Qarshi davlat universiteti sotsiologiya kafedrasi



Download 468,5 Kb.
bet16/28
Sana11.01.2017
Hajmi468,5 Kb.
#74
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   28
Birinchi manba — insonning oilaviy muhitidir. Siyosiy g‘oyalar va hissiyotlar unga oiladagi tarbiya orqali beriladi. Bunga to‘g‘ri keluvchi ijtimoiy — ruhiy qarashlar — siyosiy ongning poydevorini barpo etadi. Uning negizida esa fuqaro shaxsi shakllanadi.

Ikkinchi manba — bu keng ma’nodagi axborotdir. U insonga ham muomala, muloqot orqali, ham ommaviy axborot vositalari (televideniye, radio, matbuot) orqali "kirib" boradi.

Uchinchi manba — bu individning shaxsiy tajribasidir. Bu shaxsiy tajriba olingan bilimni ag‘dar — to‘ntar qiladi yoki tasdiqlaydi. Biroq ular qanday holatda ham siyosiy ongning shakllanishi va rivojlanishi jarayoniga muhim ta’sir ko‘rsatadi.

• Yuqorida qayd etilgan manbalar insonga siyosat dunyosini tahlil etishga va unga nisbatan munosabatini belgilab olishga imkon beruvchi bilimlarning yig‘indisini tashkil etadi. Bunda oilada olingan bilimlar turli avlodlar tomonidan to‘plangan tajriba sifatida ham bo‘lishi mumkin, ammo shu bilan birga xurofot ham bo‘lishi mumkin. Axborot ham haqiqiy, yoki yolg‘on bo‘lishi mumkin. Insonning hayotiy tajribasi ham tipik bo‘la olmasligi va siyosiy voqelikni aks ettira olmasligi ham mumkin. Shuning uchun siyosiy ong shakllanishida quyidagi shartlarning amal qilishi juda muhimdir:

• inson o‘zining biror guruhga mansubligini idrok etishi;

• inson o‘zining muayyan siyosiy qarashlar, nuqtai nazarlar tarafdori ekanligi, o‘zining subyekt sifatidagi maqomi, huquqlar, erkinliklar egasi, hokimiyatga ta’sir eta oluvchi shaxs ekanligini anglashi;

• o‘zi mansub bo‘lgan rypuh manfaatlarini siyosiy hokimiyat bilan muloqotga kirishmay - turib hal qilish mumkin emasligini anglashi Kishilarning siyosiy muammolarni anglashi, siyosat dunyosi haqidagi tasavvurlari, qiziqishlari bilan chambarchas bog‘liqdir. Masalan, og‘ir ahvolda qolgan korxona ishchisi, muassasa xodimi ishdan bo‘shatishni ko‘zda tutmaydigan qarorlarni — vaziyatni to‘g‘rilash bo‘yicha yaxshi qarorlardir, deb hisoblaydi. Boshqarayottan partiyaning faoli, agar hokimiyatga muholifat kelsa, mamlakatda iqtisodiy vaziyat yomonlashadi, deb o‘ylaydi. Agar biror siyosiy arbob korrupsiyada ayblansa, bunga o‘zining siyosiy mavqeini sabab, deb hisoblaydi.

Demak, voqelik o‘zidan—o‘zi, to‘g‘ridan—to‘g‘ri siyosiy ong orqali baholanmaydi. U kishilarning avvalgi e’tiqodlari va manfaatlariga ham bog‘liq bo‘ladi.

Siyosiy ong yakka holda emas, balki ijtimoiy ongning boshqa shakllari: iqtisodiy qarashlar, falsafiy ta’limotlar, huquqiy nazariyalar va me’yorlar, axloqiy qonuniyatlar, estetik qadriyatlar bilan o‘zaro bog‘liq holda va birgalikda xarakat qiladi.

Ko‘p siyosiy ta’limotlar va qadriyatlar siyosiy ongning mahsuli bo‘laturib, hozirgi jamiyatda g‘oyaviy ahamiyatga egadir. Ular faqat kishilarning siyosiy madaniyatini takomillashtirish uchungina emas, balki insoniyatning ma’naviy, ma’rifiy, madaniy taraqqiyoti uchun ham juda muhimdir.

Shu 6ilan birga, ayrim davlatlar va ulardagi birlashmalar, ijtimoiy guruhlar, millatlar, partiyalarning siyosiy faoliyati jarayonida siyosiy ongning u yoki bu pozitsiyasi to‘g‘ri kelmay, qolishi, qarama — qarshilikka, murosasizlikka o‘sib o‘tmasligi, uning tinch, madaniy xarakterda bo‘lishi o‘ta muhimdir.

Siyosiy ongning mohiyati uning funksiyalarida o‘z ifodasini topadi. Kuyida ana shu funksiyalarni ko‘rib chiqamiz.




Download 468,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish