17
V.K.Beklemishev, bir guruh organizmlar muhitni abiotik omillarini (yorug‟lik, harorat,
namlik, suvni havoda harakati) o‟zgartib, boshqa organizmlarga
qulay muhit yaratishini
ko‟rsatdi. Masalan, o‟rmonzorlarni nishob joylarida hayvonlar noqulay ob-havo sharoitidan,
dushmanlardan pana topadilar; unday joylarda muayyan mikroiqlim bo‟lib
hayvonlarni
ko‟payishi va avlodlarini oziqlanishi uchun imkoniyat bo‟ladi. O‟rmonzordagi iqlimiy sharoit
boshqa joylarga nisbatan mu„tadilroq bo‟ladi.
Daraxtlarni (o‟simliklarni) barglarida, pustloqlarini ostida, shoxlarida ko‟p hayvonlar uya
qo‟yadi. Bunday (topik) bog‟lanish orqali biotsenozda organizmlar bir-biri bilan bog‟lanib
ketgan. Tirik organizmlar yashash muhiti ekanligi. Tekinxo‟rlik qilib yashovchi hayvon va
o‟simliklar uchun ular yashaydigan organizm spetsifik muhitdir. Buni V.A.Dogel,
Ye.N.Pavlovskiylar ko‟rsatishgan. Ba„zi tekinxo‟rlar hayoti tashqi muhit bilan bog‟lanish
butunlay yo‟qolib, ularning hayoti doimo biron organizm tanasida o‟tadi (bezgak plazmodiumi).
Evolyutsion taraqqiyot jarayonida tekinxo‟r bilan xo‟jayin o‟rtasida murakkab bog‟lanish paydo
bo‟lgan. Chunki har bir organizm hayoti muhitga bog‟lik bo‟lib, o‟z navbatida tekinxo‟r ham
xo‟jayin hayotiga ta„sir etadi.
Parazit tushunchasi.
Tabiatda uchraydigan parazit о„ziga
kerakli oziq moddalarni bir
yoki bir necha organizmlardan, xujayralardan oladi. Parazit va xо„jayin о„rtasida mahkam uzviy
aloqa borligi parazit о„zi yashab turgan muhitni boshqarishda xо„jayinga qaramligidir.
Tabiatda uchraydigan parazitlar va patogenlar juda muhim guruh organizmlar
hisoblanadi. Har yili millionlab kishilar turli infeksion kasalliklardan nogiron bо„ladi, hayotdan
kо„z yumadi. Hozirgi kunda 250 mln.dan ortiq biigarsioz kasalligiga chalingan kishilar ma‟lum.
Kо„pchilik parazitlar (tekinxо„rlar) tashqi muhit bilan butunlay aloqasiz,
organizm-
xо„jayin tanalari ichida (ichak, oshqozon, og„iz, burun) yashaydi. Evolyusion jarayonda parazit
va xо„jayin о„rtasida juda murakkab munosabatlar kelib chiqqan. Parazit xо„jayin
hisobiga
yashasa ham, unga ma‟lum darajada ta‟sir qiladi. Buning natijasida xо„jayin parzitdan
saqlanishning turli xususiyatlarini vujudga keltiradi.
Tekinxo‟rlikni kelib chiqish yo‟llari.
1. Oddiy kvartirantlik, bunda mayda organizmlar kattaroq
hayvonlarni inlari yaqinida
yashab, asta-sekin ularning tanasiga, keyinchalik ichki qismiga o‟tgan. Uni tanasidagi ozuqa
bilan
ovqatlanib, unga zarar keltirgan.
2. Yirtqichlik orqali parazitlikka o‟tish. Bunda yirtqich hayvonga hujum qiladi, ammo
birdan yeb qo‟ya olmaydi. Uning tanasiga yopishib, tanasidagi ozuqa bilan oziqlanadi. Ma„lum
sharoitda yirtqich hayvonni ichki qismiga o‟tib, undagi mo‟l ozuqa joyga borgach, tekinxo‟rga
aylanadi.
3. Kelgusidagi tekinxo‟r xo‟jayin organizmiga tasodifan tushib qolishi mumkin. Yirik
hayvon ozuqa bilan mayda hayvonni yutib yuboradi, ba„zilari o‟ladi, ba„zilari esa yangi muhitga
moslashib, tekinxo‟rga aylanadi.
Hamma tekinxo‟rlar ektoparazit va endoparazitlarga bo‟linadi.
Parazitlik qilib yashovchi o‟simlik va hayvonlarda bir necha xil anatomo-morfologik va
fiziologik moslashuvlar paydo bo‟lgan. Masalan, ko‟p tekinxo‟r
lentasimon chuvalchanglarda
ovqat hazm qilish organlari redutsirlangan (yo‟qolgan), chunki ular ichaklarda ovqat bo‟tqasida
bo‟lib, tanalari orqali ovqatni so‟radi. Ba„zi parazit hasharotlar (bit, burgalar) qanotlarini
yo‟qotganlar, chunki unga zarurat yo‟q.
Do'stlaringiz bilan baham: