Qarshi davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti zoologiya va fiziologiya kafedrasi



Download 2,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/135
Sana23.03.2022
Hajmi2,19 Mb.
#506751
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   135
Bog'liq
Pop.ek. UMM-2021 (1) (1)

2-mаvzu: 
Populyatsiyalаr 
mohiyati. 
Orgаnizmlаr 
populyatsiyalаrini strukturа vа funksionаl xususiyatlаri 
R e j а :
1. Populyatsiyalаr mohiyati. 
2. Populyatsiyalаrning biologik аhаmiyati vа mаxsuldorligi. 
3. Populyatsiyalar sutrukturа vа funksionаl xususiyati. 
4. Populyatsiyalаr miqdori vа zichligi. 
5. Populyatsiyanng umumiy soni,miqdori(tub vа bosh soni). 
6. Tаmgаlаsh usuli vа uning аhаmiyati. 
7. Populyatsiyalаr zichligi vа uning ifodаlаnishi. 
Tаyanch iborаlаr:
 
Populyatsiya nimа; polimorf, monomorf turlаr; 
populyatsiyalаrni biologik аhаmiyati; populyatsiyadа energiya о‘zlаshtirilishi; 
populyatsiyaning xаrаkterli belgilаri; moslаshish imkoniyati; strukturа vа 
funksionаl xususiyatlаri. Stаtik kо‘rsаtkich; umumuy soni; tub soni; bosh soni; 
populyatsiyalаr soni, miqdorini аniqlаsh usullаri; tаmg‘аlаsh usuli; zichlik vа 
uning ifodаlаnishi. 
1. Populyatsiya mohiyati 
Populyatsiya – tаshqi muhit о‘zgаrishlаrigа moslаshish reаksiyasigа egа 
bо‘lgаn, о‘z-о‘zini ishlаb chiqаruvchi, bir-biri bilаn о‘zаro аloqа qiluvchi bir turgа 
mаnsub hаr xil individlаri mаjmuаsidir. Bu о‘z-о‘zini regulyatsiya qiluvchi ochiq 
sistemа bо‘lib tur mаvjudligining elementаr formаsidir. 
 Polimorf vа monomorf populyatsiyalаr.
 
Populyatsiyalаr ikki tipgа аjrаtilаdi. 
А) 
Polimorf turlаr
- bir-biridаn fаrq qiluvchi bir nechtа populyatsiyalаr 
mаvjud bо‘lsа. 
B)
Monomorf turlаr
- bittа populyatsiyasi mаvjud.


14 
Ikkаlа turlаr populyatsiyasi hаm xаr xil yashаsh muhitining tа’siri tufаyli 
sodir bо‘lаdi. Biologik polimorfizm qаnchаlik yaqqol kо‘zgа tаshlаnsа, individlаr 
shunchа rаng-bаrаng bо‘lаdi vа tаshqi muhitning ritmik vа tаsodifiy
о‘zgаrishlаrgа oson moslаshаdi. Shu sаbаbli mu’tаdil mintаqаdа tаrqаlgаn turlаr, 
tropik, ekvаtoriаl mintаqаdаgi turlаrgа nisbаtаn murаkkаb strukturаgа egа. Doimo 
tor аreаldа yashovchi turlаrgа nisbаtаn keng doirаdа, аkvotoriyadа yashovchi
turlаr polimorf sаnаlаdi. 
Organizmlarning qanday majmuasini populyasiya deyish mumkinligini 
ustida har doim tortishuvlar bo’lib kelgan. Chunki birinchidan populyasiya 
tushunchasi faqat ekologlargina emas, balki genetiklar va mikroevolyusiya 
tadqiqotchilarini ham qiziqtiradi. Binobarin ular populyasiyani turlicha talqin 
etishadi. Ikkinchidan populyasiya murakkab struktura bo’lib, u yanada kichikroq 
birliklarga ajraladi. Ko’p hollarda ekologlar ham populyasiya tushunchasini 
ma’nosi haqida o’ylamay u yoki bu territoriyada tarqalgan ma’lum tur 
individlarning yig’indisi deb tushunadilar. Masalan. Ekosistemani tahlil qiluvchi 
ko’pchilik tadqiqotchilar shunday tushunadilar. Populyasiya deganda ular 
ekosistemaga 
kirgan 
bir 
tur 
individlarining 
majmuasini 
tushunadilar. 
Populyasiyaning geterogen strukturasi - individlarning xilma - xilligi nazardan 
chetda qoladi. Lekin populyasiyani o’rganuvchi ekologlar albatta uning geterogen 
strukturasini ya’ni bir individning boshqasiga o’xshamasligini hisobga olishga 
majburdirlar. Populyasiyaning genetik tarkibini bilish individlar sonining 
o’zgarishi aniqlashda muhim ahamiyatga ega.
Genetiklar odatda populyasiya deganda u yoki bu darajada alohidalashgan 
o’z - o’zini yarata oladigan o’zaro genetik bog’langan individlavr guruxini 
tushunadilar. Dastlab genetika erkin chatishish yuz beradigan individlar guruxini 
populyasiya deb qaraganlar. Lekin keyinchalik bunday individlar majmui tabiatda 
juda kam uchrashi aniqlandi. Bundan tashqari tabiatda o’z-o’zidan changlangan 
yoki faqat vegetativ yo’l bilan ko’payadigan turlar ham mavjud. Shuning uchun 
genetiklar hozirgi vaqtda populyasiyaga ta’rif berganlarida erkin chatishtirish 
haqida gapirmaydilar. 
Ba’zi olimlar S.Shvars, A.B.Yablokov populyasiya terminini faqat uzoq vaqt 
boshqa analogik guruhlar bilan aloqasiz yashay oladigan organizmlar majmuiga 
nisbatan qo’llash mumkin deb talqin qiladilar. Lekin bunday holatni aniqlash juda 
qiyin chunki tadqiqot va kuzatishlarning buncha uzoq davom ettirishning iloji 
yo’q. Bundan tashqari populyasiyalar hayoti davomiyligini astronomik vaqt emas, 
balki biologik soat bilan oddiyroq qilib, avlodlar soni bilan o’lchashimiz kerak. 
Genetiklar va mikroevolyusiya mutaxassislari kichik guruhlarini populyasiya 
deb atashdan o’zlarini tiyadilar, chunki genetik jihatdan bu guruhlarni yetuk deb 
hisoblamaydilar, hamda bu guruhlar inbriding ta’siriga bardosh bera olmasligi 
mumkin. Haqiqatdan ham populyasiyalar qanchalik kichik joyda tarqalgan bo’lsa, 
ularda geterozeggotlik shunchalik kam bo’ladi. 
Lekin kichik guruhlar ham ba’zan yetuk populyasiyalar berishi mumkin. 
Masalan. Bir joydan ikkinchi joyga keltirilgan individlar ko’pincha yetuk 
populyasiyalarga aylanadi. Bundan tashqari juda kichik genetik o’zgaruvchanlikka 
ega turlar ham bor. Kichik guruhlarning uzoq vaqt mavjud bo’la olishi yoki nobud 


15 
bo’lmasligi faqat ularning genetik xilma - xilligiga emas, balki ekologik sharoitga 
ham bog’liqdir. Keyingi vaqtlarda kichik guruhlar ham yetuk populyasiyalarga 
aylanishi mumkinligiga ishonch ancha o’sdi. Chunki har qanday organizm neytral 
mutatsiyalar orqali genetik o’zgarish imkoniyatlariga ega ekanligi aniq bo’lib 
qoldi. 
Ekologiyada ekosistemali yondashadigan ekologlar odatda populyasiya 
deganda, ekosistema tarkibiga kirgan turning barcha individlari majmuini 
tushunadilar. Bunday ta’rifning kamchiligi shuki, ekosistema chegarasini aniq 
aytish qiyin. Lekin ba’zi hollarda bu qarash o’zini oqlaydi. 
Populyasiyalarni o’rganuvchi tadqiqotchiga bu tushuncha yetarli emas. 
Chunki birinchidan shunday holatlar ham borki bir tur individlari bir 
ekosistemadan boshqasiga o’tib turishi mumkin. Maslan. Ninachilarning lichinkasi 
suvda rivojlanadi, yetuk davri quruqlikda. Bunday hayotiy rivojlanish bosqichlarini 
turli yashash muhitida o’tkazadigan bir tur individlari majmuini V.N. Beklemishev 
gemipopulyasiya
lar deb atagan. 
Ikkinchidan, bir ekosistemada genetik jihatdan alohidalashgan bir necha 
populyasiyalr yashashi mumkin va ularning ekologik xususiyatlari turlicha bo’lishi 
mumkin. 
Populyasiyalarni talqin qilishda organizmni barcha hayotiy davridagi e’tibor 
berish kerak, qaysi ekosistema tarkibiga kirishidan qat’iy nazar. Shundagina 
populyasiyada yuz bergan hodisalarni tushunib olish mumkin. Masalan. Bentosda 
yashaydigan dengiz yulduzi populyasiyasida vaqti-vaqti bilan yoppasiga ko’payish 
yuz beradi. Ular marjon riflar bilan oziqlanadi. Uzoq va yoppasiga ko’payishning 
sababi olimlarga qorong’i bo’lib keldi. Dengiz yulduzining lichinka stadiyasini 
o’rganish natijasida bu savolga javob topildi. Aniqlanishicha uning lichinkalari 
plankton holatida yashaydi va 3 yil rivojlanadi. Fitoplankton soni yuqori bo’lgan 
yillarda lichinkalar yaxshi rivojlanar ekan va keyinchalik dengiz yulduzlarining 
yoppasiga ko’payishi bentosda sodir bo’lar ekan. 
Ba’zi hollarda ekologlar populyasiya deb hisoblovchi individlar majmui 
genetik jihatdan bunday aniqlashga mos kelmaydi, chunki individlar o’rtasida gen 
almashinish sodir bo’lmaydi. Masalan. Kichik suv havzasida yashaydigan 
dafniyani genetik ta’sir qilish natijasida 5 ta partenogenez yo’li bilan ko’payadigan 
klonlar aniqlangan. Agar ekologlarni ya’ni shu havzadagi dafniyaning zichligi, 
konkurentlar bilan aloqasi qiziqtirsa, u bu klonlarning hammasini bitta populyasiya 
deb qarashi mumkin. 
Agar populyasiyadagi hodisalarning nozik mexanizmlari aniqlashi kerak 
bo’lsa, bu majmuaning ichki strukturasiga ko’proq e’tibor berishga to’g’ri keladi.
Umuman turning arealida bir-biri bilan bog’langan turli guruhlarni ajratish 
mumkin. Tadqiqotchi oldiga qo’yilgan aniq vazifaga bog’liq holda bu guruhni 
populyasiya deb qarash yoki qaramaslik mumkin. 
Shunday qilib, ekologik jihatdan populyasiyaga quyidagicha ta’rif berish 
mumkin . 
“Populyasiya – o’z - o’zini yaratishga qobiliyatli, shu turning boshqa 
individlar majmuasidan makonda va zamonda alohidalashgan bir turga mansub 
individlar majmuasidir”. 


16 
Populyasiya individlar majmuasi sifatida quyidagi belgilari yoki 
ko’rsatkichlari bilan ta’riflanadi: 
1. Populyasiya soni, miqdori - egallagan maydondagi individlarning umumiy 
soni; 
2. Populyasiya zichligi - maydon yoki hajm birligidagi individlar soni; 
3. Tug’ilish - vaqt birligida ko’payish natijasida paydo bo’ladigan yangi 
indivilar soni; 
4. O’lim - ma’lum vaqtga nobud bo’lgan individlar soni; 
5. Populyasiya sonining o’sishi - o’lim va tug’ilish o’rtasidagi farq; 
6. O’sish tezligi - vaqt birligi ichida populyasiya sonining o’sishi; 

Download 2,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish