Qarshi davlat universiteti «qiyosiy pedagogika»


-Mavzu. Qiyosiy pedagogik tadqiqotlarning dolzarb yo’nalishlari . Qiyosiy



Download 1,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/64
Sana16.03.2022
Hajmi1,62 Mb.
#493375
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   64
Bog'liq
Мажмуа Қиёсий пед 2021-2022 (pdf.io)

2-Mavzu. Qiyosiy pedagogik tadqiqotlarning dolzarb yo’nalishlari . Qiyosiy 
pedagogikaning taraqqiyot bosqichlari. 
Reja: 
2.1. Qiyosiy pedagogikaning ilmiv-tadqiqot metodlari: tavsiflash metodi, statistic 
metod, tarixiy metod, sosiologik va analitik metod. 
2.2. Fan taraqqivotinig birinchi davri. Qiyosiy pedagogika fani taraqqivotining 
ikkinchi va uchinchi davri, ularning o‘ziga xos xususiyatlari. 0 ‘zlashtirish, 
bashorat, ilmiyqiyosiy tadqiqotlar davri. Qiyosiy pedagogikaning rivojlanish 
bosqichlari
.
2.1. Qiyosiy pedagogikaning ilmiv-tadqiqot metodlari: tavsiflash metodi,
statistic metod, tarixiy metod, sosiologik va analitik metod

Qiyosiy pedagogika metodlari - 
metodologik yondashuvlar bilan bevosita 
bog’liq bo’lib, ular asosida amalga oshiriladi. Kompravistika uchun: tasvirlovchi, 
tarixiy, ijtimoiy, statistika, qiyoslash kabi metodlar ulkan ahamiyatga ega. 
Qiyosiy pedagogika yondosh fanlarda qo‘llanadigan tadqiqot metodlaridan 
ham foydalanadi. Tadqiqot jarayonida bu metodlar bir-biriga o‘zaro ta’sir qilib 
bog’lanib ketadi. Qiyosiy pedagogikaning o’ziga xosligi shundan iboratki, uning 
asosiy tadqiqot metodi qiyoslash metodidir.
Taqqoslash
(qiyoslash) turli madaniy an’analarga ega bo’lgan ta’lim tizimlarini 
o’zaro taqqoslash hamda qiyoslashga asoslanadi.
Taqqoslash metodi
 
– ta’lim tizimlari, pedagogik nazariya va amaliyotdagi 
umumiy va farqli jihatlarni, shuningdek, qonuniyatlar va tendensiyalarning 
namoyon bo’lishini aniqlaydi.
Taqqoslash metodi
ta’lim tizimlaridagi umumiylik va o’ziga xoslikni, 
pedagogik nazariya va amaliyotning o’xshash va farqli tomonlarni, qonuniyatlar va 
tendensiyalarning universal va spestifik jihatlarini ajratish imkonini beradi. 
Masalan, hududiy jihatdan yaqin bo’lgan Xitoy va Yaponiya ta’lim tizimlarini bir-
biriga qiyoslash imkoniyatlari kengroq. Ammo, bu ikki davlat ta’lim tizimlarini 
Evropa davlatlari bilan qiyoslash va taqqoslash maqsadga muvofiq bo’ladi. Fanlar 
ni qiyosiy metod bilan taqqoslash zarurligini ko’pgina olimlar uqtiradilar. Ularning 
fikricha, qiyosiy pedagogika fanlarni qiyoslash va taqqoslash obyektlar sohasidagi 
farqlarni aniqlash tufayli katta yutuqqa erishadi. Bu fanlarda qiyoslash xuddi 
qiyosiy anatomiya, botanika, tilshunoslik va boshqa fanlardagidek umumiy 
xarakter kasb etadi. Qiyoslanayotgan ma’lumotlarni taqqoslash turli ijtimoiy 
tizimga ega bo’lgan mamlakatlarda pedagogik hodisalarni qarama-qarshi va 
qiyosiy metod yordamida xalq maorifi tizimining ijtimoiy-iqtisodiy tuzum 


belgilangan prinsiplari, alohida mamlakatlar va maorif taraqqiyotining umumiy 
qonuniyailari va tendensiyalari, ilmiy xususiyatlari aniqlanadi. Maktab va 
maorifning ahvoli haqidagi miqdor va sifat ma’lumotlarini qiyoslash va solishtirish 
uchun umumiy sifat ko’rsatkichlari bo’lishi kerak. 
Qiyoslash va solishtirishda quyidagilar hisobga olinadi: ijtimoiy, iqtisodiy 
tizim, ta’lim va tarbiya sohasidagi tarixiy an’analar, mamlakat fan-texnika va 
madaniyatning rivojlanishi darajasi, pedagogik nazariyalar va ularning tarbiya 
amaliyotida ta‘siri aks etishidir. 
Tadqiqot metodlari tahlil qilinadigan materialning vazifasi va mazmuniga 
bog’liq bo’lib, hamkorlikda qo’llanishi mumkin. Pedagogik hodisalar, muammolar 
metod ko’rsatkichlari klassifikatsiyasi esa yetarli mukammal emas va yanada 
mukammallashtirishni talab qiladi. Materiallar asosiy uch guruh: Sharq, Evropa 
hamda rivojlangan mamlakatlarda pedagogik hodisalarni qiyosiy tahlil qilish 
prinsipi asosida bayon etiladi. Pedagogik muammoni qiyosiy tahlil etishda 
mamlakatlar guruhi yoki alohida mamlakatning qo’yilishi va hal etilishi, tavsifi 
hamda darajasiga ta’sir ko’rsatadigan o’ziga xos xususiyatlari hisobga olinadi. 

Download 1,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish