Qarshi davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti



Download 5,79 Mb.
bet62/134
Sana11.02.2022
Hajmi5,79 Mb.
#442411
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   134
Bog'liq
miqdoriy anitika usubiy qo\'llanma

Usulning indikatori. Yodometriyada indikator sifatida odatda kraxmalni yangi tayyorlangan 1% eritmasi ishlatiladi. Indikator iodning asosiy qismi natriy tiosulfat bilan titrlab bo‘lingach, eritmani rangi sarg‘ish yashil-rangga o‘tgach qo‘shiladi. Kraxmal eritmasi qo‘shilgach eritmada hosil bo‘lgan ko‘k rang yo‘qolguncha titrlash davom ettiriladi.
Yodometriyaning qo‘llanilishi. Yodometriya vodorod peroksid Н2О2, natriy Na2O2, magniy MgO2, bariy ВаО2 peroksidlar, mis (II), kaliy dixromat, kaliy permanganat, natriy arsenat, yod va boshqa oksidlovchilarni aniqlashda ishlatiladi.
Masalan, vodorod peroksid kislotali sharoitda quyidagi reaksiyalar asosida aniqlanadi.
Н2О2 + 2KJ + H2SO4 = J2+ K2SO4 + 2Н2О
J2 + 2Na2S2O3 = 2NaJ + Na2S4O6
Tahlilni bajarish uchun titrlash kolbasiga quyilgan vodorod peroksid eritmasining alikvota xajmiga sulfat kislota, stexiometrik nisbatdan ortiqcha kaliy yodid eritmasi, katalizator sifatida bir-ikki tomchi ammoniy molibdat eritmasidan qo‘shib, kolbaning og‘zini yod bug‘lanmasiligi uchun buyum oynasi bilan berkitib, reaksiya to‘liq oxirigacha borishi uchun, qorong‘i joyda 10 daqiqa saqlanadi.
Ajralib chiqqan yod natriy tiosulfatning standart eritmasi bilan eritmaning qizg‘ish rangi somon rangiga o‘tguncha (yod qoldig‘ining rangi) titrlanadi, so‘ngra kraxmal eritmasidan bir necha tomchi qo‘shilsa eritmada darxol ko‘k rang namoyon bo‘ladi. Ko‘k rang yuqolguncha titrlash davom ettiriladi.
Vodorod peroksid konsentratsiyasini mazkur yarim reaksiyada uning ekvivalent omili 1/z = ½ ekanligini hisobga olgan xolda hisoblanadi
Н2О2 + 2е- + 2Н+ = 2Н2O; z = n = 2
Binobarin
с (1/2 Н2О2) = с (Na2S2O3) V (Na2S2O3) / V (Н2О2)
barcha xadlar an’anaviy ma’nolarga ega.
Mis (II) miqdori ham shu kabi aniqlanadi. Buning uchun V(Cu2+) hajmli, tarkibida mis (II) bo‘lgan eritmaga (misning asosli tuzli hosil bo‘lmasligi uchun) sulfat kislota, kaliy yodid eritmasidan ortiqcha qo‘shib, aralashma (yod bug‘lari yo‘qolmasiligi uchun) titrlash kolbasining og‘zi shisha bilan berkitilgan xolda 10 daqiqa davomida qorong‘i joyda saqlanadi. Aralashmada - quyidagi reaksiya kechadi
2Cu2+ + 4J- = 2CuJ↓ + J2
Reaksiyaga kirishgan mis (II) ga ekvivalent miqdorda ajralgan molekulyar yodni natriy tiosulfatning standart eritmasi bilan och sariq ranggacha titrlab, bir necha tomchi kraxmal eritmasidan qo‘shilganda titrlanayotgan eritmaning och sariq rangi darxol ko‘k rangga o‘tadi. Eritmaning ko‘k rangi o‘chguncha titrlash davom ettiriladi. Mis (II) konsentratsiyasi yuqorida bayon etilganidek quyidagicha hisoblanadi
с (Сu2+) = с (Na2S2O3) V (N2S2O3) / V (Cu2+)
Mazkur mis (II) ni yodometrik titrlashda Cu2+/Cu+ standart oksidlanish-qaytarilish potensiali xona haroratida Е° = 0,16 V bo‘lib, у J2/J- redoks-juftining xona haroratidagi standart oksidlanish-qaytarilish potensialining qiymati 0,54 V dan ancha kichik. Shu sababdan mis (II) yodid-ionini oksidlay olmasligi kerak edi. Ammo mazkur reaksiyada mis (I) yodid CuJ cho‘kmasi hosil bo‘lib, redoks-juftning [Сu+] konsentratsiyasi kamayib ketishi oqibatidan Cu2+/Cu+ redoks-juftining muvozanat potensiali (~0,8 В gacha) ortib ketgani uchun muvozanat o‘ngga - mis (II) hosil bo‘lish tomoniga siljiydi va titrlash ijobiy natija boradi.
Boshqa oksidlovchilar ham shu kabi aniqlanadi.
Tahlil etiluvchi obyekt eritmasidagi yodning miqdori ham natriy tiosulfat standart eritmasi bilan yuqorida bayon etilganidek titrlab aniqlanadi.

Download 5,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish