pedagogik shart- sharoitlari:
Bolalar mehnatining o‘quv-tarbiyaviy vazifalar bilan bog‘liqligi.
Ijtimoiy ahamiyatli mehnatni o‘quvchilaming qiziqishlari bilan birga qo‘shib olib borilishi.
Mehnat faoliyatining hamma bopligi va qo'ldan kela olishi.
Mehnat faoliyatining majburiyligi va vijdoniyligi.
Mehnat faoliyatini tashkil etishda jamoaviy va individual shakllarini birga qo‘shib olib borish.
Mehnat faoliyatining asosiy turlari quyidagilardir:
0‘quv mehnati o‘quvchilaming ilmiy bilimlar hamda turli fanlar asoslarini o‘zlashtirishgayo‘naltirilgan faoliyati turidir.
Ijtimoiy-foydali mehnat shaxsni har tomonlama kamol toptirish hamda uning muayyan ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltiriigan hamda ijtimoiy mehnat xarakteridagi faoliyati turidir.
Hozirgi davrda ta’lim muassasalarida o‘z-o‘ziga xizmat keng yo‘lga qo‘yilmoqda. O‘z-o‘ziga xizmat o‘quvchilaming ijtimoiy va o‘quv ehtiyojlarini qondirish maqsadida ulaming o'zlari tomonidan amalga oshiriluvchi mehnat faoliyati turidir. 0‘quvchilarning navbatchiligi o‘z-o‘ziga xizmat qilishni tarkib toptirishning muhim shaklidir.
Ishlab chiqarish mehnati turlari xilma-xildir. Masalan, o‘quvchilaming mehnat haftaligi, chorvaga yem-xashak tayyorlash va fermer xo‘jaliklarida faoliyat yuritish va boshqalar. Unumli mehnat - o‘quvchilar mehnatining eng ommaviy shakli sanaladi.
Mehnat tarbiyasini tashkil etish shakllari: mehnat bayrami, o‘quvchilar yasagan buyumlar ko'rgazmasi; hasharlar uyushtirish; qarovchisi yo‘q, bemor, keksa va nogiron kishilarga ko'rsatiluvchi insonparvarlik yordami; ко‘kal amzorlash tirish; ta’mirlash (maktab binosini); «Mohir qo‘llar» to‘garagi faoliyati.
Jismoniy tarbiya deganda organizmning morfologik va funksional rivojlanishini jamiyat talablari darajasida amalga oshirish, jismoniy sifatlami, qobiliyatlami rivojlantirish, jismoniy madaniyat va sport sohasiga taalluqli tnaxsus bilimlami o‘zlashtirib olish tushuniladi.
Jismoniy tarbiya - o’quvchilaming jismoniy va sportga oid faoliyatlarini maqsadga yo‘naltirilgan, aniq tashkil etiladigan va rejali tarzda amalga oshirish tizimi.
Axloq - ijtimoiy ong shakllaridan biri bo‘lib, uning mohiyati, shaxs xatti-harakatlari, yurish-turishi, turmush tarzi, hayot kechirish tamoyillari, qoidalari, shuningdek, ijtimoiy munosabatlar mazmunini ifodalaydi. Shu bois, axloq ijtimoiy xodisa sifatida jamiyat ma’naviyruhiy hayotida o‘ziga xos muhim ahamiyatga ega. Muayyan millat qiyofasi, uning kishilik taraqqiyotidagi o ‘rni belgilanayotgan jarayonda mazkur tushuncha asosiy mezonlardan biri bo‘lib xizmat qiladi.
≪Axloq≫ tushunchasi omma fikri asosida tartibga soluvchi faoliyat tarzida kishilik jamiyatining ilk bosqichida shakllangan. Qadimdanoq ijtimoiy-falsafiy, psixologik, pedagogik, tarixiy, badiiy, etnografik va madaniyatshunoslikka oid asarlarda ushbu tushuncha turli ko‘lamda ishlatilib kelingan.
Axloq (arabcha xulq-atvor demakdir) - ijtimoiy ong shakliaridan biri, ijtimoiy tartib-qoida bo’lib, bu tartib-qoida ijtimoy hayotning barcha sohalarida kishilarning xatti-harakatini tartibga solish vazifasini bajaradi.
Axloq omma faoliyatini tartibga solishning boshqa shakllari (o‘quv, ishlab chiqarish, xalq an’analari) da o‘z talablarining asoslanishi, amalga oshirilishi va omma fikri asosida tartibga solinishi bilan farq qiladi. Axloq talablari barchaga taalluqli, biroq hech kimmng ko'rsatmasi, hech qanday tnaxsus buyruq asosida bajarilmaydigan, ixtiyoriy amalga oshiriladigan burch shakliga kiradi. Axloq talablarining bajarilishi faqat ma’naviy ta’sir ko‘rsatish shakllari doirasida yuz beradi. Axloq shaxs taraqqiyotining yuqori bosqichi bo’lgan ma’naviy komillik asosini, poydevorini tashkil etadi.
Bir so‘z bilan aytganda axloq -jamiyatda qabul qilingan, jamoatchilik fikri bilan ma’qullangan xulq-odob normalari majmuyidir.
Hayotda qoida sifatida qabul qilingan talablardan kishilar o’zlariga odamlar orasidan namuna tanlaydi. Bu axloqiy ideal deb ataladi.
Axloqning asosiy qirralari (tamoyillari) - birdamlik (shaxsiy manfaatlaming umumiylikning yuqori ko‘rinishi sifatidagi ijtimoiylikka bo‘ysundirilishi) va insonparvarlik (shaxsga o‘z- o‘zieha qadriyat va yakuniy maqsad sifatida munosabatda bo’lish). Axloqiy ongning o‘ziga xos tushunchalari sifatida yaxshilik va yomonlik, burch, vijdon, sha’n, qadr-qimmat kabilarni keltirib o4ish mumkin. Yuqorida aytilganlami e’tiborga olib, axloqning, jamiyat a’zolarining faoliyatiga yo'nalganligi va uni boshqarilishi ma’nosida, faoliyatli tavsifini ko‘rsatib o‘tisb to‘gri bo‘ladi.
Axloqiy me’yorlar har bir inson va jamiyat uyg‘unlikda mavjud bo‘la olishiga intilgan kishilik jamiyatining ko‘p asrlik tajribasi natijasidir.
Insoniyat hamisha eng muhim maqsadlardan biri sifatida kishilaming hamkorlikdagi yashashida uyg‘unlikka intilib kelgan. Axloq me’yorlari insonning yaxshilik va yomonlikni chegaralash, ezgulik nima ekanini aniqlashga intilishlari natijasida yuzaga kelgan.
Axloq me’yor va qadriyatlardan iborat. Axloqning uehinchi elementi ideallami esa, shaxs o’zida tarkib toptirishni xohlagan me’yor va sifatlar tarzida ajratib ko‘rsatish mumkin.
Me’yor ~ bir turdagi xulq-atvor, takrorlanadigan vaziyat, talab, standart, taqlid uchun misol, ijtimoiy fikr, did, qoida, urf-odat shaklidagi namuna. Me’yorlar ajdodlaming katta ijobiy ahamiyatga ega tajribasini o‘zida mujassamlaydi, zero ularda u yoki bu xulq- atvoming ko‘plab avlodlar tajribasida sinalgan maqsadga muvofiqligi aks etadi.
Qadriyatlar - ijtimoiy munosabatlar va jamiyat a’zolarining ijtimoiy ahamiyatli fazilatlari. Qadriyatlar xilma-xil tasnifga ega bo‘lib, eng umumiy tarzda mutlaq va nisbiy qadriyatlar farqlanadi. Absolyut qadriyatlar, ya’ni urnumahamiyatli (obyektiv) tavsifga ega bo‘lib, ular o‘zida shubhasiz asoslangan, istalgan nuqtai nazardan, turlicha munosabatlar va barcha subyekt uchun ijobiy xususiyatga ega. Ulardan tashqari, nisbiy ijobiy qadriyatlar ham mavjud bo‘lib, ular faqat qandaydir munosabat bilan yoki ma’lum bir subyektlar uchungina ijobiy tavsifga ega bo‘ladi.
Ma’naviyat va axloq o‘z navbatida tarbiya jarayonini samarali tashkil etislmi taqozo etadi. Ma’lumki, tarbiya yosh avlodni jamiyatda yashashga maqsadli tayyorlash jarayoni bo‘lib, maxsus tashkil etilgan davlat va jamoat institutlari orqali amalga oshiriladi, jamiyat tomonidan nazorat qilinadi va tuzatishlar kiritib boriladi.
Har bir ota-onada pedagogik ichki hissiyot mavjud. Ulardan har kim har xil yoidan foydalanib farzandlarini tarbiyalaydilar. Bu horada estetik tarbiya eng samarali yo‘llardan biridir. Oilada ham, mahallada ham, tanishlar orasida ham estetik tarbiya muhim ahamiyat kasb etadi. Shu sababli, el e ’zozidagi va xalq e ’tiboridagi shaxslarni ibratnamuna qilib ko‘rsatish tarbiya samaradorligini oshirishga muhim g ‘oyaviy asosdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |