Qarshi davlat universiteti republic of uzbekistan ministry of higher and secondary edication



Download 3,46 Mb.
bet7/74
Sana27.05.2022
Hajmi3,46 Mb.
#611013
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   74
Bog'liq
UMM KTXK Kompyuterlarga texnik xizmat ko‘rsatish

2. Obyektning texnik holati turlari.
Kompyuter va uning qurilmalari, umuman, elektron hisoblash tizimlari (keyin­gi o‘rinlarda obyekt deb yuritamiz) uchun ularning texnik holati bo‘yicha quyidagi besh xil tavsif qayd etilgan:

  • Ishga yaroqli holat.

  • Ishga yaroqsiz holat.

  • Ishlash qobiliyati mavjud bo‘lgan holat.

  • Ishlash qobiliyati mavjud bo‘lmagan holat.

  • Chegaraviy holat.

Obektning ishga yaroqliligi deganda, uning uchun ishlab chiqilgan texnik-me’yoriy talablar hamda loyihaviy hujjatlarda keltirilgan ko‘rsatkichlarga obyektning barcha parametrlari to‘liq javob berishi tushuniladi.
Obyektning ishga yaroqsizligi deganda, uning uchun ishlab chiqilgan texnik-me’yoriy talablar hamda loyihaviy hujjatlarda keltirilgan ko‘rsatkichlarning hech bo‘lmaganda bittasiga to‘liq javob bera olmaydigan holati tushuniladi.
Agar obyekt o‘ziga biriktirilgan funksiyalarni bajara olish qobiliyati bo‘yicha texnik-me’yoriy talablar hamda loyihaviy hujjatlarda keltirilgan ko‘rsatkichlarga javob bera oladigan barcha parametrlarga ega bo‘lsa, u holda bu obyekt ishlash qobiliyati mavjud bo‘lgan obyekt deb hisoblanadi.
Agar obyektning hech bo‘lmaganda bitta parametri o‘ziga biriktirilgan funksiyalarni bajara olish qobiliyati bo‘yicha texnik-me’yoriy talablar hamda loyihaviy hujjatlarda keltirilgan ko‘rsat­kichlarga javob bera olmasa, u holda bu obyekt ishlash qobiliyati mavjud bo‘lmagan obyekt deb hisoblanadi.
Ishchanlik qobiliyatini tiklash imkoni bo‘lmagan yoki tiklagan taqdirda ham kelgusida ishlatish maqsadga muvofiq bo‘lmagan obyektlar chegaraviy holatdagi obyektlar deb qaraladi.
Umuman, obyekt texnik holatining sifat jihatdan yomonlashuvi bor-yo‘g‘i quyidagi uchta tushuncha bilan talqin qilinadi:

  • Obyektning ishlamay qolishi (buzilishi).

  • Obyektning shikastlanishi.

  • Obyektda nuqson (defekt) mavjudligi.

Obyektning ishlamay qolishi (buzilishi) uning ishchanlik qobiliyatining buzilgan, ya’ni mavjud bo‘lmagan holati bilan izohlanadi (yuqorida qayd etilgan obyekt holati turi bo‘yicha 4-tavsif).
Obyektning shikastlanishi uning ishga yaroqsiz holatga kelganligini anglatadi (yuqorida qayd etilgan obyekt holati turi bo‘yicha 2-tavsif).
Obyektning nuqsonliligi uning alohida olingan bir qismi yoki butun qismi o‘r­natilgan talab va me’yorlarga mos kelmasligini anglatadi.
Shunday qilib, obyektga texnik xizmat ko‘rsatish joiz yoki joizmasligi uning yuqorida tavsif etilgan holat turlariga qarab aniqlanadi.



Download 3,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish