Qarshi davlat universiteti pedagogika kafedrasi


Interfaol darsga qo‘yiladigan talablarni shartli ravishda 4taga ajratish mumkin



Download 5,29 Mb.
bet37/208
Sana01.04.2022
Hajmi5,29 Mb.
#522866
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   208
Bog'liq
Бердиева.мажмуа миллий гоя(1)

Interfaol darsga qo‘yiladigan talablarni shartli ravishda 4taga ajratish mumkin.
1. Tarbiyaviy talablar.
2. Psixologik talablar.
3. Gigienik talablar.
4. Didaktik talablar.
Darsga qo‘yiladigan tarbiyaviy talablar.
O‘quvchilarda mustaqil fikr yuritishni, eng yaxshi ahloqiy sifatlarini, olgan bilimini xayot bilan bog‘lay olishni, vatanni uning tarixi, ma’daniyati, urf-odatlarini, eng asosiysi insonni xurmat qilishni, ilmiy dunyoqarashni, estetik didni, kasb-hunarga qiziqishni, iqtisodiy, xuquqiy, ekologik ma’daniyatni tarkib toptirishni tarbiyalash kerak.
Darsga qo‘yiladigan psixologik talablar.
O‘quvchilarning individual-psixologik xususiyatlarini bilgan xolda ularda xotira, ongli idrok etishni, mustahkam irodani, tasavvur qila olishni, mavhum xodisalarni tafakko’rlay olishni, o‘quvchilarda davlat ta’lim standartlari qo‘ygan talablarni, ular yoshiga mosligini hisobga olishni ta’minlashdan iboratdir.
Darsga qo‘yiladigan gigienik talablar.
Sinfdagi havo harorati, yorug‘lik miqdori, uning tozaligi, estetik did bilan jixozlanishi, o‘quvchilarga beriladigan topshiriqlarning ular yoshiga mosligini hisobga olish kabilarga rioya qilish shart.


Interfaol darsga qo‘yilgan didaktik talablar.

  • Darsning ta’limiy-tarbiyaviy maqsadini aniq belgilash.

  • Dars mavzusini qiziqarli, ilmiy faktlar bilan boyitish.

  • Dars mavzusining mohiyatini o‘quvchilarning o‘zi mustaqil fikrlab o‘zlashtirishiga erishish.

  • Darsda barcha o‘quvchilarning faol ishtirokini ta’minlash.

  • O‘quv materialini o‘quvchilar tomonidan sodda tarzda qabul qilishga, hayot bilan chambarchas bog‘lashiga erishish.

  • Mavzu mos ta’lim metodlarini tanlash. Bu metodlar asosan qisman izlanish hamda izlanish darajasida bo‘lishi zarur.

  • mavzu mazmuniga mos ta’lim vositalarini tanlash va ulardan ko‘proq o‘quvchilarning foydalanishiga erishish.

  • O‘quvchilarnig bilim manbalari bilan mustaqil ishlashga o‘rgatib borish.

  • O‘quvchilarni dars mazmuniga mos ravishda milliy istiqlol mafko’rasi, o‘z tarixi, tili, urf-odatlari hamda boy ma’daniyatimiz bilan faxrlanishga o‘rgatish.

  • Dars mavzusini boshqa o‘quv fanlari bilan bog‘liqligini ta’minlash. O‘quvchilarda yaxlitlik ilmiy dunyoqarashni shakllantirish. Dars mavzusini o‘lkashunoslik tamoyiliga asoslanib o‘rgatish.

  • O‘quvchilarda dars mavzusiga mos ravishda iqtisodiy, xuquqiy, ekologik ma’daniyatni tarkib toptirish.

  • Darsda Davlat ta’lim standarlarida o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalariga qo‘yilgan talablarni to‘liq bajarilishiga erishish.

  • O‘quvchilar o‘zlashtirilgan bilim sifatini xolisona baxolanishiga erishish.

Pedagogika fanida, o'qituvchilaming amaliy tajribasini o‘rganish va umumlashtirish asosida ta’lim metodlarini tanlashga o‘quv-tarbiya jarayoni kechayotgan shart-sharoitlar va aniq holatlarga bog‘liq muayyan yondashuvlar vujudga keladi. Ta’lim metodlarini tanlashda quyidagi holatlar inobatga olinishi lozim:

  • Та’limning umumiy maqsadlari.

  • Fanning va- o‘rganilayotgan mavzuning mazmuni hamda o‘ziga xosliklari.

  • Biror fanni o‘qitish metodikasining o‘ziga xosliklari.

  • Materialni o‘rganishga ajratilgan vaqt.

  • 0‘quv mashg‘ulotining maqsadi, vazifalari va mazmuni.

  • 0‘quvchilaming yoshi va bilish imkoniyatlari.

  • О ‘ quvchilarning tayyorgarlik daraj asi.

  • T a’lim muassasasining moddiy ta’minlanganligi.

  • 0‘qituvchining nazariy, amaliy va metodik tayyorgarligi, pedagogik mahoratni egallaganlik daraj asi.

Та’lim metodlari ta’lim vositalari bilan birgalikda qo‘llaniladi. Ta’lim vositalari - bu yangi bilimlami o‘zlashtirish uchun o'qituvchi va o‘quvchilar tomonidan foydalaniladigan obyekt. Ta’lim vositalari katta ahamiyatga ega. Та’limning barcha vositalari ta’lim maqsadlarini muvafaqqiyatli amalga oshiradi.


Ta’lim vositalari o‘zida o‘quv-tarbiyaviy maqsadga erishish uchrm zarur bo’lgan moddiy yoki ma’naviy qadriyatlami aks ettiradi. Odatda ular ta’lim metodlariga mos holatda foydalaniladi. Biroq agar metodlar «qanday o‘qitish» savoliga javob bersa, vositalar esa, «uning yordamida nimani o‘qitish» savoliga javob beradi.


An’anaviy ravishda qo'laniladigan ta’lim vositalariga darslik, rasmlar, jadvallar, nutq, o‘quv-ustaxonasi jihozlari, laboratoriyalar, axborot vositalari, o‘quv jarayonini tashkil etish va boshqarish vositalari kiradi.
Didaktik vositalar metodlar singari ta’limiy, tarbiyaviy va rivoj- lantiruvchi funksiyalami bajaradi. Bundan tashqari o‘quvchilaming o‘quv-bilish faoliyatini hosil qilish, boshqarish va nazorat qilish vazifalarini bajaradi.

Didaktik vositalar audivizuallik tafsilotida motivatsion, axborot, ta’lim jarayonini boshqarish, optimallashtirish funksiyalarini bajaradi.


Fanni o‘qitish bilan bog’liq holda ta’lim vositasi tanlanadi. 0‘qituvchi o‘zining ixtiyori bo‘yicha ko‘rgazmali material, o‘quv qo’llanmadan foydalanishi mumkin. Ta’lim vositasini qo’llashning yana bir jihali albatta ta’lim jarayonining tarkibiy qismi sifatida aks ettirishidir.
Ta’lim vositasini tanlab olish ta’lim metodini tanlash bilan bog’liq. Agar ta’limning faol metodi(kitob bilan ishlash, mashqlar) foydalanilsa, u holda o'quv qo’llanmalari, darsliklar va ta’limning texnik vositalaridan foydalaniladi. Aynan ta’limning aktiv-texnik vositalari amaliy metodlarda foydalaniladi.
Ta’limning passiv(sust) metodlari(o‘quvchilar eshitadi, ya’ni hikoya, ma’ruza, tushuntirish, ekskursiya) ta’limning ko‘rgazmali
vositalaridan foydalaniladi. Ta’limning ko‘rgazmali vositalari pedagogning o‘zi tomonidan tuzilgan boTishi mumkin.
Vositalaming istalgan turidan fovdalanishda o‘lchov va mutanosiblikka e’tibor berish kerak. Masalan, ko‘rgazmali vositalaming soni yetarli bo‘lmasligi bilimlaming sifatiga ta’sir ko‘rsatadi, bilishga qiziqishni pasaytiradi, obrazli idrok etishni rivojlantirmaydi. Ulardan haddan tashqari foydalanish o‘quvchilaming oTganilayotgan fanga yengil-yelpi qara-shiga olib keladi. Murakkab mavzulami o‘rganishda 4-5 demonstratsiya opti­mal hisoblanadi.

Download 5,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish