushlar kam bo‟ladi, chunki ular 
uchayotganda shamol ta„siriga bardosh bera olmaydi (Begovit shamol). Qattiq shamol bo‟lib 
turuvchi joylarda uchuvchi hasharot va qushlarni qanotlari rivojlanmay uchishga qobiliyati 
kamayib, pana joylarda tinch holda yashashga o‟tadilar. 
Havo oqimi o‟simlik va hayvonlarni tarqalishiga katta rol o‟ynaydi. Masalan, kolorado 
qo‟ng‟izi. Ba„zi o‟simliklarni urug‟lari uchishga moslashadi (koki parusga o‟xshab), shu tufayli 
uzoq masofaga tarqaladi (mikroorganizmlar, sodda hayvonlarni tsistalari). Shamol ba„zi 
hayvonlarni (chigirtka, bezgak pashshasi, kolorado qo‟ng‟izi) migratsiyasini yo‟nalishini 
belgilaydi. 
Yog‟ingarchiliklar (yomg‟ir, qor, dunala) tirik organizmlar hayotiga katta ta„sir etadi. 
O‟simlik rivojlanayotgan davrda yomg‟irni ahamiyati katta. Ba„zan kuchli yog‟ingarchiliklar 
o‟simlik, hayvonlarni nobud qilib yuboradi (yaqinda Venesuelada – Zakarpatyada). 
Kuchli yomg‟irlar toshqinlarga, hayvon, odamlarga katta talofat yetkazadi, yer yuzasini 
unumdor qismidagi gumusni yuvadi, ayniqsa tog‟li qiya joylarda; sekin yoqqan yomg‟ir yerga 
o‟simlik va hayvonlarga yaxshi ta„sir etadi.


15 
Qish faslidagi qor tuproqda, undagi o‟simlik va hayvonlarni qattiq sovuqdan muhofaza 
qilishda katta rol uynaydi (Yerning xamirturushi). Ammo ba„zi joyda hayvonlar qalin korda 
yurishi qiyinlashib, ovqat topa olmay qoladi. 
Ko‟p hayvonlar qishni sovug‟iga moslashgan (oyoqlarida shoxli tirnoq qavat, tanalar jun, 
pat bo‟lishi, migratsiya etishi, uyquga, diapauzaga ketishi). Ko‟p qor yoqqanda, ba„zan 
o‟simliklarni bosib, sindirib yuboradi. Yomg‟irdan keyin sovuq bo‟lganda, muzlab o‟simlik va 
hayvonlarni o‟limiga olib kelishi mumkin (1953 – qo‟ylarni cho‟lda o‟lishi).
Tabiatdagi o‟simlik va hayvonlar yog‟ingarchilikni mavsumiy o‟zgarishiga 
moslashganlar (o‟zimizda cho‟lda efemer o‟simlik, kravchik qo‟ng‟izi va boshqalarni hayoti). 

Download 0,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish