Qarshi davlat universiteti pedagogika kafedrasi


Ta’limnmg fundamentalligi va amaliy yo‘nalganligi tamoyilining



Download 5,29 Mb.
bet29/208
Sana01.04.2022
Hajmi5,29 Mb.
#522866
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   208
Bog'liq
Бердиева.мажмуа миллий гоя(1)

Ta’limnmg fundamentalligi va amaliy yo‘nalganligi tamoyilining ahamiyati shundaki, umuiy o‘rta ta’lim maktablaridayoq o‘quvchilar chuqur nazariy va amaliy tayyorlikdan o‘tadilar. Mazkur holat an’anaviy didaktikada ta’limning hayot bilan, nazariyaning arnaliyot bilan bog‘liqligi tamoyili sifatida ifoda etiladi. 0‘qishda fimdamentallik bilimlaming ilmiyligi, to‘liq va chuqur bo‘lishini ko‘zda tutadi. U yuksak intellektual salohiyat, fikrlash layoqatining tadqiqotchilik ko‘rinishda bo‘lishi, bilimlarini
doimiy ravishda to‘ldirib borish istagi va malakalarini talab etuvchi zamonaviy ilmiy-texnik taraqqiyotga asoslanganlik bilan
tavsiflanadi.





  • Ta’limning tizimliligi va izchilligi;

  • Ta’limda onglilik,

  • Faollik va mustaqillik;

  • Ko’rsatmalilik;

  • Ta’limning o’quvchilarga mos bo’lishi;

  • Ta’limda bilim ko‘nikma va malakalami puxta va mustahkam o’zlashtirish tamoyili;

  • Tushunarlilik.











O‘quv jarayonida amal qiluvchi barcha qonuniyatlar umumiy va xususiy xarakter kasb etishiga ko‘ra ikki guruhga ajratiladi. Amal qilinishiga ko‘ra yaxlit didaktik tizimni qamrab oladigan qonuniyatlar umumiy, amal qilinishiga ko‘ra faqat alohida tarkibiy qismlariga tegishli bo‘lgan qonuniyatlar esa xususiy deb ataladi.


Ta’lim qonuniyatlari quyidagilardan iborat:
1) ta’lim omillari, shart-sharoitlari va natijalari o‘rtasida o‘zaro aloqadorlikning mavjudligi;
2) ta’lim jarayonining ijtimoiy omillar va jamiyat ehtiyojlari bilan bog‘liqligi;
3) ta’lim, rivojlanish va tarbiyaning o‘zaro birligi;
4) har qanday ta’lim jarayonida o‘qituvchi, o‘quvchi va o‘rganilayotgan obyektlar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirning talab etilishi;
5) ta’lim jarayoni samaradorligining o‘quvchilar tomonidan ko‘rsatiladigan o‘quv faolligi asosida ta’minlanishi;
6) malakalarning muayyan operasiya va harakatlarning muntazam, ko‘p bora takrorlanishi natijasida hosil bo‘lishi;
7) o‘zlashtirishning puxtaligi takrorlashning izchilligiga bog‘liq ekanligi;
8) o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilgan murakkab faoliyat usullarining o‘qituvchi tomonidan ularga eng oddiy faoliyat usullarini muvaffaqiyatli o‘zlashtirilishi natijasi ekanligi.
Ta’lim qonuniyatlari asosida unga qo‘yiladigan talablar – ta’lim tamoyillari aniqlanadi.


Ta’lim jarayonida quyidagi tamoyillar ustuvor xarakter kasb etadi:


-ijtimoiy-g‘oyaviylik;
-onglilik va faollik;
-ilmiylik va tushunarlilik;
-ko‘rgazmalilik;
-mustahkamlik;
-tarbiyalovchi xarakterga egalik;
-fundamentallik va amaliy yo‘nalganlik (ta’limning hayot bilan, nazariyaning amaliyot bilan bog‘liqligi);
-tabiat bilan uyg‘unlik;
-madaniy taraqqiyot bilan uyg‘unlik;
- ta’limning o‘quvchilar yoshi va individual xususiyatlariga mos kelishi;
-insonparvarlik;
-oqilona talabchanlik bilan bola shaxsini hurmat qilishning muvofiqliligi;
-pedagogik hamkorlik
Har qanday jarayon – harakatdir, rivojlanishdir, moddiy dunyodagi narsalar yoki hodisalarning asta-sekin o’zgarishidir. Hayot davom etar ekan butun borliq ham, inson ham harakatda.
VI. Ta‘lim jarayonida o’qituvchi faoliyatining xususiyatlari.
O’qitish ham, o’qish, bilim olish ham jarayon ya‘ni harakatdir. O’qitish jarayoni yosh avlodda aqliy kuchlarni rivojlantirish, ularni ilmiy bilimlar, ko’nikma va malakalar bilan qurollantirish axloqiy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan harakatdir. Bu jarayonda bolaning ongi, tafakkuri, bilim olishi, dunyoqarashi yangilanishda, takomillashuvda ya‘ni harakatda bo’ladi. Ta‘lim-inson bilish faoliyatining eng murakkab turlaridan biri hisoblanadi. O’qituvchi ta‘lim jarayonida faqat bilim berish bilan cheklanmaydi, balki bu jarayonda o`quvchiga ta‘sir ko’rsatadi, bu esa ularning bilim olishlarini yanada faollashtiradi, natijada o`quvchi ta‘lim jarayonining faol ishtirokchisiga aylanadi. Ta‘lim berish uchun o’qituvchi mutaxassis sifatida o’z fanini chuqur bilishi, pedagogik mahorat, muloqat ustasi bo’lishi zarur.
Ta‘limning asosiy vazifasi shaxsni ilmiy bilimlar, ko’nikma va malakalar bilan qurollantirishdan iborat.Ta‘lim orqali yosh avlodga insoniyat tajribasi to’plagan bilimlar beriladi, zaruriy ko’nikma va malakalar hosil qilinadi, bundan tashqari ularda dunyoqarash, axloqiy-ma‘naviy sifatlar, e‘tiqodlar, qobiliyatlar shakllanadi.Ta‘lim jarayonida bilim, ko’nikma va malakalar bir-biri bilan uzviy bog’lanadi, bunda bilimlar yetakchi rol o’ynaydi. Avvalo ta‘lim tushunchasi so’zining ko’p ma‘noli ekanligini ko’rsatmasak, ta‘lim so’zini to’liq anglab bo’lmaydi. Ta‘lim turli shakllarda namoyon bo’ladigan ko’p tomonli hodisadir.
Abu Nasr Farobiy (873-950) ta‘lim tarbiyaga oid asarlarida ta‘lim-tarbiyaning muhimligi, unda nimalarga e‘tibor berish, ta‘lim tarbiya usullari haqida fikr yuritadi. Bu jihatdan uning “Fozil odamlar shahri”, “Baxt saodatga erishuv to’g’risida”, “Ilmlarning kelib chiqishi”, “Aql ma‘nolari to’g’risida” kabi asarlari muhim ahamiyatga ega. Farobiy ta‘lim tarbiyaga birinchi marta ta‘rif bergan olim hisoblanadi. Ta‘lim degan so’z insonga o’qitish, tushuntirish asosida nazariy bilim berish, tarbiya-nazariy fazilatlarni, ma‘sul hunarni egallash uchun zarur bo’lgan xulq normalarini va amaliy malakalarni o’rgatishdir, deydi olim.Ta‘lim faqat so’z va o’rgatish bilamgina bo’ladi. Tarbiya esa amaliy ish, tajriba orqali o’rganishdir.Farobiy, “Baxt-saodatga erishuv to’g’risida” asarida bilimlarni o’rganish tartibi haqida fikr bayon etgan. Uning ta‘kidlashicha, avval bilish zarur bo’lgan ilm o’rganiladi, bu-olam asoslari haqidagi ilmdir. Uni urgangach, tabiy ilmlarni o’rganish zarur. Undan so’ng umuman, jonli tabiat-o’simliklar va hayvonlar haqidagi ilm o’rganiladi-deydi.
Farobiy fanlarni tasniflash bilan birga, ularni qanday o’rganish masalasiga alohida tuxtalgan. Uning fikricha har bir fanni o’rganiuvchi oldin o’zini shu ilmni o’zlashtirishga tayyorlashi, so’ngra haqiqatni izlashi, o’zining salomatligi, odob-axloqiga jiddiyroq e‘tibor berishi lozim. Kimki ilm xikmatni o’rganishni istasa bu ishni yoshligidan boshlasin.
Farobiy didaktik qarashlarida ustoz o’qituvchining ma‘suliyatini alohida ifodalaydi. “Ustoz-deydi u shogirdlariga qattaq zulum ham, xaddan tashqari ko’ngilchaklik ham qilmasligi lozim”. Chunki ortiqcha zulm shogirdda ustozga nafrat uyg’otadi, bordi-yu ustoz juda yumshoq bo’lsa, shogird uni mensimay quyadi va u beradigan bilimdan sovib qoladi.
Abu Rayxon Beruniyning aqliy ta‘lim haqidagi fikrlarini o’rganar ekanmiz eng avvalo uning ilm olish, bilimdagi ta‘lim uzviyliklari, o’qish, o’qitish va o`quv qurollari, yozuv belgilari haqida aytgan fikrlari g’oyat qimmatlidir.Beruniy o’zining ta‘lim-tarbiyaga oid qarashlarida, “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”, “Xindiston”, “Mineralogiya”, “Kitob-as-Saydana” kabi asarlarida bayon etgan.
Beruniy o’z asarlarida dunyoni ilmiy bilish yo’llarini ko’rsatib berdi. Beruniyning fikricha kishi bilimiga asos bo’lib, uni aql bilan uylash, hayotl surish, fikrlash jarayoni manbaidir.Beruniy ta‘lim-tarbiyaga o`quvchilarning diqqatini jalb qilish, mashg’ulotlar davomida o`quvchini zeriktirib qo’ymaslik uchun ta‘lim olishning turli yo’llari, shakl va metodlar ustida tuxtaladi.
U yozadi: “Bizning maqsadimiz o`quvchini toliqtirmaslik ha deb narsa o’qib berish zerikarli bo’ladi va toqatni toq qiladi. Agar o`quv bir masaladan boshqa bir masalaga o’tib tursa, u xuddi turli tuman bog’larda sayr qilgandek bo’ladi…”Qomusiy olim Beruniyni ta‘kidlashicha bilim olishda imkoniyat yaratgan bilimlarni egallash uchun o`quvchida intilish va qiziqish bo’lish kerak.
Beruniy ilm olish yo’li bilan dunyoni bilishning bosqichlarini ko’rsatib berdi.
Olim asosiy pedagogik, didaktik talab-taqqoslash mashq, tajribalar o’tkazish deb bildi, bular bilim olishdagi uzviylikni yaxshilaydi. Beruniy o’sha davrda mavjud bo’lgan aniq faktlardan har birining maqsad va vazifalarini o`quvchi ongiga tuliq yetkazilgan bo’lishini talab qildi. Beruniy hamma fanlarni biri-biri bilan bog’liq holda o’rganish lozimligini ta‘kidladi. Har bir o`quvchini bilim olishdagi vazifasi haqida ham qimmatli fikrlar bayon etdi.
Ta‘lim jarayonida o`quvchi faqat bilim berish bilan cheklanmaydi, balki bu jarayonda o`quvchi, talabaga ta‘sir ko’rsatadi, unga tarbiya ham beradi, ma‘naviy axloqiy sifatlarini shakllantiradi. Ta‘limdagi yutuqlar avvalo o’qituvchiga bog’liq, mutaxassis sifatida u o’z fanini chuqur bilishi, pedagogik muloqot ustasi bo’lishi, pedagogik psixologik va metodik bilim va malakalarni egallagan bo’lishi, pedagogik ta‘sir ko’rsatishning maqbul usul va vositalarini tanlab olish qobiliyatiga ega bo’lishi kerak.
Ta‘lim, o’qituvchi va o`quvchilarning birgalikdagi faoliyati bo’lib, u ikki tomonlama xarakterga ega. Ya‘ni unda ikki tomon-o’qituvchi va o`quvchi faol ishtirok etadi. O’qituvchi aniq maqsadni ko’zlab, reja va dastur asosida bilim, ko’nikma va malakalarni singdiradi, o`quvchi talaba esa faol o’zlashtirib oladi.
O’qitish, bilish murakkab, qiyin, ziddiyatli jarayondir. Bu jarayonda inson psixikasiga tegishli sezgi, idrok, tasavvur va tafakkur kabi jarayonlar faol ishtirok etadi va muhim rol o’ynaydi.
Ta‘lim jarayonining asosiy tarkibiy qismlari quyidagilar:
ta‘limning maqsadini belgilash (ta‘limning maqsadi o`quvchilarni ilmiy bilimlar, ko’nikma va malakalar bilan qurollantirish, ularni barkamol inson qilib tarbiyalash);
ta‘lim va mashg’ulotlar mazmunini belgilash;
motivlash;
ta‘lim metodlari va vositalarini tanlash;
o`quvchi talabalarning o`quv-bilish faoliyatini tashkil etish;
ta‘limning tashkiliy shakllarini belgilash;
boshqarish va nazorat qilish;
ta‘limning hissiy-irodaviy qismini (komponentini) belgilash ва boshqalar (bunda o`quvchilarda ijobiy his-tuyg’ular uyg’otish, уларда o’qishdan, o’z muvaffaqiyatidan zavqlanish, shodlanish hissini va boshqalarni kuzatish).

Download 5,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish