Qarshi davlat universiteti «qiyosiy pedagogika»



Download 1,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/64
Sana16.03.2022
Hajmi1,62 Mb.
#493375
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   64
Bog'liq
Мажмуа Қиёсий пед 2021-2022 (pdf.io)

1956 
yil AQSh
da
tashkil qilindi. U o’z oldiga: ilmiy izlanishlarni kengaytirish, davriy 
nashrlar va kitoblarni nashr ettirish, Amerika pedagoglarining chet ellik 
hamkasblari bilan hamkorligini rivojlantirish, ilmning boshqa soha olimlarini 
qiyosiy – pedagogik izlanishlar o’tkazishga jalb qilishni maqsad qilib qo’ydi. 
Shu kabi jamiyatlar G’arbiy Evropaning ko’pgina mamlakatlarida, Kanada, 
Yaponiya, Hindiston, Janubiy Koreyada ham paydo bo’ldi. 
1961 yilda
tashkil 
qilingan qiyosiy pedagogika 
Ye
vropa jamiyati
yirik regional birlashma 
hisoblangan. 
1973 yilda
qator Afrika davlatlari vakillari ham kirgan, 
fransyazichnix
mamlakatlarining 
qiyosiy pedagogika asossiyatsiyasi
barpo qilindi. 
1974 yilda xalqaro kongresslarni tashkil qiluvchi, qiyosiy pedagogika 
jamiyatlarining butunjaxon kengashi tuzildi. Uzoq yillar davomida uning raisi 
pedagogik komparativistikaning taniqli nazariyotchisi E.King edi. 
Qiyosiy pedagogika ilmiy markazlari, kafedra va assossiyatsiyalari nashr 
qilgan dastur va qo’llanmalar dunyoning turli davlatlarida ta’lim siyosatining 
shakllanishiga ma’lum darajada ta’sir ko’rsatdi.
Qiyosiy pedagogikaning uslubiy va nazariy muammolarini tizimli ishlab 
chiqish 1920-30-yillardan boshlandi. Aynan shu davrda bu muammoni o’z 
izlanishlarining asosiy predmetiga aylantirgan nazariyotchi - pedagoglar – I.Kendl, 
P.Monro, G.Beredey (AQSH), F.Shnayder, F.Xilker (Germaniya), P.Rosselo 
(Shvetsariya) va boshqalar chiqdi. Ularning ba’zi monografiyalari 1950-60 
yillardagina nashr qilindi. Ammo uslubiy prinsiplar ular tomonidan urushdan 
avvalroq ishlab chiqilgan edi. 
Bu olimlarning dunyoqarashlari turlicha edi, ammo ularni ta’lim jarayonini 
rivojlantirishga birinchi darajali ta’sir ko’rsatadigan sabablarni aniqlash va 
tavsiflash, turli mamlakatlardagi o’xshashliklar va farqlarni o’rganishga intilish 
g’oyasi yaqinlashtirar edi. 
“Qiyosiy pedagogika sohasidagi izlanishlar” (1933), “Ta’limda yangi davr – 
qiyosiy izlanish” (1955), “Qiyosiy pedagogika uslubiyoti” (1959) kabi yirik ishlar 
muallifi amerikalik nazariyotchi – pedagog I.Kendldir. 1925 yildan 1944 yilgacha 
u Kolumbiya universiteti tomonidan nashr qilingan “Xalqaro ta’lim 
yilnomasi”ning bosh muharriri bo’lib faoliyat olib bordi.


Kendl 1933 yilda olti mamlakat: AQSH, Angliya, Fransiya, Germaniya, 
Italiya va sobiq SSSR ta’lim tizimini xalqaro pedagogik laboratoriya deb atab, 
ta’lim holatini qiyosiy analiz qildi. Kendlning yozishicha, bu davlatlardagi ta’lim 
muammolarining ildizlari ko’p jihatdan o’xshash, ba’zida hatto bir xil, ammo 
ularni yechish va erishilgan natijalarni ko’pincha ushbu davlatning iqtisodiy, 
ijtimoiy-siyosiy va madaniy sharoitliga bog’liq. Xususan, Kendl u yoki bu 
davlatning iqtisodiy rivojlanishi va aholisining savodlilik darajasi orasida mavjud 
bo’lgan korrelyatsiyani ishonchli ko’rsatib berdi. 
Qiyosiy 
pedagogika 
uslubiy 
muammolari 
germaniyalik 
professor 
F.Shnayder tomonidan ham ishlab chiqilgan. U qator Germaniya universitetlarida 
pedagogika kurslarini o’qir, doimiy pedagogik davriy nashrlarda ma’ruzalari 
bosilib chiqar edi. Kelnda xalqaro pedagogik jurnalga asos soldi va 1931 yildan 
1934 yilgacha, uni boshqardi, keyinchalik bu jurnal Gamburgda YUNESKO ta’lim 
instituti rahnamoligida chiqa boshladi. Shnayderning “Xalqlar pedagogikasini 
harakatga keltiruvchi kuchlari, qiyosiy pedagogikaga kirish” (1947), “Qiyosiy 
pedagogikadagi konsepsiyalar” (1955), “Yevropacha tarbiya” (1959) singari 
asarlari bugungi kunda ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan. 
Shuningdek, Shnayder ta’lim rivojlanishiga ta’sir ko’rsatadigan 10 ta 
sababni ajratib ko’rsatadi:
1.
Milliy xarakter. 
2.
Davlatning geografik o’rni. 
3.
Madaniyat. 
4.
Ilm va falsafa. 
5.
Ijtimoiy va siyosiy stratifikatsiya. 
6.
Iqtisod. 
7.
Din. 
8.
Tarix. 
9.
Chet el ta’siri. 
10.
Ta’lim institutlari faoliyatining ichki mantig’i. 
Bu sabablarni u endogen, ya’ni ta’lim ichidagi va ekzogen uning sohasidan 
tashqarida yotuvchilarga ajratadi. Shnayderning taxminicha endogen va ekzogen 
sabablarning mosligi va bir-biriga ta’sirini analiz qilish, ta’limning milliy tizimi 
xarakterini, uning boshqa mamlakatlar ta’lim tizimi bilan o’xshashliklari va farqini 
belgilovchi ”Kuchlar parallelogrammasini” aniqlash imkonini beradi. O’z 
navbatida, u yoki bu davlatda yillar davomida bunyodga kelgan ta’lim tizimi, 
ushbu xalqning milliy xarakteri shakllanishida muhim rol o’ynaydi. 
Urushdan keyingi 10 yillikda g’arbda komparativist pedagoglarning yangi 
avlodi shakllandi. Uning taniqli vakillaridan biri London universiteti professori 
B.Xolms (1920-1993) edi. U o’zining ”Ta’limdagi muammolar: qiyosiy 
yondashuv” (1965), ”Qiyosiy pedagogika: uslubning ba’zi masalalari” (1981) va 
boshqa ishlarida qiyosiy pedagogika prinsiplarini shakllantiradi va tushuntirib 
beradi. Uning tasdiqlashicha, turli davlatlar ta’lim tizimini taqqoslash zaruriy, 


ammo faqatgina informatsion xarakterga ega komparativistlar ishining birinchi 
bosqichidir. 
Izlanuvchi bir nechta asosiy muammolarni tanlab, daliliy materialni keyingi 
o’rganishlar asosida chuqur qiyosiy analiz qilib, turli mamlakatlarda qanday hal 
qilinishini ko’rsatib bersagina, bunday uslub yanada samaraliroq bo’ladi. Xususan, 
bunday muammolarga o’rta ta’limni demokratlashtirish, umumiy va professional 
ta’lim orasidagi mutanosiblik, o’qituvchilar tayyorlash prinsiplari, individual 
erkinlik va ijtimoiy javobgarlik mutanosibligi muammolarining pedagogik 
aspektlari kiradi. Bu kabi izlanishlar natijalari, Xolmsning ta’kidlashicha, katta 
amaliy ahamiyat kasb etadi, ular ta’limni rivojlantirishni analiz qilish, rejalar tuzish 
va yangi pedagogik texnologiyalar tuzishda ishlatiladi. 
Fransiyada XX asrning birinchi o’n yilliklarida qiyosiy pedagogika 
sohasidagi ishlar birmuncha sustlashdi. Bu davrda bu erda Angliyadagi M.Sedler 
yoki Germaniyadagi F.Shnayder kabi taniqli komparativistlar yo’q edi. Chet eldagi 
muammolar bo’yicha ishlar nashr qilinar, ammo ularning ko’pchiligi ta’lim 
tizimini tasvirlashdan nariga o’tmas edi. 1960 yilga kelib ahvol o’zgara boshladi. 
1962 yilda pedagogik izlanishlar milliy institutida mamlakatning asosiy ilmiy 
pedagogik markazida, ushbu izlanishlar rivojiga yordam bergan qiyosiy 
pedagogika bo’limi tashkil qilindi. 
Bu davrning taniqli komparativisti Sorbonna professori M.Debess edi. 
Debess va G.Mialare redaktorligi ostida, fransuzlar bilan bir qatorda, qator chet el 
mualliflari ham ishtirok qilgan yirik monografiya ”Qyosiy pedagogika” (ko’p 
boblik nashr), ”Pedagogik fanlar”ning uch bobi nashr qilindi. Bu kitobda Debess 
o’z konsepsiyasini batafsil bayon etdi. Uning fikricha, qiyosiy izlanishlarda tarixiy 
yondashuv birinchi darajali ahamiyat kasb etishi kerak. Ixtiyoriy – zamonaviy 
muammoni ko’rib chiqishda, uning uzoq o’tmish ildizlariga nazar solish zarur. 
Fransuz pedagogik adabiyotida A.Veksliarning ”Qiyosiy pedagogika. Uslublar va 
muammolar” (1967) kitobi alohida o’rin egallaydi. Unda qiyosiy pedagogika 
rivojlanishining holati haqida tarixiy ocherk yozilgan, uning uslubiy manolari 
ko’rib chiqilgan, qator yirik davlatlar shu jumladan sobiq SSSR materiallariga 
tayanib, ikki muammoni qiyoslash orqali batafsil analiz qilingan: 
1.
Ta’limni demokratlashtirish. 
2.
Ta’lim sohasida rejalashtirish va tahlil qilish nazariyasi va amaliyoti. 
Qiyosiy pedagogika GFRda ham rivojlandi. 1957 yilda Markaziy 
pedagogika instituti qoshida, keyinchalik GFR pedagogika fanlari Akademiyasi 
tarkibida chet ellarda maktab pedagogikasi institutiga aylangan, qiyosiy 
pedagogika bo’limi tashkil qilindi. 
Dunyoda ta’limni rivojlantirish muammolari haqida katta daliliy material va 
nazariy maqolalarni bosib chiqaruvchi “Qiyosiy pedagogika” jurnali doimiy chop 
qilinar edi. 


1960-80 yillarda GFRda pedagogik komparativistika namoyondalari Sharqiy 
Evropa davlatlarida va rus Ittifoqida ta’lim nazariyasi va amaliyotiga katta 
ahamiyat qaratdi. Bu masalalarni ishlab chiqish uchun maxsus markazlar va 
laboratoriyalar tashkil qilindi. Ular yirik G’arbiy Germaniya universitetlari qiyosiy 
pedagogika kafedralarida o’tkaziladigan izlanishlarda muhim o’rin egallar edi. 
Qator kitoblar hamda maqolalar chop qilindi. Bu yo’nalishning taniqli 
namoyondalari 
O.Anvayler, 
V.Mitter 
izlanish 
olib 
bordi. 
Pedagogik 
komparativistika rivojlanishiga, bolaligi va yoshligi rus Ittifoqida o’tgan L.Freze 
katta hissa qo’shdi. Uning “Rus va rus pedagogikasining g’oyaviy-tarixiy 
harakatga keltiruvchi kuchlari” (1956) kitobi konsepsiyasi G’arbiy germaniyalik 
pedagoglarning qator rusalogik izlanishlariga asos bo’ldi. Uzoq yillar davomida, 
Freze Marburg universitetining qiyosiy pedagogika kafedrasiga rahbarlik qildi. 
Aynan o’sha yerda 1960 yillar o’rtalarida xalqaro miqiyosda mashhur bo’lgan 
A.S.Makarenkoning biografiyasi va pedagogik merosini o’rganish laboratoriyasiga 
asos solindi. 
Sharqiy Evropa mamlakatlari orasida qiyosiy pedagogika rivojlanish 
masshtabi bo’yicha Polsha yetakchi o’rinda edi. Ilmiy bilimning bu tarmog’i 
uslubiy muammolarini Polsha qiyosiy pedagogika asoschisi B.Navrochinskiy, 
shuningdek, B.Suxodolskiy, T.Vilex, T.Penxerskiylar ishlab chiqdilar. Ularning 
ishlarida qiyosiy pedagogika predmeti, maqsad va vazifalari aniqlab beriladi. 
Qiyosiy pedagogika va davlat ta’lim siyosati orasidagi aloqaning o’ziga xosligi 
tavsiflanadi, qiyosiy izlanishlar uslubiy masalalari ishlab chiqiladi. 
1911 yilda Xitoyda yuz bergan revolyutsiya monarxiyani ag’dardi. Bu esa 
o’z navbatida chet el pedagogikasi tajribasiga e’tiborni sezilarli kuchaytirib, 
ta’limni jadal reformalash davrini ochib berdi. Davlatning avvalgi 
izolyatsiyalanganligi ortda qoldi. Xitoy pedagoglari AQSh, Evropa davlatlari, 
Yaponiyada ijodiy safarda bo’lib, Amerika maktablari ularda katta qiziqish 
uyg’otdi. Xitoyda o’sha davrda vujudga kelgan ta’lim tizimida Amerika ta’sirining 
izi bor edi.
Xitoy xalq Respublikasi tashkil qilingandan so’ng (1949) Rus pedagogikasi 
nazariyasi va amaliyotini mukammal o’rganish boshlandi. “Madaniy revolyutsiya” 
yillarida (1966-1976) chet el pedagogik tajribasini o’rganish butunlay to’xtadi, 
ammo 1970 yillar oxiridan yangilandi va keng tarqaldi. Ilmiy izlanishlar markaziy 
institutida qiyosiy pedagogika sektori tuzildi, qiyosiy pedagogika assotsiyatsiyasi 
barpo etildi, chet el pedagogikasini o’rganish bo’yicha Oliy o’quv yurtlararo 
markaz faoliyat ko’rsatdi. “Chet el pedagogikasi” jurnali va monografik 
materiallar, masalan: “Jahonda ta’limni rivojlantirish kelajagi” (1983), “Jahonda 
ilmni rivojlantirish yo’nalishlari” (1986) chop etildi. Xitoy pedagogik 
ensiklopediyasining (1992) 12-bobi butunlay qiyosiy pedagogikaga bag’ishlandi. 
O’sha davrning pedagogik adabiyotida chet el muammosi keng namoyon 
qilingan pedagogik bibliografiya ma’lumotlariga ko’ra, 1924 yildan 1930 yilgacha 
800 dan ortiq nashr hisobga olingan. Yirik Evropa davlatlarida ta’lim nazariyasi va 


amaliyoti haqidagi yirik ishlardan tashqari Avstriya, Belgiya, Vengriya, 
Gollandiya, Daniya, Polsha, Ruminiya, Shvetsariya, Shvetsiya, shuningdek, sharq 
mamlakatlari Yaponiya, Xitoy, Turkiya, Afg’oniston kabi davlatlardagi ta’limning 
u yoki bu masalalarini yorituvchi maqolalar bosilib chiqar edi. Amerika maktabi 
katta qiziqish uyg’otdi, chunki u sinovlar va xatolar uslubi bilan tuzilgan va 
hayotda tekshiruvdan o’tgan, uning tarkibi, ta’lim mazmuni va uslublarining jiddiy 
bir o’zgarishlarini hisobga olganligi uchun g’arbning asosiy pedagogik 
laboratoriyasi vazifasini bajarar edi. 1920 yillar oxirida Amerikada bo’lgan rus 
pedagogi M.S.Bernshteyn “Aynan Amerika pedagogikasi biz uchun katta qiziqish 
va ahamiyat kasb etadi. Bu boy mamlakatning nisbatan yoshligi, boshqaruvchi 
aholi guruhining ishbilarmonligi, asosan ulkan material resurslari va imkoniyatlari, 
natijalarni amaliyotga ijobiy qo’llash, eksperementlarda ochiq beriladigan 
prinsipial uslublar, ba’zida esa Amaliy xatolar nuqtai-nazaridan katta nazariy va 
amaliy qiziqish uyg’otuvchi pedagogik eksperementlar va tadbirlar uchun juda 
yaxshi imkoniyatlar yaratadi” deb yozadi. 
1920 
yillarda 
chiqqan 
E.Yanjul, 
N.Ilin, 
E.Gura, 
I.Svadkovskiy, 
B.Kamarovskiy, M.Shteyngauzlarning mazmunli ishlari AQSH maktabi va 
pedagogikasiga bag’ishlangan. Ularning ishlarida u yoki bu meyorda o’sha vaqtda 
shakllangan g’oyaviy fikrlar ishlatilgan, ammo shu bilan birga Amerika 
maktablarida o’quv jarayonini tashkillashtirish, uni yangilash yo’llarini izlash, 
“maktab va mehnat hayoti” muammosini hal qilishga bo’lgan qiziqarli urinishlarni 
batafsil tavsiflab berdilar.



Download 1,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish