Qiyosiy pedagogika taraqqiyotining uchinchi bosqichi-rivojlanish bosqichi. XX
asr boshlaridan XX asrning 60-yillarigacha.
Bu davrda xorij qiyosiy pedagogikasi juda tez rivojlana boshladi. Qiyosiy
pedagogika turli ijtimoiy tuzumdagi mamlakatlar o’rtasidagi sotsial iqtisodiy va
siyosiy ziddiyatlarni aks ettirdi. Chet el mamlakatiarining pedagoglari
mamlakatlarda maktabning rivojIanishini tobora sinchkovlik bilan kuzata
boshladilar.
Ularning ko’pchiligi qiyosiy pedagogikani o’zlarining sohalari qilib oldilar.
Umumiy ta’limning rivojlanishi va majburiy ta’lim muddatlarining uzayishi va
darajasining oshishi, turli yo’nalishi, tipi, darajasi, maktablarning rivojlanishi,
ta’lim-tarbiya metodlarini takomillashtirish zaruriyati Yevropa va Amerikadagi
ko’pgina mamlakatlar uchun bir qator umumiy muammolarni ilgari surdi.
Qiyosiy pedagogika bo’yicha tadqiqotlar olib borgan Amerikalik olim Pol
Monro dunyoning turli mamlakatlar va hududlaridagi ta’lim va pedagogik
nazariyani tarixiy aspektda o’rganadi va milliy ta’lim tizimlariga ijtimoiylashtirish
ta’lim va tarbiyaning o’ziga xos jihatlariga alohida e’tibor qaratadi. Monroning
xizmati shundaki, ta’lim va tarbiyaga turli xil yondashuvlardagi yutuq va
kamchiliklarni qiyosiy-tahliliy o’rganib, ta’lim maqsadi va qadriyatlarini ajratadi.
Aynan u 1911-1913-yillarda AQSHda birinchi bo’lib, yaratilgan ta’lim
to’g’risidagi ensiklopediyaning ilmiy redaktori bo’ldi.
Komparativistikaning rivojlanishi turli ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy
tizimlardagi qizg’in o’zgarishlar, ziddiyatlarga to’g’ri keldi. Bu davrda qiyosiy
pedagogikaga oid tadqiqotlar bilan shug’ullanadigan tashkilot tarmoqlari ancha
kengaydi. Binobarin,
xalqaro ta’lim byurosi
tashkil etilib, u qiyosiy pedagogikaga
oid tadqiqotlarni munofiqlashtiruvchi markaz sifatida faoliyat ko’rsata boshladi.
Shuningdek, maxsus xalqaro davriy nashrlar: “Ta’lim va tarbiyaning xalqaro yillik
nashri” “Ta’lim yillik nashri” (AQSh), “Xalqaro pedagogik jurnal” (Germaniya) va
b. Qiyosiy pedagogika metodologiyasi va aniq tadqiqotlar bilan I.Kendel,
P.Monro, V.Rassel (AQSh), N.Xens (Angliya), F.Shnayder (Germaniya),
P.Rosselo (Shvetsariya) kabilar jiddiy shug’ullandilar.
1917 yildagi rus inqilobidan keyin qiyosiy pedagogika Rossiya u bosib
olgan davlatlarda rivojlana boshladi. Maorif xalq
maorif Xalq kommisariyati
tizimida faoliyat ko’rsatgan bir guruh pedagoglar xorij pedagogik nazariyasi va
maktab amaliyotini o’rganish bilan shug’ullana boshladilar. Bu tahlilning ustivor
yo’nalishi xorij davlatlaridagi ta’limning aynan maktab tizimi edi. Bu davrga kelib,
pedagoglar va keng jamoatchilik uchun turli pedagogik jurnallar chop etila
boshlandi. “Boshlang’ich ta’lim” (“Nachalnaya shkola”), “O’qituvchi” (“Uchitel”),
“Tarbiya uchun jurnal” (“Jurnal dlya vospitaniya”) va boshqalar shular
jumlasidandir. “Yangi maktab sari yo’l” (“Naputyax novogo shkole”) jurnalida
xorij ta’lim tizimi tahliliga oid maqolalar doimiy ravishda chop etib borildi.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, o’sha davrda pedagoglar “maorif” so’zini
juda ko’p va tez-tez qo’llaganlar. Zamonaviy pedagogik leksikonda esa, bu so’z
kamdan-kam qo’llanadi. Maorif tushunchasi ta’lim va bilimni tarqatish ma’nosida
qo’llanilib, o’sha paytda yangi ijtimoiy formastiyaga ko’tarilgan davlat uchun juda
zarur edi. Chunki o’sha davrda aholining ko’p qismi, shuningdek, kattalar orasida
ham savodsizlik ko’rsatkichi yuqori bo’lgan. Shuning uchun ham ta’lim
boshqaruvi bilan shug’ullanuvchi komissariyat (hozirgi sinonimi vazirlik) Xalq
maorifi komissariyati deb nomlangan.
Ular XIX asrning II yarmida maydonga kelgan ma’rifatchilik harakatining
merosxo’rlari sifatida butun o’lkada katta obro’ga ega bo’lib, rus, ozarbayjon, tatar
va boshqa qardosh xalq pedagoglarining ta’lim-tarbiya haqidagi fikrlarini hamda
darsliklarini o’rganib o’lka maktablarida keng yoyishda jonbozlik ko’rsatdilar.
Turkistonda ochilgan rus va tatar muallimlari boshchilik qilgan o’zbek
maktablarida qo’llangan usullardan foydalanib o’zlari tashkil qilgan maktablarda
uzoq vaqt davom etgan “Hijo” usuli o’rniga “usuli savtiya”da ta’limni tashkil
qildilar va darsliklar yaratdilar.
Mamlakatimizda 20 asrning boshlarida yangi ta’lim tizimi jadallashdi,
o’zbek ma’rifatparvarlari tomonidan chet el pedagogik tajribasini o’rganishga katta
e’tibor qaratildi. Davlatning qiyin iqtisodiy ahvoliga qaramay, pedagoglar va
maorif arboblari ta’lim sohasidagi yangi konsepsiyalar va haqiqiy o’zgarishlar
bilan tanishtirish maqsadida talabalarning chet el safarlari uchun mablag’ topar
edilar. O’zbek maktabi amaliyotiga ba’zi g’arbiy didaktik yangiliklarni kiritishga
urinishlar bo’ldi. Bu urinishlar har doim ham samarali bo’lavermas edi, ammo ular
ta’limni abstrakt xarakterini yengish uchun va o’z maktablarida o’quv jarayonini
faollashtirish uchun chet el tajribasidan foydalanishga intilishni aks ettirar edi.
Mahmudxo’ja Behbudiy, Munavvar Qori, Sadriddin Ayniy, Fitrat,
Cho’lpon, Abdulla Qodiriy, Abdulla Avloniy, Hamza, G’ozi Yunus, Xurshid va
boshqa ziyolilar madaniyat, maorif sohalarida jonbozlik ko’rsatdilar va yangi
usuldagi maktablarning keng tarmoqlarini yaratish sohasida faoliyat olib bordilar.
Ma’rifatparvarlar 1906 yildayoq “Taraqqiy” deb nomlangan gazeta nashr
ettirib, o’z g’oyalarini tarqata boshladilar, oradan ko’p o’tmay, “Xurshid”,
“Shuhrat” singari yangi gazetalar dunyo yuzini ko’rdi. 1922—1923 yillarda Fitrat
Buxoro Xalq Respublikasining maorif noziri sifatida barcha o’zbek, tojik va
boshqa millatlarning bolalari uchun maktablar ochish, o’quvchilarga metodik
qo’llanmalar tayyorlash sohasida katta ishlar olib bordi. Xotin-qizlar maktablarini
ko’paytirishga, xotin-qizlarni ma’rifatga tortishga alohida e’tibor berdi.
Fitrat o’sha yillarda Buxoro Xalq Respublikasidan Germaniyaga, Turkiyaga
talabalar yuborish, u yerdagi ilg’or Evropa ta’lim-tarbiyasi, ilm-fan, texnika
sirlarini o’rganish, yangi Buxoro Xalq Respublikasi va Turkistonda maorif va
madaniyatni
rivojlantiruvchi
mahalliy
milliy
kadrlar
tayyorlash
tashabbuskorlaridan biri bo’ldi. Ayni chog’da Buxoro Xalq Respublikasi raisi
Fayzulla Xo’jaev ham Turkiston Sho’rolar Respublikasi rahbarlari Turar Risqulov,
Abdullo Rahimboev, Nazir To’raqulovlar bilan birga Buxoro va Toshkent,
Samarqand va Farg’ona, Xo’jand va Xivadan Sattor Jabbor, Sayidali Xo’ja,
Maryam Sultonmurodova, Hayriniso Majidxonova, Saida Sherahmad qizi Ahmad
Shukriy, Ahmadjon Ibrohimov kabi o’nlab mahalliy millat o’g’il va qizlarini
Germaniyaga o’qishga yuboradi. Ularning ahvoli, moddiy va ma’naviy, tarbiyaviy
ishlaridan xabardor bo’lib turadi. Germaniyadagi o’zbek talabalari “Ko’mak”
nomli o’zbekcha jurnal chiqarishadi.
O’lkada olib borilgan siyosat tufayli o’zbek xalqi o’z tarixi, milliy urf-
odatu an’ana, umuminsoniy qadriyatlarini bilish va o’rganish imkoniyatlaridan
mahrum bo’ldi. Millat taqdiri, maorif ravnaqi uchun jon fido qilgan, erkin, hur
fikrli alloma ma’rifatparvarlar — Abdurauf Fitrat, Munavvar Qori
Abdurashidxonov, Elbek, Otajon Hoshimov, Shokir Sulaymon, Cho’lpon, Abdulla
Qodiriy qatl etildi. Usmon Nosir, Botu va boshqalar Sibirga surgun qilindi.
Turkiston o’lkasida yuz bergan to’ntarish ma’rifatning, ijtimoiy tuzumning,
ishlab chiqarishning sezilarli darajada rivojlanishida muhim rol o’ynadi. O’lkada
juda ko’plab ziyolilar etishib chiqdi, savodsizlikka barham berildi. Lekin kezi
kelganda shu narsani ham qayd etish kerakki, Oktabr to’ntarishi o’lkada, sobiq
sovet ishlarini amalga oshirishda katta ahamiyat kasb etishi bilan birga, o’zbek
milliy qadriyatlariga putur yetkazishga, milliy xalqni ruslashtirishga harakat
qilingani, ma’naviyatimizning yo’qolayotganligiga, tariximizning toptalishiga
urinishlar bo’lganligini hech kim inkor etolmaydi, albatta. Chunki har qanday xalq
o’z milliyligi, qadriyatlari va madaniyati bilan buyukdir. O’zbek xalqining ana shu
buyukligi ruslar istilosi ostida ko’p yillar davomida toptalib, oyoq osti qilindi.
Endilikda shukrlar bo’lsinki, mustaqillik sharofati bilan yo’qotayozgan barcha
milliy va ma’naviy boyliklarimiz, qadriyatlarimiz tiklanmoqda.
Xorij davlatlari maktab tajribasi va pedagogik nazariyasi bilan yaqindan
tanishish uchun chet el pedagoglari va olimlarining sobiq sovet ittifoqiga va sovet
pedagoglarining xorij davlatlariga safari katta ahamiyatga ega bo’ldi. Bu o’sha
davrda sovet pedagogikasining rivojlanishiga katta ta’sir ko’rsatdi. XX asrning 30-
yillarida sobiq sovet ittifoqiga dunyoning turli davlatlaridan ko’pgina pedagog va
psixologlar tashrif buyurardi. Ular orasida mashhur amerikalik olim, pedagog,
psixolog, nazariyotchi va amaliyotchi, zamonaviy Amerika ta’limining nazariy
asosini yaratgan Djon Dyu ham bor edi. Uning jahon hamjamiyati ta’lim tizimini
takomillashtirish va modernizatsiya qilish uchun bugungi kunda ham o’z
dolzarbligini yo’qotmagan qator asarlari va maqolalari rus tiliga tarjima qilindi.
O’sha davrda xorij pedagogik tajribasini tahlil va tadqiq qilishga oid
izlanishlar bilan P.F. Kapterev, P.G.Mijuev, A.P.Pinkevich va boshqa qator rus
olimlari shug’ullandilar. Shuningdek, A.P.Pinkevich redaktorligida “Xorij
pedagogikasi Byulleteni” chop etila boshlandi. A.P.Pinkevich rus ta’limi
muammolarini Amerika, Fransiya, Germaniya, Avstriya va boshqa davlatlar
pedagogik muammolarini qiyosiy tahlil qilish barobarida o’rgandi. Shu bilan bir
qatorda ijtimoiy muhit va undagi o’zgarishlarning o’sib kelayotgan yosh avlod
tarbiyasiga ta’siri muammolariga alohida e’tibor qaratdi. P.F.Kapterev esa,
umuminsoniy qadriyatlar xalq va milliy qadriyatlarni umumlashtirgan bo’lib, ular
tabiiy ravishda istalgan jamiyatning ijtimoiy mavqeiga ko’ra farqlanishini
ta’kidlaydi. Shuning uchun ham uning fikricha, turli davlatlardagi ta’lim tizimining
umumiy, universal jihatlarini o’rganib, ularni boshqa xalqlarning mental
xususiyatidan qat’iy nazar qo’llash mumkin bo’lsin. Shu ma’noda uning pedagogik
qarashlari kosmopolitik xarakterga ega edi. P.D.Mijuev – G’arbiy Evropa,
Amerika va Osiyo ta’limi to’g’risidagi ko’plab asarlarning muallifidir. U keng
ko’lamdagi tadqiqotlar olib borgan pedagog bo’lib hisoblanadi. P.D.Mijuev taniqli
chet el pedagoglarining faoliyatini tahlil qildi va umumlashtirdi, chet el ta’limi
muammolariga oid qator maqola kitoblar chop etdi. P.D.Mijuevning qiziqishlari
sohasiga Germaniya, Fransiya, Shvetsiya, AQSh, Angliya, Norvegiya va boshqa
mamlakatlarning ta’lim tizimi ham kiradi.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, qiyosiy pedagogika taraqqiyotining bu
bosqichida o’ziga xos jihat – bu ikki siyosiy tuzumning (sotsialistik va kapitalistik)
g’oyaviy qarama-qarshiligi yaqqol aks etib turar edi. Bu esa o’z navbatida ta’lim
tizimlari mazmun-mohiyatiga o’z ta’sirini o’tkazdi. Bu qarama-qarshilik ayniqsa,
1929 yildan boshlab keskin tus oldi. Shundan so’ng qattiq senzurali taqiqlar xorij
davlatlari ta’limi to’g’risidagi obyektiv ma’lumotlarni tadqiq qilish va nashr
etishga yo’l qo’ymadi. Hatto xorij ta’limini tadqiq qilgan ba’zi olimlar
repressiyaga uchragan edilar (A.P.Pinkevich).
Pedagog olimlarning xalqaro miqyosda zarurligi turli xil region va xalqaro
ilmiy tadqiqot tashkilotlari tashkil topishiga olib keldi. Kolumbiya universitetining
pedagogika kolleji qoshida xalqaro institut (AQSH), 1925 yildan boshlab
Berlindagi ta’lim-tarbiya markaziy institutning chet el pedagogikasi va maktabi
bo’limi o’zining ilmiy tadqiqot va amaliy faoliyatini kuchaytirdi. Qator vaqtli
nashrlar chop qilindi. Kolumbiya institutining AQSh “Maorif yilnomasi” 1934
yilgacha nemis, ingliz va fransuz tillarida chop etilgan. “Xalqaro pedagogik jurnal”
(Germaniya) va boshqalar. Yevropa va Amerikada ilmiy konferensiya va
seminarlar tashkil qilindi. Turli mamlakatlarda ta’lim sistemasi bilan tanishish
maqsadida chet ellarga borish, xalqaro uchrashuvlar va chet el maktabini
o’rganishning boshqa turlari keng rivojlandi.
Qiyosiy pedagogik tadqiqotlarning amaliy vazifasi kengaydi. Qiyosiy
tadqiqot ishlari ancha chuqurlashib, maqsadga yo’naldi. Mamlakatlarning
madaniy-tarixiy va sotsial-iqtisodiy sharoti tufayli XX asrda qiyosiy pedagogika
– pedagogikaning mustaqil sohasi bo’lib ajralib chiqdi. Qiyosiy pedagogika
nazariyasi masalalariga bag’ishlangan bir qator ishlar e’lon qilindi. Yevropa va
Osiyo mamlakatlarida xalq revolyutsiyalari g’alaba qozonishi, sotsialistik
mamlakatlarning o’z mustaqilligini e’lon qilishi, xalq maorifi sistemasiga ta’sir
ko’rsatdi.
1945 yili Parijda BMT tashkiloti (YUNESKO) tuzildi. Xalqaro pedagogika
sohasidagi tadqiqotlar uchun kerakli ma’lumotlar ko’paydi. Jahon mamlakatlarida
maorifning ahvoli haqida yilnoma nashr qilina boshladi. Qiyosiy pedagogika
muammolari bo’yicha xalqaro anjuman uyushtirildi. 1956 yillarda AQSH qiyosiy
pedagogika jamiyati yuzaga keldi. Londonda Yevropa Qiyosiy pedagogika
jamiyati tashkil qilinib, vazifalari belgilab olindi.
Ikkinchi jahon urushidan so’ng AQShdagi Qiyosiy pedagogika Jamiyati
sohaga oid muammolarni o’rganishga kirishdi. Shunday tashkilotlar jumlasiga:
Buyuk Britaniya, GFR, Belgiya, Ispaniyada bo’limlari bo’lgan Londondagi Evropa
Qiyosiy pedagogika Jamiyati, Avstriya, Kanada va Yaponiya jamiyati,
Gamburgdagi pedagogika instituti, Zalsburg (Avstriya) dagi qiyosiy pedagogika
instituti, Kyusyu universiteti qoshidagi qiyosiy pedagogika instituti hamda
pedagogik tadqiqotlar davlat instituti (Yaponiya) va boshqalar ham kiradi. Bu
davrda evropa qiyosiy pedagogika jamiyati hamda Butundunyo qiyosiy
pedagogika jamiyati kengashi faol ish olib boradi, kongresslar tashkil etadi. Qator
xalqaro jurnallar: “Qiyosiy pedagogika”, “Qiyosiy pedagogika bo’yicha axborot”,
“Ta’lim dunyosi” kabilar chop etila boshlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |