Arab musulmon olami.
Asr boshlarida islom g’oyasiga asoslangan Arab
xalifaligi tashkil topib, bu davlat o’z mavqeini mustahkamlash uchun boshqa
mamlakatlarni ham zabt etishni boshladi. Butun Arabiston yarim oroli
shuningdek, Eron, Kavkaz oroli, Suriya, Shimoliy Afrika, Janubiy Ispaniya
xalifalik tarkibiga kiritildi. VII asr o`rtalaridan boshlab arablar Movaraunnahrga
ham hujum qilish rejasini tuza boshladilar.
Arab iste`lochilariningg birinchi yurishi 651 – yilda Ubaydulloh ibn Ziyod
boshchiligida amalga oshirildi. 676 – yilda esa Said ibn Usmon rahbarligida
Buxoro, So`g`duyona, Kesh, Nasaf shaharlariga hujum qilinadi.
VIII asrning o`rtalariga kelibgina arablar Movaraunnahrni zabt etishga to`la
erishdilar.
Arab istelochilari bosib olingan yerlarda xalqni islom diniga kirita
bohladilar. Tarixchi at – Tabariyning “At – tabariy tarixi”, Narshaxiyning “Buxoro
tarixi”, B.B.Bartoldning tarixiy asarlarida keltirilishicha , arab istelochilarining
Movaraunnahr Xalqini islom diniga kiritish jarayoni qiyin kechgan va bir necha
yillarga cho`zilgan. Chunki, Movaraunnahr arab istelochilariga ham ma`naviy,
ham iqtisodiy taraqqiy etgan mamlakat bo`lib, uning aholisi arab bosinchilariga
tezda bo`ysuna qolmadi. Aholining istelochilariga bo`ysunishni istamaganlarining
asosiy sabablaridan biri biri istebdod va qatag`onlar bilan bir qatorda ,
bosqinchilarning mahalliy xalqning yillar davomida tarkib topgan boy
ma`naviy merosi – san`ati, adabiyoti, yozuvini, asori – atiqalarini poymol etishga
harakat qilganlari ham bo`ldi. Shuning uchun ham arab istelochilari xalqni
bo`ysundirish harbiylar bilan bir qatorda , islom dini targ`ibotchilaridan ham
foydalanadilar va asta – sekin ma`lum natijalarga erisha boshladilar. Chinki,
Movaraunnahrda aholi islomga qadar har xil hudolarga, Quyoshga, Ko`k dinga
(shaman), muqaddas narsalarga topinar, ma`lum bir g`oyaviy e`tiqod butun bir
o`lkada tarkib topmagan edi. Shuning uchun ham islom dinining yoyilish va u
bilan birga shariat qonun qoidalari, aqidalariga rioya etish, yagona allohga
sig`inish va Allohning rasuli Muhammad Alayhissalom ko`rsatmalariga amal
qilish xalqning ongiga ta`sir etib, ularning bu dinni qabul eta boshlashiga olib
keldi va islomiy qadryatlar tarkib topishiga yo`l ochdi.
Arablar islom dinini tarqatishda turli usullardan foydalandilar, jumladan,
islom dinini qabul qilganlar soliqlardan ozod etildi.
Narshaxiy arab istelochilarining aholini islomlashtirishga oid xatti –
harakatlarni quyidagicha bayon etdi: “Buxoro aholisi har safar (islom lashkarlari
kelganda) musulmon bo`lar, arablar qaytib ketganida esa ular yana dindan qaytar
edilar. Qutayba ibn Muslim ularni uch marta musulmon qilgan, ular esa yana
dindan qaytib, yana kofir bo`lgan edilar. Bu to`rtinchi marta (kelganida) Qutayba
jang qilib, Buxoro shahrini oldi, ko`p qiyinchilikdan keyin (bu yerda) islom dinini
yuzaga chiqardi va har turli yo`llar bilan ulkarga qiyinchilik tug`dirib dillariga
musulmonchilikni o`rnashtirdi. Ular esa islom dinini yuzakigina qabul etib,
haqiqatda butparastlik qilar edi. Qutayba arablar buxoroliklar bilan birga turib,
ularning xatti – harakatlaridan xabardor bo`lib tursalar, ular zaruratdan musulmon
bo`ladilar, degan maqsadda Buxoro aholisiga o`z uylarining yarmini arablarga
berishgq undab buyruq chiqarishni to`g`ri deb topib va shu yo`l bilan u
musulmonchilikni o`rnatdi hamda sharoit hukmlarini bajarishga majbur qildi.
Qutayba masjidlar bino qildi, kofirlik va otashparastlikga oid kitoblarni yo`qotdi.
U ko`p jiddu jahd qilib, kimda shariat hukmlarini bajarishda kamchilik sodir
bo`lsa, uni jazolar edi. U masjide jome bino qildi va odamlarga juma namozini
o`qishga buyruq berdi”.
Islom dini ana shunday g`oyaviy – siyosiy kurash jarayonida shakllandi va
rivojlandi.
Islomshunoslar tomonidan shu paytgacha Arabiston madaniy jihatdan istelo
qilgan mamlakatlardan orqada edi, talqin etilishi o`laroq, hozirgi davr olimlari
masalaga bir muncha boshqacha yondashmoqdalar.
Xalifalar istelochilik siyosatini o`tkazar ekanlar, barcha xalqlar ustidan
madaniy ustunlikni o`rnatishga harakat qildilar. Chunki arab xalqi VII asr
boshlarida o`ziga xos madaniyati, adabiy tilini yaratgan bo`lib, unda notiqlik va
she`riyat yuqori darajada qadrlangan. Qur`onning o`zi ajoyib adabiy fazilatlarga
ega bo`lib, u o`rta asr arab adabiyotining eng nodir adabiy yodgorliklari orasidan
o`rin olgan. IX asrda tarkib topgan “Ming bir kecha ertaklari” esa jahon
mamalakatlari durdonalaridan biri sanaladi.
Arab tili ham, o`z navbatida yangi madaniy tili bo`lib maydonga chiqdi.
Bu madaniyat ham qadimgi arab madaniyat, shuningdek, arab davla hududida
yashagan boshqa xalqlar madaniyatining majmuasi edi. Arablar yunon fanining
yutuqlaridan amaliy foydalandilar, ularning faylasuf olim, yozuvchilarning
asarlarini tarjima qildilar. Astranomiya, tibbiyot, kimyoga oid barcha yirik asarlar
arab tiliga tarjima qildilar. Xatto arab olimlari sun`iy oltin tayyorlash vositasi
“Falsafa toshini” izlaganlar (kimyo fani alkimyodan boshlaib, oltin izlovchilar
“alkimyogarlar” deb atalgan).
Arablar ulkan davlat barpo etib geografiya rivojiga ham ta`sir ko`rsatdilar.
Masalan, arab mulklarining dastlabki xaritalari IX asrda tuzilgan bo`lib, ularda
daryolar oqimi to`g`risida mufassal ma`lumotlar bo`lgan. Ispaniyadan Markaziy
Osiyo va Hind daryosigacha cho`zilgan musulmon dunyosi bu xaritada batafsil
ko`rsatiladi. Ko`p hududlarga arabcha nomlar berildi. Xususan, Movaraunnahr
ham arabcha bo`lib, “daryo orti” ma`nosini bildiradi.
Musulmon maktablarida arab tili muhim fan sifatida o`qitilardi, bilim shu
tilde o`rganilar edi. Arabistondagi kabi Movaraunnahrda ham barcha masjidlar
huzurida maktablar ochildi va o`g`il bolalarga shu maktablarda Qur`on
o`qitishga farmon beriladi. Bolalarni shu masjid imomi o`qitar edi.
Islom aqidalarining, uning axloqiy – huquqiy tamoyillarining asosiy
manbai “Qur`on”dir.
Islomning shar`iy ma`nosi – bu Alloh yagona deb e`tiqod qilib , unga
bo`ysunmoqlik va butun qalb bilan unga ixlos qilmoqlik va Alloh buyurgan diniy
e`tiqodga imon keltirmolik demakdir.
Allohga itoat qilgan va Alloh buyurgan payg`ambarlarga ergashgan kishi
musulmon deyiladi.
Ilohiyotda islom dini imon, islom va exsondan iborat, deb e`tirof etilgan.
Imon talablari va Allohga e`tiqod, farishtalarga, muqaddas kitob va
payg`ambarlarga, oxirat kuniga, taqdir – u azalga va o`lgandan keyin tirilishga
ishonishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |