Qarshi davlat universiteti tuproqshunoslik va ekologiya kafedrasi


Biotsenozni makondagi (joydagi) strukturasi



Download 0,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/46
Sana03.03.2022
Hajmi0,81 Mb.
#480846
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   46
Bog'liq
ekologiya va tabiatni muxofaza qilish

Biotsenozni makondagi (joydagi) strukturasi.
Avvalambor biotsenozda o‟simliklar
balandligi jihatdan yarusli qavat bo‟lib joylashadi. Masalan: kengbargli o‟rmonlarda birinchi
eng yuqorgi qavatda baland dub, lipa, klyon, daraxtlari: ikkinchi qavatda (pastroq) yovvoyi 
olma, nok, tol, cheremuxa va boshqalar: uchinchi qavatda butazor (changalzor); to‟rtinchi 
qavatda baland bo‟lib o‟sadigan o‟tlar, beshinchi qavatda oldingisidan pastroq o‟tchilar; oltinchi 
qavatda eng past o‟sadigan o‟tlar. O‟rmonlarda qavatlar orasida o‟sadigan lishayniklar, sporali 
o‟simliklar ham bo‟ladi. O‟simliklarni bunday qavat bo‟lib o‟sishi yorug‟likdan unumli 
foydalanish imkonini beradi, pastda esa soyada o „suvchi o‟simliklar o‟sadi. 
Hayvonlar ham o‟simliklarni har xil qavatlarida yashashga moslashganlar. Masalan: 
hasharotlar shunga ko‟ra quyidagilarga bo‟linadi: tuproqda yashovchilar-geobil, tuproqni 
ustginasida yashovchilar-gerpetobiy, mox qavatida – briobiy, o‟tlarda-fillobiy; eng yuqori 
qavatda – aerobiy, qushlar ham yerda, butalar qavatida, daraxt tanalarida yashovchilar. 
Biotsenozda organizmlar urtasida munosabatlar. 
Biotsenoz paydo bo‟lgandan boshlab undagi tirik organizmlar bir-birlari bilan bog‟lanib, 
bu bog‟lanishlar ovqat topish, yangi joylarga tarqalish kabi muhim hayotiy jarayonlarga imkon 
tug‟diradi. 


21 
V.N.Beklemishev turlar o‟rtasidagi munosabatni bevosita va bilvosita xillariga bo‟ladi. 
Bularni 4 xilga bo‟ladi: trofik, topik, forik, fabrik munosabatlar. 
Trofik bog‟lanish – bunda bir tur boshqa turni o‟zi bilan yoki o‟lik qoldiqlari bilan yoki 
chiqargan mahsulotlari bilan ovqatlanishi kiradi. Masalan, ninachilar uchib boshqa hasharotlarni 
ushlab yeydi, arilar o‟simliklarni gulini nektari bilan oziqlanadi, go‟ng kungizlari yirik tuyoqli 
hayvonlarni tezagi bilan oziqlanib, tug‟ridan-tug‟ri boshqa turlar bilan trofik bog‟lanadi. Ba‟zi 
turlar o‟zini oziqlanishi bilan boshqa turlarni oziqlanishi uchun bilvosita sharoit tug‟diradi. 
Masalan, monashka kapalagini qurti qarag‟ayni bargini yeb, kuchsizlangan daraxtlar bilan 
koroyedlar ovqatlanishiga imkon tug‟diradi. 
Topik aloqa (bog‟lanish). Bunda bir tur o‟zi yashaydigan muhitni fizikaviy va kimyoviy 
sharoitini o‟zgartib, boshqa tur yashashi uchun sharoit tug‟diradi yoki ko‟chiradi. Masalan: 
parazitlar uchun organizm ichidagi muhit yoki in qurib yashovchilar shu inlarda yashash uchun 
boshqa turlarga mikroiqlim yaratadi. Ayniqsa, o‟simliklar o‟zining soyasida, atrofida boshqa 
turlarni yashashi uchun sharoit hosil qiladi (t, namlik yaratadi), ko‟pincha cho‟l, sahro, orqqali 
muayyan sharoitda ba‟zi turlar yashab qoladi, ba‟zilar ketadi (zaharli moddalar chiqaradigan 
o‟simliklardan). Topik va trofik bog‟lanish biotsenozda turlarni yashab qolishi uchun katta rol 
o‟ynaydi. 
Forik aloqa (bog‟lanish) – bu bir turni ikkinchi turga tarqalishiga qatnashishni. Masalan: 
ba‟zi hayvonlar tanalariga ba‟zi o‟simliklarni urug‟larini, sporalarini ilashtirib, ularni boshqa 
joylarga tarqalishiga sababchi bo‟ladi – buni zooxoriya deyiladi. Hayvonlarni bu faoliyati faol va 
passiv xillarda bo‟ladi. Passivda urug‟lar ularni yunglariga, tanalariga ilashib tarqalishi, faolda 
esa hayvonlar ozuqa bilan urug‟larni yeb yuborib, tezaklari orqali boshqa joylarga tarqaladi. 
Xasharotlar orqali ba‟zi kanalar, sporalar, nemarotlar ham tarqaladi. 
Fabrik bog‟lanish – bu bog‟lanishda ba‟zi tur hayvonlar boshqa turlarni qoldiqlarini 
o‟zlarini inlarini kurishda foydalanishi. Masalan: qushlar in kurishda daraxtlarni shoxchalarini, 
barglardan, hayvonlarni yung va patlarini tashib keltirib, ulardan ko‟radi. Shunday qilib, 
turlararo bog‟lanish biotsenozni shakllanishida konuniyat bo‟lib, bu turlarni yashashiga, 
ko‟payishiga, tarqalishiga olib keladi. Tabiatdagi tirik organizmlar o‟rtasidagi xilma-xil 
bog‟lanishlar orasida anikrok tur bog‟lanishlarni keltirishi mumkin.
Yirtqichlari bilan qurbonlari, tekinxo‟rlar bilan hujayinlarining munosabatlari – bu 
bog‟lanishlar, ovqatlanish munosabatlari bo‟lib, bu munosabatlar bir tur uchun ijobiy, ikkinchisi 
uchun salbiy oqibatlarga olib keladi. Yiritqichlar odatda boshqa hayvonlar bilan ovqatlanuvchi 
bo‟lib, avvalo ular o‟ljalarini ushlab o‟ldiradilar, keyin iste‟mol qiladilar. Ularda ovlash hatti-
harakatlari bo‟ladi. Ko‟pincha qurbonlari mayda va ko‟p bo‟ladi. Ko‟p tur qushlar hasharotlar. 
Tekinxur bo‟lib yashovchi hayvonlar o‟zlarini ho‟jayinlarini tanalarini nafaqat ozuqa 
manbai sifatida, balki yashash joyi sifatida ham foydalanadilar. Tekinxo‟rlar ko‟pincha 
ho‟jayinlariga nisbatan mayda bo‟ladi. 
Yirtqichlik va qurbonlar, tekinxo‟r va ho‟jayinlar o‟rtasidagi munosabatlar evolyusion 
taraqqiyot natijasida ikkalasi o‟rtasida ham har xil ekologik moslashuv xususiyatlarini paydo 
qildi. Masalan: qurbonlarda dushmandan faol himoyalanish uchun sezgi organlar, himoya 
reaksiyalari, tez chopish, aldanish harakatlari kabilarni bajarishda nerv sistemalari 
mukammallashdi, bu jarayonlarni hosil bo‟lishi evolyusiyada progressiv holatdir (kiyik, 
kuyonlarni yirtkichlardan ximoyalanishi). 
Passiv himoyalanishda teri ranglarini muhit rangiga o‟xshashligi, qalin kosalar 
(toshbaqa), ignasimon shipiklar (tipratikan), yashirinib, tinch o‟tirish, yirtqichlar bora 
olmaydigan inlarga kirib ketish kabilar. 
Dengizda yashovchi molyuskalarni bir turi hisoblangan karakatitsa yirtkichi hujum 
qilganda o‟zini qora rangli xaltasini chiqaradi. Yirtqich avvalo ariyentirni yo‟qotadi, keyin 
yirtqich xaltaga tekkanda u norkotik ta‟sir etib, yirtqich lakot bo‟lib qoladi, qurboni karakatitsa 
ko‟chib ulguradi. 
Yirtkichlarda o‟ziga xos moslanishlar paydo bo‟lgan, ular kuchli va chaqqon o‟tkir tishlar 
bo‟ladi. Ular ayniqsa, qurbonlarini soniga juda muhtoj (bogliq). Yirtqichlar ko‟pincha tutish 


22 
oson bo‟lgan hayvonlar bilan oziqlanadi. Masalan: chumchuqlar o‟simliklarda bo‟lgan barcha 
hasharotlar bilan oziqlanadi, tuproqdagilar bilan oziqlanmaydi, chunki ularni ushlash uchun 
chumchuqlarda maxsus moslanishlar yo‟q. 
Tekinxo‟rlik yirtqichlarga nisbatan turlarni torroq doirada va keyinroq moslashgan 
xususiyati bo‟lib, bunda hujayin nafakat ozuqa bo‟ladi, yashash joyi ham bo‟ladi. Tekinxo‟rlar 
o‟zlari uchun hujayinlarini qancha uzoq vaqt foydalansa, shuncha muhimdir. Ya‟ni tekinxo‟r 
hujayinini holdan toydiradi, ammo o‟ldirmaydi. Shuning uchun tekinxo‟rdan hujayinga 
keltiriladigan zarar oz seziladi. Masalan: odam yoki hayvonlar tanasida uzoq vaqt bo‟ladigan 
tekinxo‟rlar (askarida, lentasimonlar). 
Ma‟lumki, zararkunanda hasharotlar o‟simlik barglarini yeb zarar keltiradi, ammo 
ba‟zilari barglarda fotosintez jarayonini kuchaytirib, hosildorlikni oshiradi (Chilpishni tarixi). 
Nayezdnik – Yaydoqchi, xalsidlar, brakonidlarni zararkunanda hasharotlarni qirishdagi 
roli, biolaboratoriyalar haqida. Bunda tabiatda zararkunanda va tekinxo‟rlarni sonini 
boshqarishda katta ahamiyatga ega. 
Komensalizm – bunda har xil turdagi hayvonlarni birga yashashi. Ularning bittasi 
(kommensal) ikkinchisi hisobida (ovqat yoki joyi) yashaydi, ammo unga zarar keltirmaydi. 
Masalan: sher bilan sirtlonning yashashi. Sirtlon sherdan qolgan ozuqani yeb yashashi 
hasharotlarda ham uchraydi. 
Qushlarni uyasida, kemiruvchi hayvonlarni uyalarida xilma-xil bo‟g‟imoyoqlilar undagi 
mikroiqlimdan foydalanib yashaydi, inlardagi birga yashaydiganlarni, hayvonlarni ozuqalarini 
qoldiqlarini yeb oziqlanadi. 
Mutualizm (simbioz) – turli sistematik guruhlarga hayvon va o‟simliklarning bir-biriga 
foyda berib yashashi. Masalan: lishayniklarni zamburug‟ va suv o‟tlari bilan birga yashashi. 
Zamburug‟ni giflari suv o‟tini hujayralarini urab o‟zini so‟ruvchi – gaustorin so‟rgichlari 
yordamida suv o‟ti assimilyatsiya qilgan moddalarni, suv o‟ti esa zamburug‟ gifidan suv va 
mineral moddalarni oladi. Termitlarni ichaklaridagi xivchinlilar bilan simbioz bo‟lib yashashi. 
Termitlar ichagida sellyulozani parchalovchi ferment yo‟q. Termitlar yegan sellyulozani ularni 
ichagidagi xivchinlilar parchalaydi. Xivchinli termit ichagidagi qulay muhitda yashaydi, 
himoyalangan ozuqa yetarli. Ular erkin holda tabiatda uchramaydi. 
Ichaklardagi simbiontlar dag‟al ovqatlar bilan oziqlanib, ular o‟simlikdan olingan ozuqa 
bilan oziqlanadi. Ichak simbiontlari kovshovchi hayvonlarda, kemiruvchilarda, may qo‟ngizi va 
boshqalarda uchraydi. Hayvon qoni bilan oziqlanuvchi kanalar, zulluklarni qonni hazm qiluvchi 
kanalar, shilliqurt kabilarga ega. 
Ko‟p o‟simlik va hayvonlarda simbioz bo‟lib, yashash ancha qulay. Bedalarda, dukkakli 
o‟simliklar ildizida tugunakli bakteriya – Rhizobium bo‟lib, u havodagi azotni fiksatsiya qiladi, 
yerni unumdorligini oshiradi. Qushlar o‟simlik mevalarini yeb, hazm bo‟lmagan urug‟larini 
tarqatadi. Toklarda shira bilan chumoli simbioz bo‟lib yashaydi. 
Neytralizm, amensalizm. Neytralizmda bir hududda yashovchi ikki tur bir-biriga na 
foyda, na zarar keltiradi. Ular bir-biriga bog‟lik bo‟lmay, umumiy organizmlar tudasini holatiga 
bog‟liq. Masalan: bir o‟rmonda yashovchi olmaxon va los bir-biri bilan duch kelmaydi. Agar 
o‟rmon qurg‟oqchilikdan yoki zararkunandalar ta‟siridan zararlansa, ikkalasini hayotiga ham 
ta‟sir etadi. Neytralizm ko‟pincha turlarga boy biotsenozda namoyon bo‟ladi. 
Amensalizm–organizmlar o‟rtasidagi o‟zaro munosabatlarning bir turga foydali, ammo 
boshqa turga zararli shakli. Masalan: archani ostida o‟suvchi yorug‟likni sevuvchi o‟tchil 
o‟simliklar archa soyasidan qiynalib yaxshi o‟sa olmaydi, archa daraxti uchun uning ahamiyati 
yo‟q. Turlar o‟rtasidagi bunday bog‟lanish ham ularning sonini boshqarilishiga ta‟sir etadi. 
Konkurensiya – bu bir xil sharoitda yashovchi turlar tirik organizmlar orasidagi hayot 
uchun kurash. Faqat turlar o‟rtasidagi konkurensiya munosabati turlarga salbiy ta‟sir ko‟rsatadi. 
Turlarni konkurent munosabati har xil ko‟rinishda bo‟lishi mumkin. Oddiy jismoniy kurashdan 
tinch hamkorlikka qadar. Ammo bir xil ekologik talabga ega bo‟lgan ikkita tur ertami kechmi 
biri ikkinchisini siqib chiqaradi. Bu haqida CH.Darvin turlarning evolyusiyasida konkurensiya 
katta rol o‟ynaganini o‟tgan asrda qayd qilgan edi. 


23 
G.F.Gauzani tajribasida ikkita tur tufelka Paramecium aurelia va P.Caudafum probirkada 
pechan ozuqasiga qo‟yilganda ikkalasi ham normal ko‟paygan. Ikkalasini bir probirkada 
qo‟yilganda boshida ikkalasi ham ko‟paya boshlagan, keyinchalik P.Caudafum kamaya borib, 
oxirida butunlay yuqolgan. R.aurelia esa kupaygan. Konkurensiyada kaysi turda 
moslashuvchanlik qobiliyati yuqori bo‟lsa, o‟shanisi g‟olib chiqadi. O‟simliklarda 
konkurensiyalashgan turlarni qaysi birini ildizlari rivojlanib tuproqdagi suv va mineral tuzlarni 
ko‟proq ola olsa va quyoshdan yorug‟likni barglari ola olsa o‟shanisi g‟olib chiqib, tez o‟sadi va 
rivojlanadi. Ormonlarda, o‟tloqlarda, bog‟larda bunday o‟simliklarni tez-tez uchratish mumkin. 
Xayvonlarda konkurensiya birini ikkinchisiga tugridan-tugri xujumi misol buladi. 
Masalan: yirtkich xayvonlarni ozuka uchun yoki biron joyga gegemonlik uchun; tuxumxur 
Diachasoma tryoni va Opius humius lichinkasi xujayinni tuxumida bulganda ovkatlanishdan 
oldin bir-biriga xujum kilib uldiradi, keyin ovkatlanishga kirishadi. 

Download 0,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish