Qarshi davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti zoologiya va fiziologiya kafedrasi



Download 2,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/135
Sana23.03.2022
Hajmi2,19 Mb.
#506751
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   135
Bog'liq
Pop.ek. UMM-2021 (1) (1)

 
 
1-Mavzu: Populyasiya soni va zichligini aniqlash.
Reja: 
1.
Populyasiya soni va zichligi haqida nazariy ma’lumotlar. 
2.
Populyasiya sonini va zichligini aniqlash. 
3.
Mustaqil ish topshiriqlari 
4.
Testlar. 
Darsning maqsadi
: Talabalarga populyasiyalarning soni va zichligi hamda 
bu ko’rsatkichlarning o’zgarib turishi haqida nazariy ma’lumotlar berish, 
amaliyotda populyasiya soni va zichligini aniqlash usullaridan foydalanish 
ko’nikmalarini shakllantirish. 
Dars o’tish vositalari:
o’quv va uslubiy qo’llanmalar, turli organizm 
populyasiyasi soni va zichligi ko’rsatilgan jadval, ish daftari, metr o’lchagich, 1m

yoki 0,5m

yuzali to’rtburchak ramka, penset, mikrokalkulyator. Ishning bir qismi 
dala sharoitida bajariladi. 
Dars o’tish usullari: 
dars
 
takrorlash, suhbat va savol-javob, amaliy topshiriqni 
mustaqil bajarish hamda olingan natijalarni munozara qilish tarzida olib boriladi. 
Bunda talabalarning mustaqil, erkin fikrlash va fikrlarni bayon etishga o’rgatish 
uchun ularga mavzu boyicha savollar beriladi, talabalar guruh-guruh bo’lib amaliy 
ishni mustaqil bajaradilar va natijalarni bayon qiladilar, natijalar o’qituvchi bilan 
birgalikda tahlil qilinadi. 
Darsning бориши: 
1.1. Populyasiya soni va zichligi haqida nazariy ma’lumotlar. 
Populyasiya soni deganda mazkur populyasiyadagi individlarning umumiy 
soni tushuniladi. Tabiatdagi populyasiyalarda individlar sonini aniqlash juda qiyin. 
Ko’pchilik hollarda populyasiya soni oddiy sanash yo’li bilan aniqlanadi. Ba’zan 
populyasiya sonini aniqlashda individlarga belgi qoyish usuli qo’llaniladi. 
Ko’pchilik hollarda populyasiyadagi individlarning umumiy sonini aniqlash 
imkoniyatlari bo’lmaydi. Shuning uchun alohida namunalar olinib, bu namunadagi 
individlar soni aniqlanadi. Bunday holatlarda aniqlanadigan kattalik populyasiya 
soni emas, balki populyasiyaning zichligidir, 
Populyasiya zichligi - maydon 
birligidagi individlar sonidir. Har bir guruh organizm uchun zichlikning o’ziga xos 
baholash 
va 
ifodalash 
usullari mavjud. Masalan, o’tchil o’simliklar 
populyasiyasining zichligi turtburchak yoki aylana ramkalar yordamida o’lchanadi. 
Bunda ramka yerga o’rnatilib, uning ichidagi o’simliklar sanaladi. Bentos 
organizmlar maxsus cho’michlar bilan suv tubi loyqasining ma’lum yuzasini kesib 
olib sanaladi. Plangton organizmlar zichligi esa plangton setkalar bilan yoki 
batometr yordamida ma’lum hajmdagi suvni olib aniqlanadi. Quruqlik va bentos 
o’simlik va hayvonlarning zichligi ko’pincha maydon birligidagi organizmlar 
sonida ifodalanadi. Plangton organizmlar zichligi esa hajm birligidagi yoki yuza 
birligidagi organizmlar soni bilan ifodalanadi. 


78 
Ba’zan populyasiya zichligi ma’lum yo’nalish boyicha organizmlarning 
uchrash soni bilan o’lchanadi. Masalan, qushlarni zichligi yoki qishda sut 
emizuvchilarning qordagi iziga qarab zichligi aniqlanadi. Ba’zi hollarda 
populyasiya zichligi bilvosita yo’llar bilan aniqlanadi, ya’ni zichlik bilan bog’liq 
ko’rsatkichlar orqali. Masalan, baliqlar zichligini ovning hajmiga qarab o’lchash, 
hayvon zichligini bir yilda tayyorlov sexiga topshirilgan moyna miqdoriga qarab 
aniqlash yoki tutqichlarga tushgan organizmlar soniga qarab zichlikni aniqlash va 
hokazo. 

Download 2,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish