0‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilish darsining tuzilishi:
Tashkiliy qism;
Origanilganlami umumiy tarzda takrorlash (yodga tushirish);
nazorat ishini o‘tkazish;
Uy vazifasi (o‘rganilganlami qayta takrorlash maqsadida).
Laboratoriya darslarining tuzilishi:
Amaliy darslarning tuzilishi:
Tashkiliy qism;
Nazariy materiallami mustahkamlash; v) amaliy ish topshiriqlarini bajarish;
O'quvchilami baholash; d) uy vazifasi.
Har bir dars quyidagi uchta asosiy vazifani hal etishga yo‘naltiriladi:
O‘qitish,
Tarbiyalash,
Rivojlantirish.
Ana shuni hisobga olib darsga didaktik, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi talablar qo‘yiladi.
Didaktik (yoki ta’lim)iy talablarga har bir darsning ta’lirn vazifalarini aniq belgilash, darsni axborotlar bilan boyitish, ijtimoiy va shaxsiy ehtiyojlami hisobga olish bilan mazmunini optimallashtirish, idrok etish eng yangi texnologiyalarini kiritish, turli xildagi shakl, metodlar va vositalardan mos ravishda foydalanish, dars tuzilishini shakllantirishga ijodiy yondashisb, jamoaviy faoliyat usullari bilan birga o‘quvphilar rnustaqil faoliyatlarini turli shakllaridan birga foydalanish, operativ qayta aloqani ta’minlash, amaliy nazorat va boshqaruvni amalga oshirish, ilmiy mo‘ljal va darsni mahorat bilan o‘tkazishni ta’minlash kabilar kiradi.
Darsga nisbatan qo‘yiladigan tarbiyaviy talablar o£quv materialining tarbiyaviy imkoniyatlarini aniqlash, darsdagi faoliyat, aniq erishilishi mnmkin bo‘lgan tarbiyaviy maqsadlarni shakllantirish va qo‘yish, faqat o‘quv ishlari maqsadlari va mazmunidan tabiiy ravishda kelib chiqadigan tarbiyaviy masalalami belgilash, o'quvchilami umuminsoniy qadriyatlarda tarbiyalash, hayotiy muhim sifatlar (tirishqoqlik, tartiblilik, mas’uliyatlilik, intizomlilik, mustaqillik, uquvchanlilik, e’tiborlilik, haiollik va boshqalar)ni shakllantirish, o‘quvchilarga diqqat-e’tiborli munosabatda boiib, pedagogik odob talablariga amal qilish, o‘quvchilar bilan hamkorlik va ulaming muvaffaqiyat
qozonishlaridan manfaatdor bo‘lishdan iborat.
Barcha darslarda doim amalga oshirilib boriladigan rivojlantiruvchi talablarga o'quvchilarda o‘quv-bilish faoliyati ijobiy sifatlari, qiziqish, ijodiy tashabbuskorlik va faollikni shakllantirish hamda rivojlantirish, o'quvchilaming idrok etish imkoniyatlari darajasini o‘rganish, hisobga olish, «rivojlamshning yaqin zonasini loyihalashtirish», «o‘zib ketish» darajasidagi o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish, rivojlanishidagi yangi o‘zgarishlarni rag'batlantirish, o‘quvchilaming intellektual, emotsional, ijtimoiy rivojlanishlaridagi «sakrash»lami oldindan ko‘ra bilish, boshlanayotgan o'zgarishlami hisobga olish asosida o‘quv mashg‘ulotlarini operativ qayta qurish kabilar kiradi.
Ibtidoiy jamoa va quldorlik tuzumi davrlarida insoniyat taraqqiyoti davomida orttirilgan hayotiy tajribalar amaliy harakatlar yordamida yosh avlodga uzatib borilgan bo‘lsa, keyinchalik ular aniq belgilangan joy va ayrim toifa kishilar tomonidan maxsus o‘qitila boshlandi. Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasiga ko‘ra o‘qitish mazmun-mohiyati, tuzilishi va maqsadiga ko‘ra turli ko‘rinish va shakllarda tashkil etib kelingan.
O‘qitishning ilk maxsus turi qadimgi yunon faylasufi Suqrot (er. av. 469-399 yillar) tomonidan tashkil etilgan savollarga javob topishdan iborat o‘qitish hisoblanadi. O‘qitishning bu turi suqrotcha suhbat deb ataladi. Faylasuf (o‘sha davrda bolalarni o‘qitish faylasuflar tomonidan olib borilgan) bolalarda qiziqish, bilish bo‘lgan intilishni yuzaga keltiuvchi savollardan foydalangan. Bolalar faylasuf rahbarligida mulohaza yuritish orqali voqea-hodisalarning mohiyatini idrok etishgan. Ritorik savollarni muhokama qilish, odatda faylasufning mulohazasi bilan to‘ldirish bilan yakunlangan. Suqrotcha suhbatlar bir yoki bir necha o`quvchilar ishtirokida tashkil etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |