81
O’simlik populyasiyalarida yosh tuzilma turli yoshdagi individlar nisbatida
ifodalanadi. Individlarning yosh holati-uning tashqi muhit bilan ma’lum
munosabatlarini tavsiflaydigan ontogenezning ma’lum bosqichidir. O’simlik
populyasiyasining yosh tuzilmasida quyidagi guruhlarni ajratib ko’rsatish mumkin:
O’simta
- tuzilishi jihatdan sodda, ikki yo’l bilan oziqlanadigan (urug’dagi zapas
oziqa va qisman mustaqil) kichik o’simliklar;
Yosh o’simliklar
- mustaqil oziqlanadi, shoxlanmagan yoki shoxlanish
boshlangan, barglari uncha yirik bo’lmagan o’simliklar.
Yetuk vegetativ o’simliklar
- yer usti va yer osti organlari to’liq shakllangan,
lekin reproduktiv organlari hali yo’q. Bu o’simliklar keyinchalik gul va meva
hosil bo’lishi bilan generativ bosqichga o’tadi. Generativ bosqichga o’tishda
organizmda fiziologik va bioximik o’zgarishlar yuzaga keladi. Transpirasiya va
fotosintez tezligi oshadi.
Yosh generativ o’simliklar
- gullaydi, meva hosil qiladi, o’simlik yetuk
shaklga kiradi.
O’rta yoshli generativ o’simliklar
- har tomonlama yetuk, eng yuqori o’sish
va urug’ hosil qilishga qobiliyatli o’simliklar.
Qari generativ o’simliklar
- reproduktiv funksiyasi zaiflashgan, shoxlanish
va ildiz o’sishi jarayonlari sekinlashgan o’simliklar. Bu o’simliklarda yemirilish
jarayoni yangilanish jarayonidan ustun.
Qari vegetativ o’simliklar-
meva hosil qilishi to’xtagan o’simlik, yemirilish
jarayoni ko’payadi, ildiz va shoxlari orasidagi bog’lanish zaiflashadi.
O’layotgan individlar
- o’lchamlari kichiklashgan, ko’pchilik hujayralari
o’lgan o’simliklar.
O’simlik populyasiyasida individlarning yosh holatiga qarab taqsimlanishi yosh
spektri deb ataladi. Agar populyasiya yosh spektri fakat urug’ va o’simtalardan
iborat bo’lsa, bu populyasiya invazion populyasiya deb ataladi. Yosh biosenozda
endi shakllanayotgan populyasiyalar shunday populyasiyadir. Bunday populyasiya
o’z-o’zini boshqarishga qodir emas. Agar populyasiya barcha yoshdagi
guruhlardan iborat bo’lsa, normal populyasiya deyiladi. Bunday populyasiya
mustaqil va o’z-o’zini boshqara oladi. Generativ va vegetativ qari individlardan
iborat populyasiya regressiv populyasiya deb ataladi. Invazion, normal va
regressiv populyasiyalar bir-biriga o’tib turadi.
Senopopulyasiyalar yosh tuzilmasi turning biologik xususiyatlari tomonidan
belgilanadi, hamda tashqi muhit sharoitlariga bog’liq bo’ladi.
Senopopulyasiyaning yosh spektri uning holati va o’zgaruvchan yashash muhitiga
moslashganlik darajasini aks ettiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: