Qarshi davlat universiteti republic of uzbekistan ministry of higher and secondary edication



Download 3,46 Mb.
bet5/74
Sana27.05.2022
Hajmi3,46 Mb.
#611013
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74
Bog'liq
UMM KTXK Kompyuterlarga texnik xizmat ko‘rsatish

1. Shaxsiy kompyuter arxitekturasi
Kompyuter deganda, dasturiy mexnizm asosida boshqariladigan, ikkilik axborotni tez qayta ishlashga mo‘ljallangan elektron va elektromexanik qurilmalar majmui tushuniladi.
Kompyuterni tom ma’noda ikki qismdan iborat yaxlit majmua deb qarash mumkin: texnik qism (hardware) va dasturiy qism (software).
Zamonaviy kompyuterlar ko‘rinishi jihatidan turli sinflarga ajrati­ladi:
1. Ko‘p blokli kompyuterlar;
2. Monoblok kompyuterlar;
3. Portativ kompyuterlar;
Ko‘p blokli kompyuterlar. Bunday kompyuterlar odatda “statsionar kompyuterlar” yoki “stol kompyuterlari” deb ham ataladi va ko‘rinishi jihatidan quyidagi bloklarni o‘zida mujassam­lashtiradi:
1) klaviatura;
2) sichqon manipulyatori;
3) monitor;
4) tizimli blok.
Monoblok kompyuterlar. bunday kompyuterlar xuddi bitta moni­tor kabi tuzilmalashtirilgan bo‘lib, uning barcha qismlari shu monitor tarkibida joylashtirilgan. Lekin unga qo‘shimcha ravishda klaviatura hamda sichqoncha yoki boshqa kerakli qurilmalarni USB-port orqali ulash mumkin.
Portativ kompyuterlar. Portativ (ko‘chma) kompyuterlar noutbuk, ultrabuk, netbuk, plan­shet, transformer-planshet, smartfon va boshqa ko‘rinishlarda bo‘ladi.


2. Axborotni kiritish/chiqarish qurilmalari.
Ma’lumki, kompyuterga axborotni kiritish klaviatura, sichqoncha, skaner kabi turli qurilmalar yordamida amalga oshiriladi. Ammo zamonaviy kompyuterlar uchun sensorli ekranlar axborotni chiqarish bilan bir vaqtda axborotni kiritish funksiyasini bajaruvchi muhit bo‘lib ham hisoblanadi. Shu bois ularni umumlashtirib, axborotni kiritish/chiqarish qurilmalari deb atash maqsadga muvofiq sanaladi.
Klaviatura haqida. Klaviatura bu – klavishlar to‘plami bo‘lib, bu qurilma orqali asosan matn ko‘rinishidagi ma’lumotlar hamda buyruqlar kiritiladi.
Klaviatura deganda, kompyuterga faqat matn ko‘rinishidagi ma’lumotlarni kirituvchi va buyruq tugmalarni boshqaruvchi maxsus klavishlar to‘plamidan iborat elektromexanik qurilma tushuniladi.
Klaviatura ikki xil bo‘ladi: fizik va mantiqiy (virtual). Mantiqiy klaviaturani yana “ekran klaviaturasi (Screen keyboard)” deb ham atashadi.
Klaviaturadagi klavishlar o‘zlari bajaradigan funksiyaga qarab guruhlarga ajratilgan. Masalan:
1) alifbo-raqamli klavishlar guruhi;
2) funksional klavishlar guruhi;
3) kursorni boshqaradigan klavishlar guruhi;
4) yordamchi raqamli klavishlar guruhi;
5) multimediaviy klavishlar guruhi;
6) alternativ (maxsus) klavishlar.
Har bir klavish o‘z nomi va maxsus kodiga ega bo‘lib, dasturlashda asasan shu ikki kattalik bilan bilan tavsiflanadi.
Esc (Escape) – berilgan oxirgi buyruqni bekor qilish va biror amaliy dasturdan chiqib ketish.
Tab (Tabulation) – 1) Windows muloqot oynalarida buyruq tugmadan buyruq tugmaga ko‘chishni ta’minlaydi (yo o‘ngga qarab yoki pastga qarab); 2) matn muharrirlarida hujjatga abzats qo‘yishni ta’minlaydi; 3) ro‘yxat tuzishda ichma-ich bandlarni hosil qilish uchun ishlatiladi.
CapsLk (Caps Lock) – faqat yuqori registr belgilarini yozish uchun xizmat qiladi.
Ctrl (Control) – boshqa klavishlar bilan birikib, funksional vazifalarni bajaradi.
Alt (Alternative) – 1) muayyan klavishning o‘ziga tegishli funksiyasini o‘zgartiradi; 2) [Ctrl] kabi boshqa klavishlar bilan birikib, funksional vazifalarni bajaradi; 3) kursorni menyu satriga ko‘chiradi.
WinKey – Windows bosh menyusini ekranga chaqiradi.
Probel (Space) – o‘ng tomondan bo‘sh joy ajratadi.
Context menu (Application) – belgilangan obyektning kontekst menyusini hosil qiladi.
Enter – 1) belgilangan buyruq tugmasini faollashtiradi; 2) matn muharriri hujjatlarida esa kursorni bir satr pastga tushiradi.
Bsp (Backspace) – kursordan chapda turgan simvollarni o‘chiradi.
Del (Delete) – kursordan o‘ngda turgan simvollarni o‘chiradi.
Home – kursorni satr boshiga ko‘chiradi.
End – kursorni satr oxiriga ko‘chiradi.
PgUp (Page Up) – kursorni bir sahifa yuqoriga ko‘chiradi.
PgDn (Page Down) – kursorni bir sahifa quyiga ko‘chiradi.
PrtScr (Print Screen) – ekrandagi mavjud tasvirni Windows buferiga nusxalab oladi.
ScrLk (Scroll Lock) – MS Excel da belgilab olingan sohani ekran bo‘ylab aylantirish uchun xizmat qiladi.
Ins (Insert) – bu tugma faollashtirilsa, kursordan o‘ngda turgan belgi boshqa yozilayotgan belgi bilan almashtiriladi (hatto bo‘sh joy bilan ham).
NumLock (Number Lock) – raqamli klaviaturani ishga qo‘shadi.
F1-F12 – funksional klavishlar bo‘lib, asosan BIOS boshqaruvida hamda OS boshqaruvida faoliyat ko‘rsatadi.
Fn (Function) – asosan portativ kompyuterlarda uchraydi va funksional klavishlarga alternativ vazifani bajaradi.
Klaviaturalar standart (101 klavishli), kengaytirilgan va mediali turlarga bo‘linadi. Portativ kompyuterlarning deyarli barchasiga mediali klaviatura o‘rnatilgan.
Sichqoncha haqida. Sichqoncha – bu kompyuterga matn va grafik ko‘rinishdagi axborotlarni kirituvchi hamda muloqot interfeysini1 qulay usulda amalga oshirishda yordam beruvchi, manipulyatorlar oilasiga tegishli bo‘lgan qo‘shimcha qurilmadir.
Sichqoncha yordamida bajariladigan harakatlar sichqoncha hodisalari deb ataladi va ular quyidagilardan iborat bo‘ladi:
1. Select – obyektni belgilab olish (ajratish);
2. Click – chap tugmasini bir marta chiqillatish;
3. Double Click – chap tugmasini qo‘shchiqillatish;
4. Right Click – o‘ng tugmani bir marta chiqillatish;
5. Drag and Drop – obyektni ilintirish va sudrash;
6. Mouse Down – chap tugmani bosib turish;
7. Mouse Up – bosib turilgan chap tugmani qo‘yib yuborish;
8. Scrolling – o‘rtadagi rolikni aylantirish.

Monitor haqida. Monitor – kompyuterdagi axborotni aks ettiruvchi qurilma bo‘lib, u kompyuterning asosiy qurilmalaridan biri sanaladi.


Monitor bir vaqtning o‘zida ham matniy, ham grafikaviy rejimda ishlay oladi. Buni amalda ham ko‘rish mumkin, ya’ni kompyuter ishga tushirilgan vaqtdan boshlab Windows OS yuklangunga qadar matnli rejimda, undan keyin esa grafik rejimga o‘tadi.
Monitorlar bir-biridan o‘lchami bilan farqlanadi va ular dyuymlarda2 o‘lchanadi (1 dyuym = 1  2,54 sm).
Misol: 15,6  15,6  2,54  39,62 sm.
Monitorlarni xarakterlaydigan kattaliklardan yana biri – bu tasvir sifatidir. Ko‘rinishi bo‘yicha to‘g‘ri to‘rtburchakli (keng formatli) va kvadratli monitorlar mavjud. Yon tomondan tasvir tunarib ko‘rinmasligi uchun kvadratli monitor xarid qilish maqsadga muvofiqdir.
Monitorlar bilan ishlashda uning ekran materiali ham inson ko‘zi uchun ahamiyatga ega, masalan, kimdir xiraroq (ing.: lustreless; rus.: матовый) tusda ishlangan ekranni ma’qul ko‘rsa, kimdir tiniq yaltiroq (ing.: glossy; rus.: глянцевый) ekranni ma’qul ko‘radi.
Tizimli blok haqida. Tizimli blok – bu kompyuterning tizimli qurilmalari joylashgan metall qutidan iborat alohida qism bo‘lib, bu metal quti “Keys” (Case) deb ataladi.
Keysda quyidagi qurilmalar joylashgan bo‘ladi:

  • Elektr toki ta’minoti.

  • Tizimli plata.

    • Mikroprotsessor (CPU).

    • Tezkor xotira (RAM).

  • Vinchester (HDD).

  • CD-ROM;

  • Portlar: ketma-ket, parallel va USB-port.

Kompyuter xotira qurilmalari haqida. Kompyuter xotira qurilmalari ikki tipga bo‘linadi: tashqi va ichki xotira qurilmalari.
Tashqi xotira qurilmalari “axborot tashuvchilar” дyeb ham yuritiladi va ular sirasiga quyidagilar kiradi: 1) HDD; 2) CD yoki DVD; 3) Flash disk; 4) USB HDD.
Bu disklardan faqat bittasini formatlab bo‘lmaydi: CD yoki DVD. Maxsus dasturlar orqali ulardagi ma’lumotlarni o‘chirish mumkin, agar bu disklar CD-RW yoki DVD-RW turga tegishli bo‘lsa.
Ichki xotiralari qurilmalariga asosan quyidagilar kiradi: 1) RAM (tezkor xotira); 2) ROM (doimiy xotira); 3) kesh xotira.
Umuman, xotira qurilmalari kompyuterning eng markaziy qismla­ridan sanaladi.



Download 3,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish