Fan to'garaklari yo'nalishi, mazmuni, ish metodi, o'qish vaqti va boshqa jihatlari bilan ajralib turadi. Ular o'quvchilammg qiziqish va qobiliyatlarini rivojlantirish, o'qishga ijobiy munosabatni shakllantirishga yordam beradi.
Ta’limning yordamchi shakllariga ekskursiyalar ham kiradi. Ular ommaviy, guruhli va kichik guruhli bo'lishi mumkin. O'quv ekskursiyalari alohida fanlar hamda bir qancha fanlar bo'yicha ham rejalashtiriladi. Ekskursiyani muvaffaqiyatli o'tkazish uchun o'qituvchi unga puxta tayyorlanishi: obyekt va mashmt bilan oldindan tanishib chiqishi, to'liq rejani ishlab chiqishi, o'quvchilami bo'lajaktopshiriqlami bajarishga jalb eta olishi kerak.
O'quv rejasi turli fakultativ va tanlov bo‘yicha kurslarni tashkil etishni ko'zda tutadi. Ular o'quvchilar, ulaming ota-onalari istak va qiziqishlarini hisobga olish bilan bog'liqlikda ishlab chiqiladi. Fakultativ va tanlov fanlari ro'yxatini aniqlashda faqat o'quvchilar istaklari emas, balki ijtimoiy talablar va maktab imkoniyatidan kelib chiqiladi. Fakultativ va tanlov fanlar bo‘yicha mashg‘ulotlar majburiy va umumiy o‘rta ta’lim fanlari bilan uzviy bog‘liqlikda o'tkazilishi
etishga imkon beradi.
7-Mavzu: STEAM ta’lim (STEAM edusation)
REJA
1.STEAM - Ssiyense (fan), Technology (texnologiya), Engineyering (injeneriya), Matxematiss (matematika) o’qitish: hayot ta’limi (STEAM Learning: Edusation for life).
2. Transversal va tajribaga asoslangan ta’lim (Transversal and experiyential kno\Uledge). STEM shaxs rivojining ijodiy aspekti.
3. Art (san’at) - STEAM kontsepsiyasi: Musis (musiqa) - STEMM, Reading (o’qish san’ati) - STREAM.
4. STEAM ta’lim dasturlari.
5. STEAM texnologiyalarning ahamiyati.
6. Geymifikatsiya: o‘yin orqali o‘rgatish.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 05.09.2018 yildagi PF-5538 Farmonida, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Zamonaviy maktab” Davlat dasturini tasdiqlash to‘g‘risida"gi qarori loyihasi kiritilishi haqida so‘z boradi. Bunda ekologik jihatdan toza materiallar va energiyaning muqobil manbalaridan foydalangan holda ishlab chiqilgan namunaviy loyihalar asosida zamonaviy maktablar qurish; maktablarni, shu jumladan, o‘quv sinflari ichini yangi qulay mebellar, zamonaviy o‘quv va laboratoriya uskunalari, darsliklar va o‘quv-uslubiy materiallar, kompyuter va multimedia texnikasi, videokuzatuv tizimlari bilan jihozlash; uch oy muddatda o‘quv rejalari va dasturlarini optimallashtirish, innovatsion, shu jumladan, masofaviy pedagogik usullardan keng foydalanish, ushbu jarayonning samaradorligini butunlay oshirishni nazarda tutgan holda umumta’lim muassasalarining rahbar va pedagogik xodimlari malakasini oshirish tartibi va tizimini tubdan qayta ko‘rib chiqilishi belgilangan.
Shunga ko‘ra, Respublikamizning har bir hududida iqtidorli yoshlarni aniqlash maqsadida Prezident maktablari ochiladi. Ular STEAM fanlarini o‘qitishga ixtisoslashgan bo‘ladi. STEAM — maktab o‘quvchilarini yangi o‘qitish metodikasi bo‘lib, an’anaviy o‘qitish tizimiga muqobil tizim hisoblanadi. U bolalarni bir vaqtning o‘zida Science (tabiiy fanlar), Technology (texnologiya), Engineering (muhandislik), Art (san’at) va Mathematics (matematika) bo‘yicha o‘qitish tizimiga asoslangan, bunda o‘quvchilar amaliy va ko‘ngilochar loyihalar mashg‘ulotlari yordamida saboq oladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |